­­­O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 1.03 Mb.
bet22/36
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1582558
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
mustaqil-ish — копия

Nur tarqatishlar


Nur tarqatish – bu kompyuter bilan ishlashda uchraydigan zararli faktordir. Kompyuter texnikasining asosiy kamchiligi- nur tarqatishdir. Nur tarqatishning kattagina qismi monitorga to’g’ri keladi, chunki monitor har tomonga elektromagnit va elektrostatik maydon, ekrandan esa radiatsiya va ultrabinafsha nurlarini tarqatadi. Kompyuterdan tashqari, lazerli printer, nusxa ko’chirish apparatlari, ya’ni ichki qismi yuqori kuchlanishga ega bo’lgan texnikalardan ham nur tarqaladi. Bundan tashqari , toner-kartrij ichidagi tarkibida og’ir metall bo’lgan kukun ham g’oyat xavflidir. Shuningdek, uzoq vaqt kompyuter oldida ishlash ko’z uchun nihoyatda zararlidir. Nima qilmoq kerak? Balki texnika mo’jizasidan butunlay voz kechib, qo’lga kompyuter “sichqonchasi” o’rniga toshdan yasalgan bolta olish afzalroqmikan? O’zingizni sivilizatsiya yutuqlaridan mahrum etishga aslo shoshilmang, bu yutuqlardan aql bilan foydalanmoq darkor xolos!”.Aleksandr Kirsanov, “Vobis”servis markazi rahbari.
Quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz, bu dardlarni chetlab o’tishingiz mumkin:

    • monitordan 40-50 sm masofada bo’ling;

    • sifatli himoyasi bo’lgan yaxshi monitor sotib oling;

    • monitoringizdagi tasvir yetarli darajada aniq bo’lsin;

    • tez-tez nam latta bilan kompyuterni artib turing, chunki chang, ayniqsa monitordagi chang nurni o’zida to’plash qobiliyatiga ega;

    • havo ionizatorlaridan foydalaning.

Ko’p yillar davomida kaktus taralayotgan nurlarni o’ziga yutishi va ularni kompyuter oldiga qo’yish zarurligi to’g’risidagi fikrlar mavjud edi. 15 yil ilgari maktab kompyuter xonasidagi har bir kompyuter yoniga bittadan kaktus tuvagini qo’yib chiqdim. Tajriba-sinov o’zini oqladi! Kaktuslarning barchasi qovjirab qurib qoldi, monitorlar esa bus-butun edi. Aslida esa bu gullarga quyosh nuri kamlik qildi, har qalay gullar sun’iy yoritilgan xona o’rtasida emas, balki deraza tokchasida turishi kerak.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling