O'zbеkiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 311.22 Kb.
|
moliyaviy hisobot
Hisobot topshirish- yillik buxgalteriya hisobotiga 15-20 varaqdan kup bulmagan tushuntirish xati ilova qilinadi. Bu tushuntirish xatida korxona faoliyati sunggi natijasiga ta’sir etgan asosiy omillar, korxona, buxgalter yillik hisoboti natijalari buyicha karorlar va sof foyda taksimlanishi buxgalteriya xujjatlarini tekshirish xakida auditor xulosasi kursatib utiladi. Agar yil boshiga boshlangich balans uzgartirilgan bulsa, u xolda tushuntirish xatida uzgartiirish sabablari kursatib utiladi. SHuningdek, unda hisobot yilidagidan boshkacha xisob siesatini kulashga karor kilingan bulsa, u xakida xam ma’lumot beriladi.
Buxgalteriya hisoboti shakllarida xamma kursatib utilgan kursatkichlar aks ettiriladi. U eki bu modda (kator) tuldirilmagan xolda, agar ular korxonada tegishli aktivlar, passivlar, jaraenlar yuk bulmagan, ishlatilmagan bulsa, tegishli katorga chizib quyiladi. Shakllar manzil qismi quyidagi tartibda tuldiriladi: Rekvizit «Korxona «- korxona tulik nomi (kursatiladi tasdiklangan xujatlar asosida), (urnatilgan tartibda ruyxatdan utkazilib, tasdiklangan xujjatlar asosida) va uni kodi korxona va tashkilotlar umumittifok guruxlashishiga (klassifikator) asosan kursatiladi. (OKPO). Rekvizit. Tarmok (faoliyat turi) - tarmok (ft) va uni kodi umumittifok xalk xujaligi tarmoklar, guruxlashishiga (OKONX) kursatiladi. Rekvizit. «Davlat mulkchiligining boshkaruvchi tashkilot» - bunda davlat eki munitsipal korxona tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi (agar bor bulsa) va buxgalteriya hisoboti topshirilaetgan tashkilot kursatiladi. Rekvizit «Nazorat summasi» - korxonalar tomonidlan tuldirilmaydi. CHoraklik va yillik hisobotlarni tuzishda investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar, solik inspetsiyalari, ta’sischilar, banklar, boshkaruvchi korxona va davlat kizikishini xisobga olishi, xalkaro standartlar va Uzbekiston Respublikasi Prezidentining amal kilaetgan kursatmalariga, Uzbekiston Respublikasi MV gining 1996 dagi «Uzbekiston Respublikasida buxgalteriya xisobi xakida»gi Uzbekiston Respublikasi. Konuni, Uzbekiston Respublikasi Fukarolik Kodeksi, shuningdek, buxgalteriya xisob-kitoblar, xisoblar va hisobotlar masalasiga tegishli kursatmalar va Prezident konunlari talabiga javob berishiga e’tibor berish lozim. Korxona xamma ichki bulimlari faoliyati hisobot shakllari kursatkichlarida kursatilishi lozim. Buxgalteriya hisobotini tuzishda xisob vakti bulib, hisobot davri sunggi kalendar kuni xisoblanadi. Yukotilaetgan, tarkatilaetgan, davlat mulkchilik shaklini jamoa shakliga almashtiraetgan korxona, yillik hisobotni amal kilaetgan usulda (shaklda) yil boshidan yukotish (uzgartirilaetgan) davrigacha bulgan davrga tuziladi. YAngi tuzilgan korxona hisobotda mablag va ular manbalarini (sotib olish, olish kiymatida) urnatilgan tartibda ular ruyxatdan utgan oy 1- kunidan, hisobot yili 31 dekabriga 1- davrga tuzadilar. Hisobot yili 1 oktyabridan keyin tuzilgan korxona esa 31 dekabrgacha bo’lgan davrga hisobot tuzishdan ozod kilingan, ammo bu kursatilgan tartib yukotilgan (boshkatdan tashkil kilingan) korxonalar asosida tuzilgan korxonalarga tegishli emas. Korxona balans moddalari aktiv va passivlari yaxshilab utkazilgan inventarizatsiyaga asoslangan bulishi lozim. Bunda yillik hisobotni tegishli organlarga topshirguncha doimiy amalda ishlovchi inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya natijasida boyliklar xakikiy xolati bilan buxgalteriya xisobi ma’lumotlarini farkini tartibga solishi lozim. SHuningdek, tekshirish aktlari eki uzaro xisob-kitoblar koldigini tasdiklash xatlari bilan rasmiylashtiriladigan debitorlik va kreditorlik karzlari xam inventarizatsiya kilinishi lozim. Utkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek, agar utkazilmagan bulsa, sabablari yillik hisobotga ilova kilinadigan tushuntirish xatida kursatib utilishi kerak. Balansdagi moliyaviy, solik tashkilotlari, bank muassasalari bilan xisob-kitob buyicha moddalar summalari, ular bilan kelishilgan bulishi lozim. SHu xisob-kitob buyicha balansda tartibga solinmagan summalarga yul kuyilmaydi. Korxona balansida hisobot ma’lumotlari bilan oldingi yil tegishli davri ma’lumotlarini xisob siesatidagi uzgarishlarni (agar ular ro’y bergan bulsa) xisobga olgan xolda solishtirish ta’minlangan bulishi kerak. Buxgalteriya hisoboti va balansda xech kanday tuzatishlar, bulishlar bulmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan xolda, hisobot va balansga imzo chekkan shaxs, tuzatilgan muddatni kursatib, tegishli suzlarni ezadi. Hisobot ma’lumotlarining joriy yilda shuningdek utgan yildagtilari (ular tasdiklangandan sung)da xatoliklar aniklansa, hisobotda tuzatiladi, tuzatishlar hisobot davri ma’lumotlariga xam kiritiladi (choraklik, yil boshidan). Yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish davomida daromadlarni yashirish eki moliyaviy natijani muomala xarajatlarga tegshili bulmagan xarajatlarni unga kushish yuli kamayishi aniklansa, oldingi yil buxgalteriya xisobi va hisobotida tuzatish kiritilmaydi, balki kaysi tegishli schetda aniklangan bulsa, shu schet bilan korrespondensiyalanib, joriy yildan utgan yil foydasi sifatida aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotlarini kursatib utilgan tuzatish tartibi, korxona va boshka tashkilot tekshirish va inventarizatsiyasi natijasida aniqlangan xatoliklarni tuzatishda qo’llaniladi. Moliyaviy hisobotning maqsadi buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi uning faoliyatini moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish hisoblanadi. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan barcha axborotni o‘z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi. Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni o‘zida mujassam etgan: Investitsiya qarorlarini va kreditlar berish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish, Xo‘jalik yurituvchi subyektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslarini, majburiyatlarini baholash va Rahbar organlarning ishini baholash. Xulosa Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlar xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholashni talab qiladi. Bunday qobiliyat pirovard natijada masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z xodimlari va mahsulot yetkazib beruvchilariga haq to‘lay olishi, foizlarni to‘lab turishi, kreditlar qoplashi va daromadni (foydani) taqsimlay olishi mumkinligini aniqlaydi. Agar foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini moliyaviy holatini va moliyaviy holatdagi o‘zgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan ta’minlansa, ular pul mablag‘larini ko‘paytirish qobiliyatini yaxshiroq baholashlari mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishi uning moliyaviy holatiga ta’sir o‘tkazadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar haqidagi va uning ana shu resurslarni qayta ishlash qobiliyati to‘g‘risidagi axborotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini prognozlash uchun zarurdir. Moliyaviy holat haqidagi axborot kelgusida kreditlarga bo‘lgan talabni aniqlash uchun, shuningdek kelgusidagi daromadlar va pul oqimlarini xo‘jalik yurituvchi subyektning aksiyalariga (payiga) ega bo‘lganlar o‘rtasida taqsimlashda, xo‘jalik yurituvchi subyekt keyinchalik o‘zining moliyaviy holatini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini aniqlash uchun ham zarurdir. Likvidlik va to‘lovga qobiliyat haqidagi axborot xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lay olishini aniqlash uchun zarur. Likvidlik yaqin kelajakda ana shu davr ichidagi moliyaviy majburiyatlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari mavjudligini anglatadi. To‘lov qobiliyati moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lash uchun pul mablag‘lari mavjudligini anglatadi. Download 311.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling