­­­O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 1.03 Mb.
bet25/36
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1582558
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
mustaqil-ish — копия

To’g’ri o’tirish


Belingizda ahyon-ahyonda bo’lsa-da og’riq sezsangiz, to’g’ri o’tirishni o’rganishingiz zarur, yumshoq mebelni tanlamang. Qattiq stul yoki kursida o’tiring, shunda gavdangizning og’irligi umurtqa pog’onasiga tushmaydi.
Mebelga bo’lgan talablar:

    • oyoqlar polda turishi uchun stulning balandligi tizzalarning uzunligiga mos kelishi lozim;

    • bo’yi pastlar oyoqlari tagiga kurscha qo’yib olganlari ma’qul;

    • oyoqlaringiz bukilib qolmasligi uchun stol tagida yetarlicha joy bo’lishi

kerak;

Qo’llarning holati


Qo’llar bo’shliqda bo’lmay, doimo biron narsaga tayanib turishi kerak. Sichqoncha bilan ishlayotganda, qo’lning tirsak va bilak qismlari doimo stolga tegib tursin. Shunda yelka kamari mushaklariga uncha og’irlik tushmaydi, bu esa bo’yin osteoxondrozi kasalligining oldini oladi.
Belingiz og’rimasligi uchun quyidagi qoidalarga amal qiling:

    • uzoq o’tirib ishlashga majbur bo’lsangiz, har 15-20 daqiqada tanangizga bir oz dam bering, oyoqlaringiz holatini o’zgartiring;

    • doimo stul yoki kursi suyanchig’iga suyanib o’tiring;

    • to’g’ri o’tiring, boshingizni pastga Ko’p egmang, tana mushaklari zo’riqmasligi uchun gavdangizni to’g’ri tuting;

    • qog’ozdagi matn bilan uzoq vaqt ishlashingizga to’g’ri kelsa, stol ustiga qog’oz uchun moslama (pyupitr) qo’ying yoki uni ekranga biriktirib qo’ying;

    • bunda matn yetarlicha balandlikda bo’lishiga va gavdangiz bilan oldinga engashib o’timasligingiz uchun qulay bo’lishiga ahamiyat bering;

    • zo’riqmay, bemalol o’tirish juda muhimdir. Buning uchun belingiz va suyanchiq orasiga yupqagina valik qo’yib oling.



Boshingizni to’g’ri ushlang


Bir xil holatda uzoq o’tirmang. Vaqt-vaqt bilan holatingizni o’zgartirib turing, bir oz dam olish uchun o’rningizdan turing, 1-1.5 soat davomida o’tirib ishlaganingizdan so’ng, o’rningizdan turib, 5 daqiqa badan tarbiya bilan shug’ullaning, hech bo’lmasa kursi suyanchig’iga o’zingizni tashlab, mushaklaringizni bo’sh qo’ying, bir necha marta chuqur nafas oling.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling