O’zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiyasi Sirtqi ta’lim fakulteti dekani A.S.Tursunovga
Sirtqi ta’lim fakulteti Ikkinchi mutaxassislik talabalari (Ilova qilingan alohida ro’yxatlar bo’yicha) tomonidan
Nusxasi: O’zbekiston Respublikasi Bank-Moliya akademiya rektori v.b E.A.Xoshimovga
ARIZA
Arizamizning mazmuni shundan iboratki, Biz (Ro’yxatdagi talabalar) Akademiyaning moodle platformasida nosozlik bo’lganligi va joriy semestrda joriy, oraliq nazoratlardan olgan baholarimiz o’chib ketganligi sababli hozirgi kunda berilgan yangi test topshiriqlarini 2023-yil 5-fevralga qadar qaytadan bajarib chiqishga ulgurmayapmiz. Shu bois sizdan sirtqi ta’lim shaklida o’qiyotganligimiz, kunlik vaqt rejimimizni ishga bog’langan holda teng taqsimlaganimiz uchun, qaytadan berilgan joriy va oraliq nazoratlarni bajarish uchun 5-fevraldan qo’shimcha bir hafta muddat berishingizni so’raymiz.
31.01.2023 (Alohida ro’yxat bo’yicha talabalar, Ushbu arizani
telegramda rasm shaklida tasdiqlaydilar. )
Do'stlaringiz bilan baham: |