Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Yorug‘lik interferensiyasining amaliy ahamiyati


Download 0.81 Mb.
bet9/10
Sana05.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#226542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jasurbek jahonqulov122-19 Yorug‘lik





2.3. Yorug‘lik interferensiyasining amaliy ahamiyati


Yorug‘lik interferensiyasi fan, texnikada va ishlab chiqarishda juda keng qo‘llaniladi. Bu hodisa gaz holatidagi moddalarning sindirish ko‘rsatkichlarini,  to‘lqin uzunliklarini, burchaklarni aniq o‘lchash, yuzalarning silliqligini kontrol qilish uchun ishlatiladi. Interferensiyaning bundan tashqari eng muhim qo‘llanishlaridan biri «optik yoritish» deb nom olgan. «Optik yoritish»ning mohiyati quyidagilardan iborat. Ko‘pgina hozirgi zamon asboblari murakkab optik sistemalar, qaytaruvchi sirtlardan tashkil topgan bo‘lib, nurlarning bu sirtlardan o‘tishida qaytishi tufayli intensivligi va natijada asboblarning yoritish kuchi pasayadi. Bu effektni yo‘qotish uchun optik sistemalar sirtida sindirish ko‘rsatkichi optik material sindirish ko‘rsatkichidan kichik bo‘lgan yupqa, shaffof qatlam hosil qilinadi.

Ko‘p hollarda sirtning qaytarish koeffitsiyentini kamaytirish bilan birgalikda uni oshirish ham talab etiladi. Masalan: qaytarish koeffitsiyenti juda yuqori bo‘lgan ko‘zgular hosil qilish maqsadida (lazerlarda rezonatorlar ana shunday ko‘zgulardan iborat). Buning uchun ham yorug‘likning interferensiya hodisasi juda qo‘l keladi. Bu vaqtda sindirish ko‘rsatkichi katta va kichik bo‘lgan yupqa (11-13 tagacha) qatlamlar hosil qilinib, bu qatlamlardan qaytuvchi nurlar orasidagi fazalar farqi 2 ga teng qilib olinsa, qaytgan nurlar bir-birini kuchaytiradi. Natijada qaytarish koeffitsiyenti 0,99 bo‘lgan ko‘zgu hosil qilish mumkin[17].



Xulosa

Men bitiruv malakaviy ishimda yorug‘lik bilan yuz beradigan jarayonlardan biri interfernetsiya hodisasi nazariy o‘rganildi.

Yorug‘likning yaratilish tarixi, uning tarkibiy tuzilishi, interferensiya tabiati, kogerentlik o‘rganildi.

Interferometrlar tuzilishini va ishlashini Jamen, Fabri-Pero interferometrlari misolida o‘rganildi.

Interferensiyadan amalda foydalanish ya’ni sirtni yuqori qaytarish qobiliyati va lazer nurlarida rezanatorlar hosil qilishda ishlatilishi o‘rganildi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling