O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A
Download 1.69 Mb.
|
tarbiyalash
1. Hech qachon ularga «uf» demaslik. 2. Beadablik bilan so’zini qaytarmaslik. 3. Ularga ehtirom bilan xushmuomalada bo’lish, yaxshi gapirish. 4. Ota-ona oldida mehribonlik bilan hokisor bo’lish. 5. Minnatdorchilik yuzasidan Allohdan ularga rahmu-shafqat so’rash. Oilaviy munosabatlar, ota-ona va farzandlar hamda qon-qarindoshlik aloqalari kabi masalalar nafaqat diniy, balki boshqa ijtimoiy munosabatlar doirasida ham muhim o’rin tutgan. SHuningdek, hadislarda oila va oila a`zolari, ota va ona, ota-ona va farzandlar, oilaning boshqa aozolari, ayollar va erkaklar, shaxs va jamiyat o’rtasidagi amaliy muomala tizimi imon talablari asosida bayon etiladi. Hadislarda ota-onaga hurmat, mehr-muhabbat, eozoz, moddiy va ma`naviy yordam, ularning amriga bo’ysunish, ota- ona dunyodan ko’z yumgach, ularning qarindosh-urug`lari, do’stu-birodarlari bilan munosabatlarining iltifotini davom ettirish, vasiyatlariga amal qilish yoshlar ongiga singdirilib kelingan. So’nggi yillarda bu borada ko’plab asarlar chop etilib, keng kitobxonlar ommasiga, yoshlar eotiboriga havola etilmoqda. Xalq og`zaki ijodiyoti namunalari va diniy manbalarda oilaning muqaddas ekanligi, ota-onaning farzandlari oldidagi, bola va farzandning o’z ota-onasi oldidagi burchlari kabi masalalar hamda bolalar (qiz va o’g`il bolalar) tarbiyasida shariat ko’rsatmalarining aks etishi ming yillar davomida oila instituti shakllanishida ijobiy taosir ko’rsatib kelgan. Sharqning buyuk allomalari bo’lmish Al-Buxoriy, At-Termiziy, Burhoniddin Marg`inoniy, Ahmad YAssaviy, Mahmud Qoshg`ariy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abulqosim Firdavsiy, Amir Temur, Saodi SHeroziy, Alisher Navoiy, Bobur, Ahmad Donish, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko’plab mutafakkirlarimiz bu borada o’zlarining tegishli fikr-mulohazalarini kelajak avlodga meros qilib qoldirgan.5-7 yoshli bolalarni oilada tarbiyalash masalalari Oila–mafkuraviy tarbiyaning ijtimoiy omillaridan biri sifatida yoshlar tarbiyasida, umuman, jamiyat taraqqiyotining asosiy negizi sifatida tavsiflanadi. Mamlakatimizda istiqlol sharofati bilan oila, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofazasi, ma`naviy va jismoniy sog`lom avlodni shakllantirish, onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlash, ular uchun shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mazmuni va mohiyati oilaning ijtimoiyiqtisodiy, ma`naviy-madaniy, huquqiy-estetik, jismoniy jihatlarini yanada yaqqol namoyon etdi. Zero, oila avlodlar vorisiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarimizni avloddan-avlodga etkazadigan, yoshlarni jamiyatimiz hamda Vatanimizning munosib fuqarosi etib tarbiyalaydigan, ularning kelajakda o’z o’rniga ega bo’la oladigan shaxs sifatida shakllanishiga poydevor bo’la oladigan ijtimoiy institutdir.Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling