­­­O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 1.03 Mb.
bet26/36
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1582558
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
mustaqil-ish — копия

Yassi ekranli monitorda ishlash


Transportda ketayotib, o’qish ko’z uchun juda zararlidir.Xuddi shuningdek, bo’rtib chiqqan ekranli monitor bilan ishlash ham sog’liq uchun ziyondir, uzoq vaqt davomida ekran markazidan uning chetlariga qarab ishlaganda gavhar mushaklari xuddi transportda o’qiyotgandagi kabi ishni amalga oshiradi. Gavhar mushaklarining toliqishi spazmaga olib keladi va natijada ko’rish qobiliyati 3ta birlikkacha yo’qolishi mumkin.


Monitorni qanday tanlamoq va o’rnatmoq kerak?


Ish joyingizni tashkil etishga alohida ahamiyat bering: monitorgacha bo’lgan masofa 40-50 smdan kam bo’lmasligi; 2ta ishlayotgan kompyuter orasidagi masofa 1 metrdan kam bo’lmasligi shart, aks holda ulardan chiqayotgan magnit maydonlari birlashib, nur taratishni kuchaytiradi. Nur kamroq taralishi va ko’zlarga yuk kamroq tushishi uchun monitordagi tasvir ravshanligi minimal darajada bo’lishi kerak.
45 daqiqa davomida kompyuterda ishlang, 15 daqiqa dam oling, xonani tez- tez shamollatib turing. Ish joyingizni to’g’ri yoritish yodingizdan chiqmasin. Ekranga nurlar tushmasligi uchun yorug’lik chap tomondan tushishi kerak. Texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiling. Umuman, agar o’z xavfsizligingiz va sog’ligingiz haqida qayg’ursangiz, o’zingizga g’amxo’rlikni sifatli texnika sotib olishdan boshlang. Yaxshi monitorlarda turli yo’nalishda nur taralishini kamaytirish maqsadida ekran usti va korpus ichi himoya qoplamasi bilan qoplanadi.


Yoritish


Ish joyini loyihalash vaqtida sun’iy va tabiiy yoritish masalasi hal qilinishi kerak. Yoritish nafaqat ishlab chiqarish masalalarini hal qilish balki u ishlayotgan odamning psixologik hamda fizik holatiga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish joylaridagi ratsional yoritilganlikka qo’yilgan talablar:

    • yorug’lik manbai va yoritish tizimini to’g’ri tanlash;

    • ishlab chiqarish tepaliklarini kerakli darajadagi yorug’lik darajasi bilan ta’minlash;

    • ko’zni oladigan yorug’likni cheklash;

    • tekis yorug’likni tashkillash;

    • yorug’lik oqimining vaqtda tebranishini yo’qotish va cheklash .

Ish joyidagi yoritilganlik gigiyenik talablarga binoan mehnatning ko’rish sharoitlariga to’g’ri kelishi kerak.Obyektda displey bilan ishlash vaqtida yoritilganlik 200 lk hujjatlar bilan ishlash paytida 400lk bo’lishi kerak.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling