O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi
Ilovalar____________________________________________________________25
Download 1.1 Mb.
|
shifokor
Ilovalar____________________________________________________________25
Xulosa_________________________________________________________30 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati_________________________________31 KIRISH 2018-yil 9-yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish boʻlib oʻtdi. Ushbu yig’ilishda Davlat rahbari bugun mamlakatda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganligi hamda 2018-yilda va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi zarur boʻlgan ustuvor vazifalar haqida ham aytib oʻtdi. Shu bilan birgalikda 2018-yilda xalqaro tajribani, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda, “2018–2021-yillarda ‘Elektron hukumat’ tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqish, “Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi” rezidentlari tomonidan koʻrsatiladigan ishlar va xizmatlar hajmini kamida 2 barobarga hamda eksport hajmini 1,8 barobarga oshirish, rezidentlar uchun chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilishda va yangi bozorlarga chiqishda koʻmaklashish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini uch yil ichida jahondagi eng obroʻli ming universitet safiga kiritishni ta’minlash, sohada jahonda yetakchi boʻlgan universitet va kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, professor-oʻqituvchilar va talabalarning xorijiy stajirovkasi va malaka oshirishini keng tashkil etish kerakligi ta’kidlandi . “Tizim” deganda, bir vaqtning o’zida ham yagona , yaxlit deb qaraladigan har qanday obyekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmuyi tushuniladi. Ma’lumki bugungi kunda turli xil tizimlar yaratilgan bo’lib ular o’z tarkibi va bosh maqsadi bo’yicha bir-biridan farqlanadi. Tizim tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’p maqsadlarda qo’llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar to’plami nazarda tutiladi.Kompyuterning faqat apparat qisminigina tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham tizim deb hisoblashimiz mumkin. Axborot tizimi - qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash saqlash ishlov berish va chiqarishda foydalanildigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmuyi. Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga Ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni nazarda tutadi. Axborot tizimlarining qo’llanilish sohalari turli tumandir. Shuningdek har bir tizimga xos bo’lgan xsusiyatlar va o’ziga xosliklar ham turli tumandir. Muayyan axborot tizimining xsusiyatlari majmuyini belgilovchi ko’plab omillar orasidan uchta omilni ajratib ko’rsatish mumkin, bular : tizimning texnik darajasi , ishlov berilayotgan axborot xarakteri , axborotning ishlatish maqsadlari , yani ushbu tizim hal qilishda yordam berishi mo’ljallangan vazifalar doirasi. Texnika darajasi bo’yicha axborot tizimlari quydagi tizimlarga bo’linadi: Dastlabki Mexanizatsiyalashgan Avtomatlashtirilgan Avtomatlashgan Dastlabki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari qo’lda bajarilgan. Bunday tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi. Bu qurilmalar arzon, ular bilan ishlatish uchun oliy malakali xizmat ko’rsatuvchi xodimlar talab etilmaydi. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborotga ishlov berish va qidirish uchun turli mexanizatsiyalshgan vositalardan foydalaniladi, ular orasida hisoblash perforatsiya mashinalari keng tarqalgandir. Mexanizatsiyalashgan axborot tizimlarida axborot eltuvchilari bo’lib perfokartalar hisoblanadi. Bunday mexanizatsiyalashgan tizimlarning texnik vositalari takibiga perforatsiya mashinalari kiradi. Ularning har biri muayyan bir vazifani bajaradi. Perforator yordamida zxborot dastlabki hujjatdan perfokartalarga o’tkaziladi. Saralovchi umumiy belgilarga ega bo’lgan perfokartalarni alohida guruhlar bo’yicha joylashtiriladi. Avtomatlashtirilgan avtomatlashgan axborot tizimlaridagi axborotni saqlash, unga ishlov berish va qidirish uchun hamda kompyuterlarda axborotni to’plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni istemolchiga chiqarib berish bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish uchun ham foydalaniladi. Bu tizimlar keng funksional imkoniyatlarga ega va axborotni juda katta hajmlarini saqlash va ishlov berishga qodir. Bu yerda axborot eltuvchilar kompyuterning xotira qurilmalaridir. Axborot tizimlari quyidagi ҳossalar bilan ҳarakterlanadi Har qanday axborot tizimi,tizimni tashkil etishning umumiy prinspi asosida tahlil qilinadi va boshqariladi. Axborot tizimi dinamik ko’rinishga e`ga bo’lib, rivojlanuvchi tizim hisoblanadi Axborot tizimining maxsuloti ham axborot hisoblanadi Axborot tizimini odam-kompyuter tizimi ko’rinishida tasavvur qilish lozim Axborot tizimlarini hayotda qo'llab qanday natijalar olish mumkin Matematik metod va intellektual tizimlarni qo'llab, boshqarishning optimal variantlarini olish. Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini engillashtirish. Eng tog’ri axborotga ega bo'lish. Axborotlarni qog’ozda emas balki magnit yoki optik disklarda saqlash Maҳsulot ishlab chiқarish sarf ҳarajatlarini kamaytirish. Foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling