O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi optik aloqa tizimlari


Download 1.25 Mb.
bet1/5
Sana26.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1126155
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7-Ma\'ruza OAT

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI KAFEDRASI OPTIK ALOQA TIZIMLARI FANIDAN  


Reja: 1. Nurlanish manbalari. Optik nurlanish manbalariga qo'yiladigan talablar 2. Yarimo'tkazgichli optik nurlanish manbalarining ish prinsipi. 3. Yorug'lik diodlari. Yorug'lik diodlarining turlari, xarakteristika va parametrlari. 4. Lazer diodi (LD), uning xarakteristika va parametrlari. 5. Lazer diodining turlari: ko'p modali va bir modali lazerlar. 6. Nurlanish manbalarining qiyosiy tavsifi, ularga tashqi omillarning ta'siri. 7. Optik signalni uzatuvchi modul
7-Ma'ruza: Optik aloqa tizimlarining aktiv elementlari. Optik aloqa tizimlarining nurlanish manbalari
OA tizimlari nurlanish manbalariga qo'yiladigan umumiy talablar quyidagilar: - nurlanish manbasining to'lqin uzunligi optik tolalarning yo'qotishlarining minimum spektral taqsimlanishlaridan biriga to'g'ri kelishi kerak; - manba tuzilishi chiqishda bir muncha yuqori quvvatli optik signallarni nurlanishini va uni optik tolaga samarali kirishini ta'minlashi kerak; - manba yuqori ishonchlikka ega bo'lishi va ko'p muddatga xizmat qilishi kerak; - o'lchamlari, og'irligi va sarf qiladigan quvvati minimal bo'lishi kerak; - texnologiyalarning oddiyligi arzon narxlarni va yuqori ishlab chiqaruvchanlikni ta'minlashi kerak.
Nurlanish manbalari. Optik nurlanish manbalariga qo'yiladigan talablar
Kogerent usulli zamonaviy OA tizimlarida nafaqat qisqa spektrli, balki λ0 to'lqin uzunligi uzoqmuddatga barqaror bo'lgan manbalar zarur. Agarda qo'shni kanallar o'rtasidagi spektr oralig'i katta bo'lmasa, λ0 to'lqin uzunligining yuqori barqarorligi spektr bo'yicha ajratilgan tizimlarda ham zarur. OA tizimlari uchun optik nurlanish manbalarining uch sinfi ma'lum: yarim o'tkazgichli, tolali va hajmli mikrooptik manbalar (mikrolazerlar). Ularning hammasi u yoki bu darajada yuqorida ko'rsatilgan talablarga javob beradi, lekin faqat yarim o'tkazgichli manbalar, ya'ni yorug'lik diodlari va lazerlardan keng foydalaniladi.
Yarim o'tkazgich nurlanish manbalarining jadal rivojlanishi birinchi navbatda yuqori samaradorlik bilan elektr toki energiyasini bevosita optik nurlanishga aylantirishi, yuqori tezlikda tok bilan kuch berilishidan nurlanish parametrlarini to'g'ridan-to'g'ri o'zgartirish imkoniyatini mavjudligi, og'irlik va o'lchamlarini kichikligi kabi OA tizimlari uchun muhim bo'lgan ijobiy xususiyatlarning birikuviga bog'liq.
Yarim o'tkazgichlarda elektronlarning zichligi nisbatan ko'p va shuning uchun ko'plab energetik sathlar zona tashkil qilgan holda zich joylashgan. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling