O‘zbekiston respublikasi axborottexnalogiyalari va kommunikatsiyalarinirivojlantirishvazirligi


Eng asosiysi – asosiyni belgilash


Download 101.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana08.11.2023
Hajmi101.89 Kb.
#1756335
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dilxushbek.7

Eng asosiysi – asosiyni belgilash
Taym-menejmentning vazifasi o‘z vaqtida eng
asosiy ishni aniqlab olishdir. Ro‘yxatingizda eng muhim ish eng boshda, undan
keyin ahamiyati kamroqlari tartib bilan kiritilgan bo‘lishi lozim.
Eng asosiy ishni belgilab olgandan keyin uni bajarish yoki bajarmaslikning oqibati
qanday bo‘lishini baholang. O‘z vaqtida bajarilmagan muhim vazifa jiddiy
oqibatlarga sabab bo‘ladi.
Ishlarni muhimligi jihatidan ro‘yxatga kiritishda ABVGD usuli yordam beradi: A
harfining ro‘parasiga eng muhim ishni yozasiz, Bning qarshisiga ahamiyati undan
sal kamroq bo‘lganini va hokazo. D – muhimligi jihatidan eng oxirida turadigan
ish.
Majburiy samaradorlik qonuni Diqqatingiz bir ishga qarating. Ishni birinchi
darajadagi muhim vazifalardan boshlab, tartib bilan davom eting. Ishni tashlab
qo‘yib, uni qayta-qayta boshlayverish esa samaradorlikni 5 foizga kamaytiradi.
Mosart ayni paytning o‘zida uchta musiqa ustida ishlab, o‘lmas asarlar yaratgan.
Lekin u istisno edi. Bax, Gaydn yoki Verdi ma’lum vaqt davomida faqatgina bir
asar ustida ishlashgan, birini tamomlamay turib, ikkinchisini boshlashmagan.


Majburiy samaradorlik qonunidan foydalaning: vaqt hamma ishga emas, eng
muhim ishlarga yetadi. Shuning uchun diqqatingizni jamlab, birinchi navbatda eng
katta foyda keltiradigan ish bilan shug‘ullaning.
Barcha ishlarni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
– shoshilinch va muhimlar;
– muhimlar, lekin shoshilinch bo‘lmaganlar;
– shoshilinch, lekin muhim bo‘lmaganlar;
– shoshilinch ham, muhim ham bo‘lmaganlar.
Bu Eyzenxauer usuli deb ataladi.
Birlamchi vazifalar – shoshilinch va muhimlar. Ularni kechiktirish sizga ortiqcha
muammolarni tug‘diradi, shuning uchun o‘z vaqtida hal qilishga kirishing.
Ikkinchi o‘rinda – muhimlar, lekin shoshilinch bo‘lmaganlar. Ularni kechiktirish
mumkin, lekin istiqbolda kuchli ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish
uchun bunday vazifalarni hadeb kechiktiishning o‘rniga ularga vaqt ajrating.
Muhim, lekin shoshilinch bo‘lmagan ishlar muvaffaqiyatingizga unchalik ta’sir
ko‘rsatmaydi. Shuningdek, bunday ishlar samardorlikni orttirmaydi ham, biroq
vaqt zaxirangizning kattagina qismini olib ketadi. Bunday ishlar sonini qisqartirgan
ma’qul.



Download 101.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling