O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Мавзу №4 (2)
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ______________________________________________________________________ bo‘lmagan funksiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir: asosiy ishlab chiqarishni boshqarish; qo‘shimcha ishlab chiqarishni boshqarish; ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish; marketingni boshqarish; moliyaviy boshqarish; sifatni boshqarish; mehnatni boshqarish; xodimlarni boshqarish; innovatsiyani boshqarish va hokazo. Bunday holda ishlab chiqarishni boshqarish faoliyatining ayrim turlari va sohalari alohida ajralib turadi. Boshqarishning yuqoridagi sanab o‘tilgan asosiy funksiyalari ularning ishlab chiqarishni boshqarish jarayonidagi o‘rni o‘ta muhim va zarur bo‘lganligi tufayli yanada batafsilroq ko‘rib chiqamiz. Siz hozirgi paytda rejalashtirish umuman keraksiz narsa deb o‘ylashingiz mumkin. Biroq siz keyingi yarim yillik dars jadvalini olganingizdan so‘ng yoki kurs ishini vaqtida tugatish uchun nimalar qilishingiz tog‘risida o‘ylaganingizda, rejalashtirayotgan bo‘lasiz. Menejerlar nimani rejlashtirishi va qanday rejalashtirishi bilan bir-biridan farqlanishi mumkin, lekin ular o‘z ishlarini rejalashtirishi shart. Menejerlarning nazoratni saqlab turishlarining so‘nggi sababi tashkilot va uning mol mulkini himoya qilishdadir. Bugungi kunning tabiati o‘zi bilan tabiiy falokatlardan tahdid, molayaviy nizolar, ish joyidagi zo‘ravonliklar, taklif zanjirida buzilishlar, xavfsizlik buzilishi va hattoki terroristik hujumlarni o‘zi bilan olib keladi. Rahbarlar ushbu bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlar sharotida tashkilot mol mulkini himoya qilmoqliklari shart. Mufassal o‘ylangan nazorat tizimi va zahira rejalari minimal ish faoliyatidagi buzilishlarga yorddam berishni kafolatlaydi. 5 Nazorat bu 3 bosqichli haqiqiy ish faoliyatini o‘lchash, rejalashtirilgan va amaldagi natijalarni solishtirish va nomuvofiq andazalarni ma'muriy harakatlar orqali bartaraf etishni o‘z ichiga oluvchi jarayondir. Menejer qabul qilishi kerak bo‘lgan qaror tezkor tuzatuvchi chora yoki asosiy tuzatuvchi chora bo‘lishi mumkin. Menejerlar uchun muammoning manbaini topishga vaqt yo‘q deb ratsional bo‘lish va tezkor chora tadbirarni qo‘llab ketish noodatiy hisoblanadi. Puxta menejerlar chetlovlarni analiz qiladilar va agarda bu ish o‘zini oqlasa, ular ma’lum bir vaqt ajratadilar va ushbu qarama qarshilik sababarini tuzatadilar. 5 Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 516-518-betlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling