­­­O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Kompyuter xonalariga qo’yilgan talablar


Download 1.03 Mb.
bet20/36
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1582558
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
mustaqil-ish — копия

Kompyuter xonalariga qo’yilgan talablar


Xonani shifti oq, ko’k fon bilan oqlanishi va devorlari esa yashil rangga oqlanishi kerak. Bu ranglar oftob nurlanishini bizga rang iqlimini yaratib beradi. Xonalarga qo’yilgan talablar ishchi muhit ishchining (operator) ish joyi tashqi muhit faktorlari yig’indisi bo’lib ular quyidagi ishlardan iborat: fizik, ximik, biologik, axborot, sotsial – psixologik va estetik faktorlar tashqi muhit xossalari bo’lib operatorga ta’sir etadi.
Gipodinamiya – (gipo va grekchadan dinamis –kuch) inson organizmi (qon aylanish, nafas olish, taomni hazm qilish, tayanch –harakat apparati) funktsiyalari harakat qilish faolligining cheklanganligi, mushaklar qisqarishi kuchining pasayishi natijasida buzilishidir. Mehnatni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish, kommunikatsiya vositalari rolining o’sishi tufayli gipodinamiya kundan-kunga ommalashib bormoqda (assoopa.ru dagi entsiklopediya). Bu muammo bevosita kompyuter bilan bog’liq emas.
Bunday hollarning oldini olish uchun:

  • kompyuter bilan ishlash vaqtida tez-tez gavda holatini o’zgartirib turing;

  • miriqib kerishing;

  • stol tagida oyoqlar holatini o’zgartirib turishni unutmang;

  • telefonni o’zingizdan uzoqroq joyga qo’ying;

  • mabodo kofe, choy yoki boshqa ichimlik ichmoqchi bo’lsangiz, aslo kompyuter oldida ichmang, buning uchun qulay bo’lgan boshqa joyga o’ting;

  • vaqti-vaqti bilan turib, shunchaki sayr qilishga erinmang;

  • ish vaqtida deraza oynasi yoniga kelib, ko’chani tomosha qilib turishni odat qiling, bu har tomonlama foydalidir.

  • kompyuter bilan ishlashdan avval va undan keyin vaqtingizni faollikda o’tkazing – sayr qiling, sport o’yinlarini o’ynang, raqsga tushing, xullas, istaganingizni qiling, lekin harakat qiling!



Gavda holati


Ish vaqtida gavdani to’g’ri holatda tutish kompyuterning sog’likka zararli ta’sirini kamaytirishga yordam beradi. Gavdani to’g’ri tutishni uni ma’lum bir vaqt davomida nazorat qila turib o’rganish juda muhimdir. Shunda gavdani to’g’ri holatda tutish odat tusiga kiradi. Juda oson mashqni tavsiya qilamiz: tekis devorga suyaning, bunda tovon, boldir, tos, kurak, tirsaklaringiz va boshingiz devorga tegib tursin.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling