O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti kommutatsiya va marshrutizatsiya


Download 395.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana04.04.2023
Hajmi395.85 Kb.
#1323840
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Mustaqil ish - 1 (KM)

RSVP - komponentlari. RSVP - komponentlari quyidagi funksiyalarni 
bajaradi: 
- RSVP - jo'natuvchi (RSVP sender) bu - RSVP - seansida trafikni 
jo'natishni aniqlashtiruvchi (initsialovchi) ilova. Quyida RSVP - tarmoq bo'ylab 
RSVP - jo'natuvchi uzatishi mumkin bo'lgan oqimlarni tasnifi keltirilgan: 
a) ma'lumotlarni uzatish tezligining o'rtachasi; 
b) tez (otilib) chiqishning maksimal hajmi. 
Anjumanlar vaqtida yoki IP - protokol bo'ylab (VoIP) ovozni uzatishda ilova 
RSVP - jo'natgich va RSVP - qabul qilgich rolini ham bajarishi mumkin. Quyida 
RSVP - tarmoq bo'ylab RSVP - qabul qilgichlar uzatishi mumkin bo'lgan oqimlar 
tavsifi sanab o'tiladi: 
a) ma'lumotlarni uzatish tezligining o'rtachasi; 
b) tez chiqishning maksimal hajmi; 
c) QoS, unga qo'shiladigan: 
- kafolatli xizmat ko'rsatishi - PATH - xabarlarida, shuningdek tarmoqda 
bo'lishi mumkin bo'lgan maksimal kechikish uzatiladi; 
17 


- boshqariladigan yuklanish bilan xizmat ko'rsatish - marshrutizatorlar faqat 
tarmoqdagi kechikishlar minimal bo'lgandagina kafolat beradi. 
RSVP protokolida 7 xil xabarlar ishlatiladi; ikkitasi shartli PATH, RESV va 
beshta opsional - PATH ERROR, PATH TEARDOWN, RESV ERROR, RESV 
CONFIRM va RESV TEARDOWN. RSVP marshrutizatorlar va mijozlar bu 
xabarlarni zahiralash holatini qo'llab quvvatlash va yaratish uchun ishlatadi. 
Odatda IP protokolining ustidan bevosita RSVP protokoli ishlaydi. Demak, 
RSVP protokoli ishonchsiz datagramma hisoblanadi. Ular marshrutizatorlarda davriy 
ravishda yangilanishi kerak bo'lgan moslashuvchan holatni yaratishga yordam beradi. 
RSVP protokoli RSVP, RESV xabarlari yordamida so'rashi mumkin bo'lgan 
integrallashgan xizmatni ikkita turini ko'rsatadi: yuklanishni boshqarish xizmati va 
kafolatlangan bitli tezlik xizmati. 
Boshqariladigan yuklanish - yuklanishni boshqarish xizmat (controlled load 
service) zahiralangan oqimni belgilangan joyiga kafolatsiz yetkazib beradigan trafik 
tomonidan minimal ta'sir ko'rsatilsa, yetkazib berishni kafolatlaydi. Bundan tashqari 
bu xizmatlarni ishlatishda Cisco kompaniyasi alohida zahiralangan oqimlarni 
izolyatsiyasini inobatga olgan. Oqimlarni izolyatsiya qilish resurslarni zahiralashda 
tarmoqda mavjud boshqa zahiralangan rusurslarni ta'sir qilmasligini ta'minlaydi. 
Qoida bo'yicha yuklanishni boshqarish xizmati tarmoqni o'ta yuklanishga 
sezgir bo'lgan internet ilovalarining trafigini uzatishda qo'llaniladi. Shuningdek, ilova 
yuklanishsiz tarmoqda juda yaxshi ishlaydi, lekin o'ta yuklanish bo'lganda tezda 
"yaroqsiz" holga keladi. Masalan: FTP protokolida ishlovchi ilova. 

Download 395.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling