O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivoj lantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Mashinali o’qitishning asosiy tushunchasi
Download 107.73 Kb.
|
Mashinali o\'qitish 1-mustaqil ish
4.Mashinali o’qitishning asosiy tushunchasi.
Ingliz tilida “Machine learning”, rus tilida «Mashinnoye obucheniye» atamalari yuqoridagi “MO” tushunchasiga mos keladi. Boshqa tillardagi “Machine learning” va «Mashinnoye obucheniye» atamalarining o‘zbek tiliga tarjimasida bahsli holatlar paydo bo‘lishi mumkin, ya’ni “MO’”, “Mashinali o‘qish”, “Mashinada o‘qitish”, “Mashinali o‘rganish”, “Mashinani o‘qitish”, “Mashinani o‘rgatish”, “Mashinali ta’lim”, “Mashina ta’limi” kabi. Agar katta hajmli ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun elektron hisoblash mashinasidan foydalanadigan bo‘lsak, u holda mavjud ma’lumotlar oqimini ushbu mashinaga o‘qitishimiz zarur, elektron hisoblash mashinasi esa ma’lumotlarni qayta ishlash usullarining va mantiqiy hulosalash mexanizmi algoritmlari bilan ta’minlangan dasturiy ta’minot bilan ishlaydi. Shuning uchun “MO”, “Mashinali o‘qish” va “Mashinali o‘rganish” tushunchalarni umumlashtirib, Data Science sohasida Machine learning atamasini o‘zbek tilida MO’ deb olamiz. Mashinani o’qitish - bu o'rgatish mumkin bo'lgan algoritmlarni yaratish usullarini o'rganadigan sun'iy intellekt(SI)ning kichik bo'limi. Mashinani o’qitish (Machine Learning) – bu kompyuterni dasturlashning yangi yo’nalishi bo’lib, ma’lumotlarni o’qib olish va shu ma’lumotlar asosida o’rganish xususiyatiga ega bo’lishidir. Mashinani o’qitish – bu kompyuterning ma’lumotlarni o’qib olish asosida xususiyatlarni o’rganish qobiliyatidir - Arthur Samuel, 1959. A dastur bu E tajriba asosida T masalani yecishda P samaradorlik o’lchovi bilan yaratiladi, va T masala samaradorligi P orqali tekshiriladi va aniqligi E tajriba asosida amalga oshiriladi - Tom Mitchell, 1997. Mashinali o’qitish nima o’zi? 1.1 - rasm. Mashinali o’qitish tuzilmasi. 1. Training set - o'quv tanlanma. 2. Unsupervized - o’qituvchisiz o’qitish. 3. Supervized - o’qituvchili o’qitish. 4. Feature extaraction - xususiyat(belgil)larni aniqlash (Chiqarish). 5. Mashine learning algoritm - mashinali o’qitish algoritmi. 6. Grupping of obyekts - obyektlarni guruxlarga ajratish. 7. Predictive model -bashorat qiluvchi model. 8. Annotated data - izohli ma'lumotlar. 9. New data - yangi ma’lumotlar. Download 107.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling