O'zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Fan nomi


Download 38.33 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi38.33 Kb.
#1537235
1   2
2. Yorug’likning bosimi.
Quyosh nurlari ta’sirida kometa dumining og‘ishini kuzatishlar asosida yorug‘lik bosimi haqidagi gipotezani o’z vaqtida kepler aytgan edi. Bu hodisaga ilmiy yondoshgan birinchi olim Maksvell bo’ldi. l873-yilda o‘zining yorug‘likka oid elektromagnit nazariyasi asosida u jism sirtiga tushayotgan yorug’lik unga bosim berishini ko’rsatdi. Shu bilan birga Maksvell yorug’lik bosimi elektr va magnit maydon kuchlanganliklarining tebranishlari tufayli yuzaga kelishini nazariy isbotlab berdi. Ko’pgina olimlar yorug’likning bosimini o’lchashga urinib ko’rdilar. Ammo bu bosim shu darajada kichikki (~10-8 Pa), olimlarning urinishlari hech qanday natija bermadi. Maksvellning yorug’lik bosimibo’yicha amalga oshirgan nazariy hisoblashlariga kata shubha bilan qarashdi. Xususan mashhur fizik V. Tomson (lord Kelvin) ularga qarshi bo’lib chiqdi.
Yorug’lik to’lqinining elektr maydoni ta’siri ostida jismlardagi elektronlar elektr maydon kuchlanganligining yo’nalishiga qarshi yo’nalishda harakatga keladi. Batartib harakatlanayotgan elektronlarga yorug’lik to’lqinining magnit maydoni xuddi elektr tokiga ta’sir qilgani kabi to’lqinning yo’nalishi tomon yo’nalgan Lorens kuchi bilan ta’sir etadi (1-rasm). Bu kuch yorug’likning bosim kuchi bo’lib, uning jismning yuza birligiga to’g’ri kelgan qiymati yorug’lik bosimini beradi.

1-rasm 2-rasm


Yorug’likning kvant nazariyasidan ham yorug’lik uchragan to’siqqa bosim ko’rsatish xossasi borligi kelib chiqadi. Bu nazariya asosida yorug’lik bosimini yorug’likni fotonlar oqimidan iborat deb qarab hisoblash oson.
Faraz qilaylik, chastotasi u va intensivligi I bo’lgan monoxromatik yorug’lik dastasi biror S yuzaga normal tushayotgan bo’lsin (2-rasm). Birlik yuzaga vaqt birligida tushayotgan barcha fotonlarning energiyasi yorug’lik intensivligini xarakterlaydi. Bitta fotonning energiyasi hu ga teng bo’lgani uchun:
(4)
bo’ladi, bunda N − birlik yuzaga vaqt birligida tushayotgan fotonlar soni.
Impulsning saqlanish qonuniga asosan, fotonning sirtga beradigan kuch impulsi fotonning sirtga “urilishdan” oldingi va keyingi impulslarning ayirmasiga teng. Agar sirt yorug’likni to‘la yutsa, u vaqtda bu impuls quyidagi ifodaga teng bo‘ladi:

(fotonning urilishidan keyingi impulsi nolga teng, chunki foton yutilgandan keyin yo’qoladi).
Agar yorug’lik sirtdan to’la qaytsa, foton unga

impulsni beradi (fotonning tushishdagi va qaytishdagi impulsi qarama-qarshi ishoraga ega bo’ladi).
Birlik yuzaga vaqt birligi ichida ta’sir ko‘rsatadigan kuch impulsi shu yuzaga bo‘lgan bosimni beradi. Shuning uchun birlik yuzaga ega bo‘lgan sirtning vaqt birligi ichida barcha N fotonlardan olgan to‘la impulsi yorug‘lik bosimi p ga teng bo‘ladi. Binobarin, yorug‘lik bosimi yutuvchi sirt uchun , qaytaruvchi sirt uchun bo’ladi. U vaqtda (4) formulani e’tiborga olgan holda quyidagiga ega bo’lamiz:
(5)
yutuvchi sirt uchun va
(6)
qaytaruvchi sirt uchun.
Maksvellning elektromagnit nazariyasiga asosan yorug’likning bosimi quyidagiga teng:
, (7)
bunda k − sirtning yorug’likni qaytarish koeffitsiyenti bo’lib, yorug’likni to’la yutuvchi sirt uchun k=0, to’la qaytaruvchi sirt uchun k=l bo’ladi.


Download 38.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling