O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari
Download 263.38 Kb. Pdf ko'rish
|
3-amaliy ish.psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- Amaliy ishi Mavzu: Ospirinlik davrining boshqa yosh davrlaridan farqi. Bajardi: Imomov T Qabul qildi: Asqarova N
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KOMYUTER INJINERING FAKULTETI AKT 11-20 GURUH TALABASINING TA’LIM PSIXOLOGIYASI FANIDAN 3- Amaliy ishi Mavzu: O'spirinlik davrining boshqa yosh davrlaridan farqi. Bajardi: Imomov T Qabul qildi: Asqarova N 5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan davr o‘spirinlik davridir. O‘spirinlar 8-10 sinf o‘quvchilari bo‘lib,ular oldida kelgusida kim bo‘lish, qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanish kerak degan tashvish turadi. Bu yoshdagi bolalar o‘smirlardan farq qiladi. Agar o‘smirlikda o‘quvchining asosiy faoliyati o‘qish bo‘lgan bo‘lsa, yuqori sinf o‘quvchilarining faoliyati o‘qish, bilim olish va mehnatga tayyorlanishdan iborat bo‘ladi. O‘spirinlik davrida o‘quv faoliyatining murakkablashishi, ularning yangi jamoada tutgan o‘rni ulardan ko‘p narsa talab qiladi. O‘spirinlarning maktab hayotida, oilada tutgan mavqei o‘zgaradi, ya’ni o‘zidan kichiklarga nisbatan boshliq, tashkilotchi va tarbiyachi bo‘lish talab qilinadi. 18 yoshda kattalikka erishadi. Organizmning o‘sishi to‘xtaydi, «tinch» davr boshlanadi. Organlarning tarkib topishi va organizm to‘qimalarining takomillashishi nihoyasiga etadi. Jismoniy rivojlanish shaxsning ba’zi bir xususiyatlarini va bundan keyingi hayotiy faoliyatini belgilashga ta’sir ko‘rsatadi . Yigit va qizlarning 17-20 yoshlarida organizm normal rivojlanishiga va unga mos keladigan ish bilan band qilish maqsadga muvofiqdir. Ular organizmdagi o‘zgarishlar og‘irligiga va bo‘yiga xos bo‘lishi bilan birga o‘pka, yurak, qon tomirlariga, nerv sistemasining faoliyatiga ham ta’sir etadi. O‘spirinlarda yurak charchashi-xarsillash, yurakning to‘xtab-to‘xtab ishlashi kabi xollar asta-sekin yo‘qolib beradi. Buning uchun jismoniy mehnat, aqliy faoliyat va dam olishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi katta ahamiyatga ega. Bu davrda ularning nerv sistemasi rivojlanadi va katta kishilarning miya po‘stlog‘i xususiyatiga asta-sekin yaqinlashadi. Bosh miya po‘stlog‘ining atroflarida nerv bog‘lanishlarining soni ko‘payadi. O‘qish va mexnat qilish natijasida bosh miya yarim sharlarida analitik va sintetik faoliyat rivojlanadi. Bu xolat tashqi ta’sirni aniq ajrata oladigan xususiyatni o‘stiradi. Farq qilish xarakteridagi tormozlanish vujudga keltiradi. Bu davrga kelib o‘qish mashg‘ulotlari ancha murakkablashadi: bir qator yangi fanlar o‘qitila boshlaydi, dars mazmuni kengayadi, murakkablashadi, bilim, hayot, amaliy ishlar qo‘shib olib boriladi, o‘quvchilar ishlab chiqarish jamoasida bo‘ladi, ekskursiyalarga, ko‘rsatmalikka, aloxida e’tibor beriladi Katta maktab yoshida shaxsning ma’naviy kuchlari intensiv rivojlanadi, uning ma’naviy qiyofasi tarkib topadi, xarakter xislatlari aniq bo‘ladi, dunyoqarashi shakllanadi. Katta maktab yoshida shaxsning rivojlanishiga uning maktabda, oilada, ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutayotgan mavqeining o‘zgarishi xal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Maktab o‘quvchisi bo‘lgan o‘smirning faoliyati asosan o‘qish faoliyatidan iborat bo‘lib, u maktab doirasi bilan cheklangandir. O‘smirning ijtimoiy faoliyati ham odatda maktab ichida ro‘y beradi. Katta yoshdagi o‘quvchi esa boshqacharoq bo‘ladi. Download 263.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling