O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A
Download 1.69 Mb.
|
tarbiyalash
Xalqimizning shunday maonaviy meroslaridan biri bo’lmish «Shirin bilan Shakar» dostonida ham oila, oilada bola tarbiyasi, bunda ota-ona ma`suliyati va burchi, farzandga nisbatan halollik va muhabbat, farzandning ota-onaga hurmati, ota-ona qadrini yuqori tutishi kabi masalalarga alohida eotibor berilgan. Doston qahramonlari aka-uka Shirin bilan Shakar obrazi orqali farzandlarning ota-onaga muhabbati, aka-ukaning bir-biriga qon-qarindoshlik munosabati tasvirlangan. Shuningdek, dostonda oilaviy bir janjal asosida ota-bola mojarosi maydonga chiqadi. Shoh Qosimxon xotini Kenjaoyning tuhmatiga ishonib, Shirin bilan Shakarni o’limga hukm qiladi. Otasidan jabr ko’rgan Shirin va Shakar undan yuz o’giradilar. Biroq ular onalarini sadoqat bilan sevadilar, uning farzandlari uchun chekayotgan iztiroblari, ko’z yoshlariga achinadilar, ona diydorini qo’msaydilar. Doston xotimasi sharqona an`ana va tarbiya qoidalari bilan yakunlanadi. Begunoh farzandlarini hech o’ylamay-netmay o’limga hukm qilgan ota jazoga loyiq, albatta. Biroq qadimiy sharqona tarbiya meozonlari bunga yo’l qo’ymaydi. Chunki bu mezonlar mazmunida imon-eotiqod, hurmat, muruvvat kabi tushunchalar mavjud bo’lib, odamlarni kechirimli bo’lishga undaydi. Bunday sharqona tarbiya talablariga ko’ra, ota-piri buzrukvor, qiblagoh, duogo’y, mo’otabar zot hisoblanadi. Farzand otaga eotiqodli, muruvvatli, samimiy itoatgo’y bo’lishi lozim. Otaning duoibadi, qarg`ishi yomon. Bunga «Ota rozi – xudo rozi» qabilidagi maqollarning ko’plab tilga olinishi ham misol bo’ladi. Barcha asarlarda ota-onani hurmat qilish, odob bilan ularning xizmatlarini bajarish farzandning vazifasi ekanligi uqtiriladi. Masalan, rivoyatlarning birida, ota-onalarning farzandlariga insonlarni ranjituvchi so’zlar aytishdan, yomon ishlardan saqlanish lozimligi ta`kidlangan holda farzandlarning ota-onaga qanday xizmat qilishi kerakligini quyidagi tarzda bayon etiladi: «Bir kishi kechasi uyqudan uyg`onib o’g`lidan «suv ber» deb so’radi.O’g`li suv keltirguncha, otasi yana uxlab qolgan edi. O’g`li «otam balki yana suv so’rar», deb uxlamasdan otasinig uyg`onishini kutib tong otguncha o’tirdi». Bu kabi rivoyatlarning deyarli barchasida farzand o’z ota-onasini hurmat qilishga, uning olqishlarini olishga daovat etiladi. Insoniy g`oyalar ruhida tarbiyalangan farzand ota-onasi qilgan nasihatlariga amal qilgan, ota-onasi hurmatini joyiga qo’ygan. Ota-onaning farzandlariga va farzandlarning ota-onasiga mehr-oqibatli bo’lishlari, ularning ota-onalik va farzandlik burchi, masouliyatini his qilish masalalari xalqimiz milliy qadriyatlarining shakllanishida muhim maonaviy manba bo’lib xizmat qilganligi shubhasiz. SHariat qonunlarida, islom taolimotida, Qurooni karim va Hadisi shariflarda oilaviy munosabat qoidalari asosiy o’rin egallaydi. Zotan, ota-ona farzandni dunyoga keltiruvchi, tarbiyalovchi, hamfikr, do’st, hayotda yo’lboshlovchi, oilaning moddiy va maonaviy taominotchisi tarzida ulug`lanadi. SHuning uchun ham Quroon taolimotiga ko’ra oilada ota-ona eng muqaddas zot. Quroonda: «Parvardigoringiz, yolg`iz Uning O’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning birovi yoki har ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo’l va: «Parvardigorim, meni (ular) go’daklik chog`imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, Sen ham ularga rahmshafqat qilgin, deb (haqlariga duo qil!)» (Isro surasi, 22-24-oyatlar), deya taokidlaydi. Bu oyat mazmuniga ko’ra: Alloh taolo ota-onaga yaxshilik qilishni bevosita o’ziga ibodat qilish bilan teng qo’ygan, ota-onalar keksayib, zaiflashib qolgan hollarda ularga qanday muomala qilish kerakligini uqtiruvchi quyidagi jihatlarga urg`u berilgan:Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling