ISUP хабари
|
SIP-T хабари
|
IAM
|
INVITE
|
ACM
|
180 Ringing
|
ANM
|
200 OK
|
RLS (REL)
|
BYE
|
RLC
|
200 OK
|
SIP-T protokoli arxitekturasi
SIP (Session Initiation Protocol), amaliy satx protokoli hisoblanib, u yordamida IP -tarmoq bo‘yicha multimediali sessiyalar yoki chaqiriqlarni o‘rnatish va tugatish kabi operasiyalar amalga oshiriladi. Multiservisli tarmoqlarda SIP, N.323da ishlatilganidagiga o‘xshash funksiyalarni bajaradi. SIP sessiyalari multimediali konferensiyalarni, masofaviy o‘qitish, Internet-telefoniya va boshqa shunga o‘xshash ilovalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
SIP protokoli multimedianing global arxitekturasining qismi hisoblanadi. Bu arxitektura resurslarni zahiralashtirish protokolini (Resource Reservation Protocol - RSVP), real vaqt transport protokolini (Real-Time Transport Protocol - RTP), real vaqtda axborotli oqimlarni uzatish protokolini (Real-Time Streaming Protocol - RTSP), aloqa parametrlarini bayon qilish protokolini (Session Description Protocol -SDP) o‘z ichiga oladi. Ammo SIP protokoli funksiyalari bu protokollarning bittasiga ham bog‘liq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |