O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi


Sun’iy intellekt asosida o’zini-o’zi boshqara oladigan sumo robot mashina uchun ishlatiladigan texnik


Download 1.1 Mb.
bet7/9
Sana26.01.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1126690
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
shifokor

Sun’iy intellekt asosida o’zini-o’zi boshqara oladigan sumo robot mashina uchun ishlatiladigan texnik vositalar

Web texnologiya quriladigan masofaviy tizim uchun texnik vositalar



T/r

Nomi

Soni

1

Server

1

2

Domen

1

Hozirgi kunda internet, juda katta tezlikda rivojlanib ketmoqda. Shu bilan birga internetga oid har xil terminlar ko'paymoqda. Misol uchun, sayt, portal, veb sahifa, veb server. Buterminlarni o'rganish, hozirgi zamon uchun muhim hisoblanmoqda. Biror inson bilan internet haqida gaplashsangiz, bu terminlarni bilmasangiz, boshqa tildagi inson bilan gaplashganday bo'lasiz va uni tushunmaysiz. Bu maqolada shunday terminlardan biri – veb server haqida to'xtalib o'taman.


Biror bir internet saytga kirish uchun, brouzerga manzil yozsangiz, brouzer shu sayt joylashgan kompyuterga, saytdagi ma'lumotlarni ko'rsatish haqida so'rov jo'natadi, kompyuter oddiy temir bo'lgani uchun bu so'rovni tushunmaydi. Shuning uchun, ya'ni bu so'rovni tushunishi uchun, kompyuterga dastur o'rnatiladi. Mana shu dastur veb dastur deyiladi. Bu kompyuter esa, veb serverga aylanadi. Hozirda veb dastur deyilmasdan, umumiy holda veb server deyilmoqda.
Demak, veb server — foydalanuvchidan kelayotgan so'rovlarni qabul qilib, tegishli javobni jo'natadigan dasturdir. Foydalanuvchi sifatida veb brouzer(http, https protokoli
orqali), mobil telefon(wap protokoli orqali), ba'zi dasturlar(antiviruslar) bo'lishi mumkin. Veb server orqali butun sayt boshqariladi, ya'ni sayt kataloglariga ruxsatlarni beradi, xavfsizlik jihatidan IP manzillarni blokka oladi, foydalanuvchilarni ro'yxatdan o'tkazish va boshqa ko'plab ishlarni amalga oshiradi.
Veb serverni siz o'z uyingizda yaratishingiz mumkin. Uning uchun bitta kompyuter ajratib, unga biror veb dastur o'rnatasiz va bu dasturni yaxshilab sozlashingiz kerak bo'ladi. So'ng o'z saytingizni shu serverga joylashtirasiz va biror domen sotib olasiz. Bundan kelib chiqadiki, saytingiz ishlashi uchun siz ajratgan kompyuter doim yoqilgan holatda bo'lishi kerak.
Veb serverni tushuntirish uchun bitta lirik chekinish, o'xshatish qilaman(qo'polroq bo'lishi mumkin. Tushuntirish uchun nimalar qilishmaydi-a). Biror saytni bitta somsa deb tasavvur qilamiz. Somsa ichidagi masalig'lar, saytning ichidagi ma'lumotlar(matn, rasm, video,..). Bu somsani biror bir inson pishirgan, demak pishirgan odam, veb dasturchidir(kimlardir somsa pishishiga yordam bergan bo'lishi mumkin, bular veb dizaynerlar, verstkachilar). Bu somsani sotish kerak, uning uchun joy topish kerak va ruxsat olish kerak. Bu o'xshatish domen va hostingga mos tushadi. Sotuvchi bo'lsa, veb serverdir, ya'ni sotishni boshqaradi(puli borlarga sotadi, hohlasa sotmasligi ham mumkin), hullas sotishni boshqaradi.
Veb serverga o'rnatiladigan veb dastur turlari ko'pdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu – albatta "Apache"dir. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan chiqarilgan. Quyida ba'zi bir veb serverlarni nomini keltirdim.
Apache – Apache Software Foundation.
IIS – Microsoft mahsuloti hisoblanadi. Server operatsion tizimlariga o'rnatilgan(Windows Server 2003, Windows Server 2008,..).
Nginx – ochiq veb server. Katta hajmdagi saytlar uchun.
Lighttpd – ochiq veb server.
Google Web Server – Google tomonidan ishlab chiqilgan veb server.
Resin
Cherokee – veb interfeys orqali boshqariladi.
Rootage – Java tilida yozilgan veb server.
THTTPD – oddiy, kichik hajmdagi, tez va xavfsiz veb server.
Domen – bu cheksiz internet ummonidagi serverlardan birida joylashgan qaysidir saytga olib boradigan manzil hisoblanadi. Aslida Siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingizni qaysidir serverga joylashtirganingizda, saytingiz manzili (server nuqta’i nazaridan) qandaydir IP manzilga teng bo’ladi. Masalan, 192.168.162.134 Bunday IP manzilni eslab qolish qiyin. Agar domen bo’lmaganida saytingizga tashrif buyurish uchun foydalanuvchilar saytingiz IP manzilini eslab qolishlari va brauzerlariga 192.168.162.134 deb yozish orqali saytingizga kirishlari kerak bo’lar edi. Domen afzalligi shundaki, u tushunarsiz va eslab qolish qiyin bo’lgan IP manzillarni odamlarga tushunarli, eslab qolish oson bo’lgan chiroyli sayt nomlari aylantiradi. Shuning uchun ham domen sotib olganingizda eng avvalo bu domenni hostingingiz IP manziliga ulab qo’yasiz. Shunda domen nomi saytingiz IP manzilining tarjimasi bo’lib qoladi. Har safar foydalanuvchilar o’z brauzerlarida domen nomingizni yozishsa, bu domen hostingingiz serverining IP manzilini chaqiradi va foydalanuvchiga saytingiz ko’rsatiladi!
Misol uchun, azamat.uz sayti hostingining sayt joylashgan qismi uchun IP manzili 192.168.111.222 deb hisoblaylik. Mening saytimga kirish uchun foydalanuvchilarning bu IP manzilni yozishlari ularga qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Bu o’rinda foydalanuvchilar uchun eslab qolish oson va tushunarli bo’lgan domen bor. Ular mening saytimga tashrif buyurishlari uchun mening ismimga moslab ochilgan domenni o’z brauzerlarida ochishlari kifoya bo’ladi. Sayt tarkibi esa quyidagi tartibda ularga yetkaziladi:
AZAMAT.UZ -> 192.168.111.222 -> SAYT
Domen ismlarda “domen hududi” degan tushuncha mavjud. Bu hududlar
saytlarning u yoki bu turga ta’luqli ekanligini ko’rsatib turadi. Hozirgi kunda eng mashxur domen ism hududlariga .com (kommersiya-tijorat saytlari), .net (internet), .info (informatsiya-ma’lumot saytlari), .edu (education-ta’lim sohasiga oid saytlar), .org (organisation-tashkilot saytlari), .gov (government-hukumat saytlari) va boshqa davlat kodi yuqori bosqichli domenlar (country code top-level domains – ccTLD) kiradi.
ccTLD domenlari qaysidir davlat nomi qisqarmasiga asoslangan domen hududlariga bo’linadi. Masalan, O’zbekiston uchun .uz domenlari, Rossiya uchun .ru domenlari, Fransiya uchun .fr domenlari va hokazo. Har bir domen hududini o’ziga tegishli bo’lgan davlat boshqaradi. Misol uchun, .uz domenlariga O’zbekistondan boshqa hech qaysi davlat ro’yxatdan o’tkazish huquqiga ega bo’la olmaydi.
Domen ismlar domen registratorlari orqali amalga oshiriladi. Har bir domen nomi faqat bir marta ro’yxatga olinishi mumkin va uning nusxalari bo’lishi mumkin emas. Masalan, azamat.uz sayti men tomonimdan band qilingan va bu domen (toki men undan vos kechmagunimcha) boshqalar tomonidan ro’yxatga olinishi mumkin emas.
U yoki bu domenning bandligi yoki ro’yxatga olinish uchun bo’shligini tekshirish domen registratorlarining whois so’rovi yordamida tekshirilishi mumkin. O’zbekiston domen registratorlari boshlig’i ccTLD.uz hisoblanadi. Bu saytga www.cctld.uz yoki oddiygina www.whois.uz domeni orqali kirish mumkin. ccTLD.uz saytiga tashrif buyurib Siz O’zbekiston domen registratorlari haqida ma’lumot olishingiz va saytning chap tomon menyudan pastki qismida joylashgan kichik forma orqali qaysidir domenning bo’shligi yoki bandligini tekshirishingiz mumkin.
Domen ismlar bir necha bosqichlarga bo’linadi. Ularni quyidagicha tushuntiraman:
.uz – birinchi bosqichli domen nomi (u hech qanday saytga olib bormaydi, shunchaki saytning O’zbekistonga ta’luqli ekanligini ko’rsatadi).
azamat.uz – ikkinchi bosqichli domen nomi (ya’ni, azamat birinchi bosqichli .uz domeniga tegishli, degan ma’noni bildiradi).
english.azamat.uz – uchinchi bosqichli domen nomi (english bu yerda uchinchi bosqichli domen nomi hisoblanadi. U ikkinchi bosqichli azamat va birinchi bosqichli .uz domenlari tarkibida).
test.english.azamat.uz – to’rtinchi bosqichli domen nomi (va hokazo shunday davom etaveradi…).
Ikkinchi bosqichli domen nomini registratorlar orqali ro’yxatdan o’tkazganingizdan so’ng o’zingiz istaganingizcha uchinchi, to’rtinchi, beshinchi… bosqichdagi domenlarni yarataverishingiz mumkin bo’ladi.
Domen nomi ro’yxatga olingandan so’ng Siz uning sozlanmalarini saytingiz joylashgan hosting IP manziliga (ular “nameserver” deb yuritiladi) mos ravishda tahrirlashingiz kerak bo’ladi. Shundan so’ng 24 soat ichida domeningiz ko’rsatilgan nameserverda joylashgan saytingizga olib borishni boshlaydi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling