O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Мавзу №4 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejment fani 4-Mavzu. Menejment texnologiyasi 1. Maqsadlar.Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. 2. Motivatsiya.
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ______________________________________________________________________ Menejment fani 4-Mavzu. Menejment texnologiyasi 1. Maqsadlar.Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. 2. Motivatsiya. 3. Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar. 4. Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarilishini tashkil qilish. Tayanch so‘zlar: boshqaruv jarayoni, motivatsiya, “Ehtiyojlar ustunligi” nazariyasi, “Boisiy tozalanish” nazariyasi, axborot, birlamchi va ikkilamchi axborotlar, kommunikatsiya, kommunikatsion siyosat, qaror, Ringi usuli. 1. Maqsadlar.Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga yo‘naltiradi. Biz dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz: bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi; faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi; faoliyatimizni aniq soha, ishga yo‘naltiradi; u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi; pirovard natijamizning baholash me’yorini belgilaydi va h.k. Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqarish uchun o‘ta zarur. Chunki aynan shu maqsadga binoan: boshqarish funksiyalari; boshqarish usullari; boshqarishning tuzilmaviy tarkibi; lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar yechiladi. Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim. Maqsad bir ma’noli va aniq bo‘lishi kerak. Agar siz qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo‘lni tanlashga ham xojat qolmaydi. Maqsad real va bajarilishi mum-kin bo‘lishi kerak. Qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa Hech qanday shamol ham ham rox bo‘la olmaydi. Maqsad miqdoran o‘lchovga ega bo‘lishi kerak. Maqsad - bu navbatdagi bosqichda “jang”, bilan zabt qilinadigan bamisoli cho‘qqidir. Buni zinxor unutmaslik darkor. Shu “jang”da g‘olib chiqish uchun bajarilishi mumkin bo‘lgan real maqsadni o‘z oldimizga qo‘yishimiz kerak. Undan ortiqcha ham , kam ham emas, vassalom. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling