O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi


Xarajatlarni to‘lash uchun talab etiladigan hujjatlar


Download 0.53 Mb.
bet2/4
Sana03.12.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1797569
1   2   3   4
Bog'liq
2 5382189802571447348

Xarajatlarni to‘lash uchun talab etiladigan hujjatlar

  • 1. Huquqiy va ijtimoiy himoya, moddiy yordam so‘rab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik) boshlig‘i nomiga ariza.
  • 2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar yo‘qolgan hollar bundan mustasno).
  • 3. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi).
  • 4. Murojaat qilgan shaxs xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo‘lgani va kamsitilgani, mehnat va boshqa huquqlari buzilgani, murakkab moliyaviy ahvolda qolgani va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablag‘siz qolgani to‘g‘risida ishga joylashtirilgan mamlakat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlari, vakolatli xalqaro tashkilotlar tasdiqnomasi (agar mavjud bo‘lsa).
  • 1. Mablag‘lar yoki tibbiy sug‘urta polisi yo‘qligi sabablarini ko‘rsatgan holda Agentlik boshlig‘i nomiga ariza (shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatilgan hollar mustasno).
  • 2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.
  • 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tish muddati 7 va undan ortiq kunni tashkil etsa, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi).
  • 4. Ishga joylashtirilgan mamlakatning sog‘liqni saqlash organlari tomonidan berilgan tibbiy yordam olish zaruratini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (hujjat).

1. Agentlik boshlig‘i nomiga ariza (fuqarolar vafot etgan bo‘lsa — yaqin qarindoshlar yoki boshqa shaxslar murojaati, bunda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi). 2.Vafot etgan fuqaro pasportining nusxasi. 3. Agar mehnat migranti ishga joylashtirilgan mamlakat hududida vafot etgan bo‘lsa, ushbu mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan o‘limni tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 4. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi). 5. Og‘ir jarohatlar olganligi va mayib bo‘lganligi to‘g‘risida tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi (ko‘chirmalar, xulosalar,kasalliktarixi). 1. Agentlik boshlig‘i nomiga ariza. 2. Ariza beruvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar. 3. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma, mehnat shartnomasi yoki mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organ ma’lumotnomasi). 4. Ishga joylashtirilgan mamlakat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining deportatsiyani (chiqarib yuborishni) tasdiqlashi (qaror, xulosa, ma’lumotnoma va boshqalar). 5. Xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish bo‘yicha kelishilgan shartlar buzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (Agentlik, O‘zbekiston rekruting tashkilotlari, ishga joylashtirilgan mamlakatning mehnat sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organlari xulosalari). 1. Agentlikning markaz tashkil etish zarurati to‘g‘risidagi iltimosi. 2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, o‘qitish va chet tillarni bilishini sinash markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash. 3. Qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash (zarur bo‘lsa) va jihozlash bo‘yicha xarajatlar smetasi, shuningdek, asbob-uskunalar yetkazib berish uchun kontraktlar (loyihalashtiruvchilar, pudratchilar va yetkazib beruvchi belgilangan tartibda saralangandan keyin). 1. Agentlik boshlig‘i nomiga ariza. 2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling