О‘zbеkistоn rеspublikаsi аxbоrоt tеxnоlоgiyаlаri vа kоmmunikаtsiyаlаrini rivоjlаntirish vаzirligi
Download 143.33 Kb.
|
qayumov i o.t amaliy-2
О‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI АXBОRОT TЕXNОLОGIYАLАRI VА KОMMUNIKАTSIYАLАRINI RIVОJLАNTIRISH VАZIRLIGI MUHАMMАD АL-XОRАZMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT АXBОRОT TЕXNОLОGIYАLАRI UNIVЕRSITЕTI SАMАRQАND FILIАLI “Tеlеkоmmunikаtsiyа tеxnоlоgiyаlаri vа kаsb tа’limi” fаkultеti “Tеlеkоmmunikаtsiyа injiniringi” kаfеdrаsi 5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi STT-20-01-guruhi talabasi Qayumov Ilhom “Windows operatsion tizimida Acronis Disk Director dasturida disklarni bo’lib ko’rsating.” Mavzusida MUSTAQIL ISH Bajaruvchi: _____________________ Qayumov I Tekshirdi: ____________________ Rahimov R SАMАRQАND – 2022 Reja: Kirish Acronic disk director dasturi haqida Acronic disk directorda disklarni bo’lish Xulosa KIRISH O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bayramini nishonlash arafasida barcha sohalarda o‘tgan davrga nazar tashlanib, erishilgan natijalar sarhisob qilinadi hamda navbatdagi rejalar aniqlab olinadi. So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlanishi hayotning ko‘p sohalariga ta’sir ko‘rsatdi. Barcha sohalarda raqamlashtirishning kirib kelishi, yuqori suratdagi taraqqiyoti butun sanoatning rivojlanishida, ayniqsa uzoq muddatli istiqbol uchun katta rol o‘ynaydi. Ta’kidlash lozimki, dunyo mamlakatlari tajribasida ilmiy tadqiqotlar, IT texnologiyalar, startap g‘oyalar, kompyuter savodxonligiga juda katta e’tibor beriladi. Faqatgina ilm-fan yutuqlari va yangi texnologiyalar orqali yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin. O‘tgan asrda olamshumul kashfiyotlar ko‘p jihatdan insonning intellektual salohiyatiga asoslanib amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi davrda ilm-fan zamonaviy AKT yordamida shakllanmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan o‘rin egallab kelayotgan O‘zbekiston barcha sohalarda yuksak yutuqlarga erishmoqda, bu muvaffaqiyatlarga esa axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlarining jo‘shqin rivojlanishi asos bo‘lmoqda.Mustahkam telekommunikatsion fundament O‘tgan davrdan 2021-yilgacha bo‘lgan AKT sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli yangilanish va islohotlar, ularning natijalari haqida to‘xtalinadigan bo‘lsa, aholiga axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish hajmi 2016-yilda 5,2 trillion so‘mni tashkil etgan. 2016—2021-yillarda axborot-kommunikatsiya sohasini yanada rivojlantirish borasida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan davlat boshqaruv organlari, iqtisodiyot tarmoqlari va aholining IT-xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, IT-tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini kengaytirish, narxlarni kamaytirish va sifatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlari natijasida xizmatlar hajmi 2020-yilda 12,9 trillion so‘mga yetkazildi. Ayonki, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli yo‘lga quyish, keyingi yillarda telekommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator ishlar amalga oshirilib, soha ravnaqini ta’minlamoqda. Birgina telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishiga e’tibor qaratilsa, Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati soniyasiga 1 200 gigabitga yetkazildi. Xalqaro internet kanali narxlari 2016-yilda 295 030 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilning oxiriga kelib, 45 011 so‘mga arzonlashganini ko‘rish mumkin. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasiga ko‘ra, 2021-yil 1-maydan ushbu narx 32 000 so‘m miqdorida belgilandi va ushbu narx yana 30 foizga pasaydi. Bu bilan respublikada internet tezligini oshirishga, operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarifning 2020-yil boshiga nisbatan 25 foizga arzonlashtirishga erishildi. Download 143.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling