O‘zbekiston respublikasi axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1363064
1   2   3
Bog'liq
Elektronika.maruza.1

inverslaydigan
(aylana yoki “-” ishora bilan belgilangan) va
inverslamaydigan
.
Agar signal OKning inverslaydigan kirishiga berilsa, u holda chiqishdagi
signal 180
0
ga siljigan, ya’ni inverslangan bo‘ladi. Agar signal OKning inverslamaydigan
kirishga berilsa, u holda chiqishdagi signal kirish signali bilan bir xil fazada bo‘ladi.
OKda ikki qutbli
(±3 V... ±20 V)
kuchlanish manbai qo‘llaniladi. Bu manbalarning
ikkinchi qutblari, odatda, kirish va chiqish signallari uchun umumiy shina bo‘lib hisoblanadi
va ko‘p hollarda OKga ulanmaydi.
OKlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra ideal kuchaytirgichlarga yaqin.
Ideal kuchaytirgich:
cheksiz katta kuchaytirish koeffitsientiga; cheksiz katta kirish qarshiligi; nolga teng bo‘lgan
chiqish qarshiligiga; inverslaydigan va inverslamaydigan kirishlarga, bir xil signal
berilganda nolga teng bo‘lgan chiqish kuchlanishiga, cheksiz katta keng o‘tkazish polosasiga
ega.
OKlar rivojlanishning uch bosqichidan o‘tdilar.
Birinchi bosqichda
universal
OKlar ishlab chiqilgan. Birinchi avlod OKlari
n – p
– n turli tranzistorlar asosida uch kaskadli tuzilma sxemasi bo‘yicha qurilgan bo‘lib, ularda
yuklama sifatida rezistorlar qo‘llanilgan. Bunday OKlarga K140UD1 va K140UD5 turdagi
kuchaytirgichlar kiradi. Bu OKlarning asosiy kamchiligi uncha katta bo‘lmagan kuchaytirish
koeffitsienti (
K
U
= 300÷4000)
va kichik kirish qarshiligi
(R
KIR
≈ 4 kOm)
edi.
Ikkinchi bosqich OKlarida bu kamchiliklar yo‘qotilgan, chunki ular ikki kaskadli
sxemalardan tuzilgan. Tok bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo‘lgan tarkibiy
tranzistorlar qo‘llash va yuklamadagi rezistorlarni dinamik yuklamalarga almashtirish yo‘li
bilan xarakteristikalarning yaxshilanishiga erishilgan. Barqaror tok generatorlari dinamik
yuklamalar bo‘lib, ular o‘zgaruvchan tokka nisbatan katta qarshilik qiymatini ta’minlaydilar.
Ikkinchi avlod ba’zi OKlarida kirish kaskadi p – n o‘tish bilan boshqariladigan – kanalli
MTlar asosida differensial sxema bo‘yicha bajarilgan. Bu holat OK kirish qarshiligini
oshirishga imkon berdi. Ikkinchi avlod integral OKlariga
K
U
= 45000
bo‘lgan K140UD7
turdagi kuchaytirgich kiradi. Uning kamchiligi – tezkorligining chegaralanganligi.
Uchinchi bosqich OKlari bir vaqtning o‘zida yuqori kirish qarshiligi, katta
kuchaytirish koeffitsienti va yuqori tezkorlikka ega. Bunday OKlarning o‘ziga xosligi
shundaki, ularda tok bo‘yicha juda katta kuchaytirish koeffitsienti
(β = 10
3
÷ 10
4
)
ga ega
bo‘lgan tranzistorlar qo‘llanilgan. Uchinchi avlod integral OKlariga K140UD6 turdagi
kuchaytirgichlar kiradi. To‘rtinchi avlod (maxsus) OKlarining ba’zi parametrlari rekord
qiymatlarga ega. Ularga, masalan, kuchlanish bo‘yicha juda katta kuchaytirish koeffitsienti
(K
U
= 10
6
) ga ega bo‘lgan K152UD5 turdagi, chiqish kuchlanishining ortish tezligi yuqori
(75 V/mks dan katta) bo‘lgan K154UD2 turdagi va kichik iste’mol toki (0,5 mA dan kam) ga
ega bo‘lgan K140UD12 turdagi OKlar kiradi.


3

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling