O’zbekiston respublikasi axborot texnologiya va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Download 1.04 Mb.
bet3/9
Sana16.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1358424
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ethernet texnologiyasi

Hozirda ko’pgina lokal tarmoqlar kanal sathidagi Ethernet texnologiyasi bo’yicha qurilgan. Kanal sathidagi Ethernet texnologiyasini farq qiluvchi xususiyati uni ikkita sath bo’yicha ajratishdir: muhitga ulanish bilan boshqarish (Media Access Control, MAC) va logik kanal bilan boshqarish (Logical Link Control, LLC). MAC sathi muhitga ulanish algoritmini, tarmoqda ishchi stansiyalar adresini aniqlaydi, shuningdek fizik muhitni birgalikda qo’llanilish vazifasini qo’llaydi.




8-rasm. Ethernet texnologiyasining rivojlanish bosqichlari

LLC sathi quyidagi xizmatlarni qo’llaydi:



  • ulanishni o’rnatmasdan va tasdiqlamasdan xizmat ko’rsatish;

  • ulanishga mo’ljallangan xizmat ko’rsatish;

  • ulanishni o’rnatmasdan tasdiqlaydigan xizmat ko’rsatish.

Texnologiyaning asosiy kamchiligi muhitga raqobatli ulanish hisoblanadi. Shuningdek bu kamchilik qurilma narxini yetarlicha kamaytirish imkonini beruvchi afzallik hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda o’ngigabitli Ethernet (Gigabit Ethernet, GE) fizik sathda DWDM texnologiyasini qo’llaydi. Shuningdek Gigabit Ethernet texnologiyasi zamonaviy raqamli tarmoqlar uchun bazaviy tarmoq texnologiyasi tarkibiga kirgan. OTO’B/OSI modelida GE standarti kanal va fizik sathga mos keladi. Ethernet ustidan ovoz, ma‘lumotlar, videoni uzatish mumkin. Ko’p adresli texnologiya har bir foydalanuvchiga chegaralanmagan sondagi televizion va telefon kanallarni uzatish imkoniga ega, ma‘lumotlar uzatish muhitining tezligi sekundiga yuz megabit va gigabit tezliklarda foydalanuvchilarni xizmatlarga ulanish imkonini ta’minlaydi.


MPLS tarmog‘i elementlari

MPLS – belgilar bo’yicha ko’p protokolli kommutatsiyalash tarmoqlarida tarmoq uzellarining ikki turidan foydalaniladi. MPLS tarmog’i chegaralarida joylashgan marshrutizatorlar kelayotgan IP- oqimlarni ajrata olishi va tahlil qila olishi va ularni to’g’ri keladigan marshrutlar bo’yicha yo’naltirishi kerak. Bu qurilmalar belgilar kommutatsiyasi bilan chegaraviy marshrutizatorlar deb ataladi (Label Edge Router-LER). Kiruvchi va chiquvchi LER bir-biridan farq qiladi. Kiruvchi LER oddiy marshrutizator kabi IP-sarlavhalarni tahlil qiladi va paketni keyingi uzatish uchun adresni tanlashda u ekvivalent xizmat ko’rsatishning qaysi sinfiga (Forwarding Eguivalencu Class - FEC) tegishli ekanini aniqlaydi. FEC - tarmoq darajasidagi paketlar sinfi bo’lib, ular paketni yo’naltirish yo’lini tanlashda ham, resurslarga ulanish nuqtai nazaridan ham tarmoqdan bir xil xizmat ko’rsatishni oladi.


Alohida paketlarni FEC ekvivalentlik sinfiga (yoki ekvivalent xizmat ko’rsatish sinfiga, buning ikkalasi bir xil) abstraksiyalash, bir xil qayta ishlashni talab etuvchi katta miqdordagi trafik oqimlarini birlashtirish imkonini beradi. FEC ekvivalentlik sinfiga birlashtirilgan trafik oqimlari aynan bitta MPLS – belgi bilan identifikatsiyalanadi. Belgilangan tarmoq adresiga bog’liq bo’lmagan holda trafik oqimlarini birlashtirish imkoni qisman MPLSni masshtablashtirishga bo’lgan imkoniyatini oshiradi, ya‘ni marshrutizatorlarda belgilarni kommutatsiyalashning (LSR- marshrutizatorlari yordamida) qayta ishlanadigan, saqlanadigan va yo’nalishlar haqidagi axborotlar hajmini kamayishi hisobiga.
IP- deytagramma MPLS texnologiyasidagi protokolning (Protocol Data Unit, PDU) ma‘lumotlar moduliga kiritiladi, MPLS sarlavha esa deytagrammaga biriktiriladi. Agar sarlavha xizmat ko’rsatish sifati QoS (masalan, DiffServ) amali bilan birlashtirilgan bo’lsa, kiruvchi LER marshrutizatori trafikni DiffServ qoidalariga binoan ko’radi. So’ngra LER berilgan paket uchun yo’nalishni tanlash haqida qaror qabul qiladi, ya‘ni paketni mos keluvchi tranzit belgilar kommutatsiyali marshrutizatorga (Label Switch Routers, LSR) yo’llaydi.
Mazkur LSR uchinchi sathning sarlavhasini qayta ishlashni bajarmaydi (IP-sarlavha), balki jo’natish to’g’risidagi qarorni marshrutlash jadvali asosida emas, balki paket belgisi asosida qabul qiladi va paketni jo’natadi. So’ng paket umumiy holda bir necha LSR orqali o’tib, paket chiqish LER ga kelib tushadi, bu yerda LER PDU tahlil qilish operatsiyasini bajaradi, ya‘ni paketdagi belgini olib tashlaydi, paketning sarlavhasini tahlil qiladi va uni MPLS - tarmog’idan tashqarida joylashgan manzilga yo’llaydi. (10-rasm)
FEC ning bitta sinfiga tegishli bo’lgan paketlar, kirish LER dan to chiqish LER gacha belgilar bo’yicha virtual kommutatsiyalanuvchi traktni yoki yo’lni (Label Switched Parh, LSP) hosil qilib, juda ko’p tranzit LSR lardan o’tadilar. O’rnatilgan ulanish simpleks hisoblanadi. Yarimdupleksli ulanishni tashkil etish uchun ikkita LSP o’rnatilishi kerak. LSP doim tarmoqning chetidan boshlanadi va bir necha tranzit marshrutizatorlar orqali o’tib qarama-qarshi tamonda tugaydi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling