Kriptografiya qismlarini katta hajmdagi ma’lumotlarni shifrlashdagi o’rni
Hozirgi kunda axborot hajmini, qiymatini ortishi natijasida, ularni himoyalash muammosi kengayib boradi. Axborotning ko‘plab himoya usullari mavjud bo‘lib, ular ichida kriptografiya o‘zining bardoshligi va ishonchligi bilan ajralib turadi.
Kriptologiya fani o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan, kriptografiya va kriptoanaliz sohalaridan iborat. Kriptografiya yangi algoritlarni yaratish ishlari bilan shug‘ullansa, kriptoanaliz ushbu yaratilgan algoritmni qanchalik darajaga bardoshli ekanligi tekshiradi. Kriptografiya nuqtai – nazaridan shifr — bu kalit demakdir va ochiq ma’lumotlar to’plamini yopiq (shifrlangan) ma’lumotlarga o’zgartirish kriptografiya o’zgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi.
Hozirgi zamon kriptografiyasi quyidagi qismlardan iborat:
Kriptografiyaning qismlari
Simmetrik shifrlash tizimlari asosan ma’lumotni maxfiyligini ta’minlashda foydalanilib, ular ma’lumotni shifrlashda yuqori tezlikga ega. Simmetrik shifrlash usullari ochiq ma’lumotdan foydalanish tartibiga ko‘ra oqimli va blokli turlarga ajratiladi. Ushbu tizimlar ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash uchun aynan bir kalitdan foydalanganligi natijasida ularda kalitlarni taqsimlash muammosi mavjud.
Assimetrik shirflash tizimlari o‘zida simmetrik shifrlash usullarida mavjud
muammolarni bartaraf etgan (ma’lumotlarni shifrlashda va deshifrlashda alohida kalitlardan foydalanadi).
Elektron raqamli imzo tizimlari ma’lumotni butunligini va autentifikatsiyasini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, assimetrik kriptotizimlar va xesh funksiyalardan foydalangan holda quriladi.
Kalitlarni boshqarish tizimlari qolgan barcha kriptografik tizimlar uchun kerakli bo‘lgan kalitlarni generatsiyalash, ularni saqlash va taqsimlash kabi vazifalarni bajaradi. Kriptografik usullardan foydalanishning asosiy yo’nalishi – maxfiy axborotning aloqa kanalidan uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan xabarning uzunligini o’rnatish, axborotni (hujjatlarni, ma’lumotlar bazasini) shifrlangan holda raqamli vositalarda saqlash. SHunday qilib, kriptografiya axborotni shunday qayta ishlash imkonini beradiki, bunda uni qayta tiklash faqat kalitni bilgandagina mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, axborotning kriptografik himoyasi uni maxfiylik, butunlik va autentifikatsiyalash jarayonlarida foydalanalishini ko‘rish mumkin.
Axborotning kriptografik himoyasi
Assimetrik shifrlash usullari ma’lumotlarni shifrlashda va deshifrlashda alohida alohida kalitlardan foydalanadi. Shuning uchun ularda kalitlarni taqsimlash muammosi mavjud emas.
Assimetrik shifrlash usullarining umumiy ko‘rinishi
Asimmetrik kriptotizimlarda axborotni shifrlashda va rasshifrovka qilishda turli kalitlardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |