O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari


Ma’lumotlar turi, ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar tuzilmasi


Download 0.59 Mb.
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1011401
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sharipova Antanina MA\'LUMOTLAR TUZILMASI

Ma’lumotlar turi, ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar tuzilmasi


Ushbu tushunchalar, o’xshash bo’lishi mumkin, lekin ularning ma’nosi har xil hisoblanadi.
Dasturlash tillarida o’zgaruvchining ma’lumot turi, ushbu o’zgaruvchi qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlar to’plamini anglatadi. Ma’lumotlar turi natural va butun sonlar, haqiqiy (o’nlik kasr ko’rinishidagi) sonlar, satrlar, belgilar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Ba’zi dasturlash tillarida har bir konstanta yoki o’zgaruvchilarning turini unga ta’minlangan qiymatning yozilishiga qarab kompilyator aniqlaydi. Masalan, o’nlik sonda qo’llaniladigan nuqta, haqiqiy son belgisi sifatida qabul qilinadi. Boshqa dasturlash tillarida esa, dasturchi tomonidan kirtilayotgan har bir o’zgaruvchining turi aniq ko’rsatilishi talab etiladi, va bu muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Dastur bajarilishi davomida o’zgaruvchining qiymati bir necha marta almashishi mumkin, lekin uning turi o’zgarmasligi kerak. Bu kompilyator o’zgaruvchi ustida bajariladigan amallarni uning tavsiflanishiga mos ravishda tekshirib chiqadi. Bu tekshirish to’liq dastur matni bo’yicha amalga oshiriladi va natijada dastur bajaradigan barcha amallar aniqlab olinadi.
Dasturlash tilining maqsadiga qarab, kompilyatsiya jarayonida ma’lumotlarning turi himoyalanganlik darajasi mavjud. Masalan, Pascal dasturlash tilida ma’lumotlarning turi qat’iy himoyalangan bo’lib, dasturning sarlavha qismidayoq dasturda qo’llaniladigan barcha o’zgaruvchilar va konstantalarning turlari aniqlab berilishi talab qilinadi. C dasturlash tilida esa buning teskarisi bo’lib, ma’lumotlarning turini aniqlash dastur bajarilishi vaqtida dasturchi tomonidan aniqlanishi ham mumkin. Bu esa C dasturlash tilida ma’lumotlarning turi kuchsiz himoyalanganligini bildiradi. Shu bilan birgalikda ma’lumotlarning turi qat’iy himoyalanmagan dasturlash tillarida dasturning to’g’ri ishlashiga javobgarlik dasturchining o’ziga yuklatilgan.
Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari – bu matematik model va shu model doirasida aniqlangan turli xil operatorlardir. Abstrakt ma’lumotlar turi bilan algoritmlarni ishlab chiqish mumkin, lekin ma’lum bir dasturlash tilida algoritmlarni qo’llash uchun ma’lumotlarning abstrakt turlarini ushbu dasturlash tiliga mos ma’lumotlar turi va operatorlar yordamida ishlab chiqiladi.
Ma’lumotlarning abstrakt turlarini tavsiflash uchun o’zida o’zgaruvchilarning aniq to’plamini, mumkin bo’lgan ma’lumotlar turini mujassamlashtirgan ma’lumotlar tuzilmasidan foydalaniladi.
Algoritmlarda qo’llaniladigan ma’lumotlar tuzilmasi juda murakkab bo’lishi mumkin. Ma’lumotlarni to’g’ri taqdim etish natijasi muvaffaqiyatli dasturlash kaliti sifatida xizmat qiladi. Ma’lumotlar tuzilmasining qurilish materiali tayanch yoki tarkibli ma’lumotlar turini saqlashga mo’ljallangan yacheykalar hisoblanadi. Ma’lumotlar tuzilmasi yacheykalar majmuasiga boshqa yacheykalar vakili (ya’ni ko’rsatkichlar) sifatida nom berish orqali ishlab chiqiladi. Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi
Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasini quyidagicha tavsiflash mumkin:
- o’zgaruvchan uzunlikka ega va uni o’zgartiruvchi oddiy funksiyalariga ega;
- tuzilmaning uzunligini o’zgartirish ma’lum bir chegarada, ya’ni qandaydir bir maksimal qiymatdan oshmagan holda amalga oshirilishi mumkin;
Agar yarimstatik tuzilmani mantiqiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u holda chiziqli ro’yhat munosabati bilan bog’langan ma’lumotlar ketma-ketligi tushuniladi. Xotirada yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasini fizik jihatdan tasvirlaydigan bo’lsak, bu xotirada slotlarning oddiy ketma-ketligidir, ya’ni har bir element xotirada navbatdagi slotlarda joylashadi. Yarimstatik MTni fizik tasvirlashning yana bir ko’rinishi bir tomonlama bog’langan ro’yhat (zanjir) ko’rinishida ifodalash mumkin, ya’ni bunda har bir navbatdagi elementning adresi joriy elementda ko’rsatiladi. Bunday tasvirlashda tuzilmaning uzunligiga
cheklanish unchalik qattiq qo’yilmaydi. Bunday tuzilmalarga – navbat, stek, dek va satrlar kiradi.


Navbat
Navbat bu FIFO (First In - First Out - "birinchi kelgan – birinchi ketadi"), shunday o’zgaruvchan uzunlikdagi ketma-ketlik, ro’yhatki, unda tuzilmaga elementlar faqat bir tomondan, ya’ni navbatning oxiridan qo’shiladi va elementlarni tuzilmadan chiqarish boshqa tomondan, ya’ni navbat boshidan amalga oshiriladi. Navbat ustida bajariladigan asosiy amallar
- yangi elementni qo„shish,
- elementni chiqarib tashlash,
- uzunligini aniqlash,
- navbatni tozalash.



Navbatni statik xotirada vektor ko’rinishida ifodalashda 2 ta parametr, ya’ni navbat boshini (navbatning 1-elementini) va oxirini (navbatning oxirgi elementini) ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar olinadi (1-rasm).


kirish
chiqish
Navbat boshi
Navbat oxiri
R=9
1-rasm. Navbat tuzilmasi .
Navbatga yangi element kiritilayotganda navbat oxiri ko’rsatkichi ko’rsatayotgan adresga yoziladi va shundan keyin navbat oxiri ko’rsatkichi bittaga oshiriladi. Navbatdan elementni o’chirishda navbat boshi ko’rsatkichi ko’rsatayotgan adresdagi element o’chiriladi va shundan keyin bu ko’rsatkichning qiymati bittaga oshiriladi. Navbatga elementlar kiritilganda navbat oxiri ko’rsatkichi shu navbat uchun ajratilgan xotira sohasining oxiriga yetib qoladi. Bunda navbat to’lgan hisoblanadi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling