O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi Muhammad al


Download 270.43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.06.2020
Hajmi270.43 Kb.
#113695
Bog'liq
BaratovCAL023-N11


O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va 

Komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi Muhammad al-

Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari 

Universiteti 

 

                      

Algoritmlash va loyihalashtirish   fani 

            

Mustaqil ish 

Mavzu: Saralash algoritmlari baxolashning quyi chegaralari 

 

                                               

 

 

Guruh:CAL023-guruh 

 Bajardi:Baratov Muslimbek 

Tekshirdi:Dilmurod Tuxtanazarov 

 

                                     Toshkent-2020 

 

 

Reja: 

1.Saralash algoritmlari haqida ma’lumot 

2.Saralash algoritmlari turlari 

3.Saralash algoritmlarini baholash 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1.Saralash algoritmlari haqida ma’lumot 

Malumotlarni kompyuterda qayta ishlashda elementning informatsion 

maydoni va uning mashina xotirasida joylashishini bilish zarur. Shu maqsadda 

ma’lumotlarni saralash amalga oshiriladi. Demak, saralash – bu ma’lumotlarni 

kalitlari bo’yicha doimiy ko’rinishda mashina xotirasida joylashtirishdan iborat. Bu 

yerda doimiylik malumotlarni massivda kalitlari bo’yicha o’sishi tartibida berilishi 

tushuniladi. Ma’lumotlarga qayta ishlov berilayotganda ma’lumotning 

informatsion maydonini hamda uning mashinada joylashishini (adresini) bilish 

zarur.   

Saralashning ikkita turi mavjud: ichki va tashqi:   

ichki saralash bu operativ xotiradagi saralash;   

tashqi saralash – tashqi xotirada saralash.  

Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta hajmni egallasa, u holda ularni 

almashtirishlar katta sarf (vaqt va xotira ma’nosida) talab qiladi. Ushbu sarfni 

kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda 

faqatgina ma’lumot ko’rsatkichlari almashtirilib, massiv o’z joyida qoladi. Bu usul 

adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi. Saralanayotganda bir xil kalitlar uchrashi 

mumkin, bu holda saralangandan keyin bir xil kalitlilar boshlang’ich tartibda 

qanday joylashgan bo’lsa, shu tartibda qoldirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi (Bir 

xil kalitlilar o’zlariga nisbatan). Bunday usulga turg„un saralash deyiladi. Saralash 

samaradorligini bir necha mezonlar bo’yicha baholash mumkin: saralashga ketgan 

vaqt;  saralash uchun talab qilingan operativ xotira;  dasturni ishlab chiqishga 

ketgan vaqt. Birinchi mezonni qarab chiqaylik. Saralash bajarilganda taqqoslashlar 

yoki almashtirishlar sonini hisoblash mumkin. Faraz qilaylik, N = 0,01n2 + 10n – 

taqqoslashlar soni. Agar n < 1000 bo’lsa, u holda ikkinchi qo„shiluvchi katta, aks 

holda ya’ni, n > 1000 bo’lsa, birinchi qo’shiluvchi katta bo„ladi. Demak, kichkina 

n larda taqqoslashlar soni n ga teng bo’ladi,  katta n larda esa n2 ga teng bo„ladi. 

Saralashda taqqoslashlar soni quyidagi oraliqlarda bo„ladi: nnO log  dan 2nO 

gacha; nO – ideal holatda. Saralashning quyidagicha usullari bor:  

 Qat’iy (to’g’ridan-to’g’ri) usullar; yaxshilangan usullar. Qat’iy usullarning 

afzalliklarini ko„rib chiqaylik:  

1. Bilamizki, dasturlarning o’zlari ham xotirada joy egallaydi. To’g’ridan- 

to’g’ri saralash usullarining dasturlari qisqa bo’lib, ular tushunishga oson.   


2. To’g’ridan-to’g’ri saralash usullari orqali saralash tamoyillarining asosiy 

xususiyatlarini tushuntirish qulay. 

 3. Murakkablashtirilgan usullarda uncha ko’p amallarni bajarish talab 

qilinmasada, ushbu amallarning o’zlari ham ancha murakkabdir. Garchi yetarlicha 

katta n larda ulardan foydalanish tavsiya etilmasada, kichik n larda mazkur usullar 

tezroq ishlaydi. Shu joyni o’zida qat’iy usullarni ishlash tamoyillariga ko’ra 3 ta 

toifaga bo’lish mumkin:  

1. To’g’ridan-to’g’ri qo’shish usuli (by insertion);   

2. To’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli (by selection);   

3. To’g’ridan-to’g’ri almashtirish usuli (by exchange). 



2.Saralash algoritmlari turlari 

Saralash algoritmlari. 

1.   Tanlash usuli; 

2.  Almashtirish usuli (pufakcha); 

3.  Qo’yish usuli; 

 

3.Saralash algoritmlarini baholash 

Saralashning tanlash usuli. 

Saralashning  tanlash usulida n ta massiv elementlari beriladi. Birinchi navbatda 

berilgan N ta massiv elementlari orasidan minimumini topib dastlabki element bilan 

almashtiriladi. Keyin massiv elementlarining keyingi N-1 ta elementlari ichidan 

minimumi topilib ikkinchi element bilan almashtiriladi. Barcha elementlar 

saralangangunga qadar davom etadi. Saralashning bu usulida solishtirishlar soni  (N-



1)N/2. Saralashning tanlash usuli massiv miqdori kattalashgani kabi ishlash vaqti 

cho’ziladi, demak elementlar soni juda ko’p bo’lgan massivlar uchun saralashning 

ushbu usuli ko’p vaqt talab qiladi. 

 


 

Saralashning Qo’yish usuli 

 

Saralashning Qo’yish usulida  berilgan A massiv elementlari berilgan bo’sh 



B massiv elementlarining mos joyiga qo’yiladi. Ya’ni A massivning birinchi 

elementi b massivning birinchi elementiga joylashtiriladi. Keyingi qadamda A 

massivning ikkinchi elementi B massivning birinchi elementi bilan solishtiriladi 

katta kichikligiga qarab B massivning ikki elementidan joy oladi va hokazo. 

Natijada B massivda A massivning saralangan qismi hosil bo’ladi.   

 

 



Saralashning pufakcha usuli 

Saralashning almashtirish usulida berilgan massivning har bir elementlari o’zining 

qo’shni elementlari bilan solishtiriladi va katta kichikligiga qarab almashtiriladi. 

Saralashning ushbu usulida  ham elementlar N(N-1)/2  ta solishitiriladi. 

Saralashning almashtirish usuli massiv miqdori kattalashgani kabi ishlash vaqti 

cho’ziladi, demak elementlar soni juda ko’p bo’lgan massivlar uchun saralashning 

ushbu usuli ham  ko’p  vaqt talab qiladi. 

 

 



Saralashning Shell usuli 

 

1959 yilda D.L.Shell tomonidan taklif etilgan va keng foydalaniladigan bu 



usul juda kam xotira talab etadi va saralashda yuqori tezlikni ta’minlaydi. Qo’yish 

usuli kabi Shell usuli elementlarni solishtirish va joyini almashtirishdan 

foydalanadi, lekin undan farqli o’laroq solishtirishda qo’shni elementlar emas, 

balki bir-biridan muayyan masofada bo’lgan elementlar solishtiriladi. Almashtirish 

zaruriyati tug’ilganida, elementlar qo’yish usulidagi kabi bitta pozisiyaga emas, 

shu masofaning o’ziga sakrab o’tadi. 



 

  

 Saralashning Tezkor usuli 



Saralashning tezkor(inglizcha - quicksort)  usuli saralash usullari ichida eng 

samarali(vaqtga nisbatan) usul hisoblanadi.Saralashning Tezkor usulida 

rekursiya(o’ziga o’zi murojaat)dan foydalaniladi. Saralashning ushbu usulida 

berilgan N ta massiv elementlarini teng(bir-biridan ko’pi bilan1 birlikka farq 

qiluvchi) ikki qismga ajratiladi va o’rtadagi element bilan massivning ikki qismi 

solishtiriladi va shart bajarilsa almashtiriladi.Nihoyat, o’rtadagi elementga massiv 

elementlarining o’rtacha qiymatdagisiga aylanadi. Shu jarayon massivning ikki 

qismi uchun qayta murojaat qilinadi va hokazo.   



 

 

 



Download 270.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling