O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi


Download 5.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/37
Sana15.11.2023
Hajmi5.19 Kb.
#1774770
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
136
OECD.“Istanbul Anti-corruption Action Plan”, 3 round (2015) , Recommendation 15 


74 
3.2-§. O’zbekiston Respublikasida davlat xizmatchilari faoliyatida 
korrupsiyaning 
oldini 
olishda 
qo’llaniladigan 
chora-tadbirlarni 
takomillashtirish masalalari 
So’nggi yillarda davlat va xususiy sektorda korrupsiyaning oldini olish 
bo’yicha jadal tendensiyalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakat va 
jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga 
qaratilgan 70 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu 
islohotlar natijasi xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. 
Jumladan, Transparency International korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro 
nodavlat tashkiloti Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2020-yil reytingiga 
muvofiq, O‘zbekiston o‘z o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshilab, 180 ta davlat orasida 
146-o‘rinni egalladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev o’z nutqlarida 
shunday degan edilar: Jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko’rinishiga qarshi 
muhit yaratmas ekanmiz, mamlakatning investitsiya, ishbilarmonlik muhitini, 
jamiyatdagi birorta ham sohani rivojlantirib bo’lmaydi, bunga erishish uchun, 
avvalo, davlat xizmatlari institutini isloh qilish, unda korrupsiyaga qarshi 
kurashish bo’yicha samarali mexanizm yaratish kerak ekanini ta’kidlagan 
edilar.
137
Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish 
bo‘yicha 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi loyihasini 
muhokama qilish bo’yicha jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha 
ustida joriy yilning yanvar oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, BMTning 
Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy 
Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
tashkiloti, Yevropa ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, 
Mintaqaviy muloqot, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot 
banki, TIKA, JICA, KPMG kabi tashkilotlarning mamlakatimizdagi 
vakolatxonasi vakillari, xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro ekspertlar ishtirokida 
137
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 23.12.2017. 


75 
qizg’in muhokama bo’lib o’tdi. 
138
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan 
milliy strategiya kelgusi besh yillikdagi korrupsiyaning oldini olish va unga 
qarshi kurashish sohasidagi asosiy ustuvor vazifalarni belgilab beruvchi, bu 
boradagi harakatlarni birlashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi hujjat hisoblanadi. 
Milliy strategiya loyihasini tayyorlashda Gruziya, Estoniya, Malayziya, 
Indoneziya, Italiya, Buyuk Britaniya kabi qator xorijiy davlatlar tajribasi 
o‘rganildi.
139
Jamiyatda davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning har qanday 
ko’rinishlarining oldini olish bo’yicha quyidagi yo’nalishlarda islohotlarni 
amalga oshirish lozim: 
- davlat fuqarolik xizmatlarida korrupsiyaning oldini olishning ilmiy-nazariy 
yo’nalishlari; 
- davlat fuqarolik xizmatlarida korrupsiyaning oldini olishning tashkiliy-
huquqiy yo’nalishlari; 
- davlat fuqarolik xizmatlarida korrupsiyaning oldini olishning normativ-
huquqiy yo’nalishlari. 
Birinchi navbatda, O’zbekiston Respublikasi davlat xizmatlari sohasida 
korrupsiyaning oldini olishga bag’ishlangan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, 
monografiyalar, yuridik adabiyotlar ishlab chiqilmagan, milliy olimlar 
tomonidan yaratilgan doktrinalar, ilmiy ishlar, dissertatsiyalar yetarli emas
xorijiy davlatlar amaliyoti o’rganilganda shunga guvoh bo’ldikki, davlat 
xizmatlarchilari faoliyatida korrupsiyaning turli ko’rinishlariga qarshi 
kurashishga oid ko’plab maxsus adabiyotlarni uchratish mumkin.
Milliy adabiyotlarda, qonun hujjatlarida “manfaatlar to’qnashuvi” 
tushunchasiga ta’rif berib o’tilgan, biroq hali biror yuridik adabiyotlarda yoki 
qonun hujjatlarida “manfaatlar to’qnashuvi kelib chiqadigan holatlar” ro’yxati 
138
https://anticorruption.uz/uz/item/2021/04/02/korrupsiyaga-qarshi-kurashish-milliy-strategiyasi-xalqaro-
ekspertlar-muhokamasida-taklif-etirof-etirozlar 
139
https://uzbekistan.un.org/uz/125180-helena-freyzerning-ozbekiston-respublikasining-korrupsiyaga-qarshi-
kurashish-boyicha-2021 


76 
namuna tariqasida berilmagan, yuridik adabiyotlarda manfaatlar to’qnashuvi va 
uning turlariga oid ma’lumotlar deyarli yo’q.
Milliy manbalarda davlat xizmati tushunchasi, davlat xizmatiga kirish, 
xizmatni o’tash, xizmatdan bo’shashga oid ko’plab adabiyotlar mavjud, biroq 
hali biror yuridik adabiyotda davlat xizmatlarining ilmiy asoslangan huquqiy 
klassifikatsiya berilmagan, “davlat siyosiy xizmati”, “davlat fuqarolik xizmati”, 
“davlat maxsus xizmati” kabi tushunchalarga huquqiy ta’rif berilmagan, davlat 
siyosiy, fuqarolik, maxsus xizmatchilariga qaysi organ xodimlari kirishi haqida 
hali to’liq va aniq shakllantirilgan ro’yxat mavjud emas. Fikrimizcha, ilmiy 
adabiyotlarda “davlat siyosiy xizmati”, “davlat fuqarolik xizmati”, “davlat 
maxsus xizmati” tushunchalariga ilmiy asoslangan ta’riflar berish, va har bir 
xizmat doirasiga kimlar kirishini aniqlashtirish juda muhim. Chunki, har bir 
sohadagi davlat xizmatchilarining o’ziga xos huquqiy maqomi, huquq va 
majburiyatlari, ularga nisbatan qo’llaniladigan taqiq va cheklovlar, javobgarlik 
choralari tizimi mavjud bo’lib, hali davlat siyosiy, fuqarolik, maxsus 
xizmatchilariga kimlar kirishini aniqlashtirib olmasdan turib, ularga tegishli 
qonun hujjatlariga rioya qilish darajasi va qonunni buzgan shaxslarga muayyan 
javobgarlik choralarini qo’llash muayyan qiyinchiliklarni, noaniqliklarni yuzaga 
keltirishi mumkin. 
Bundan tashqari, “majburiyat”, “taqiq” va “cheklov” tushunchalariga 
ilmiy tarif berib o’tilgan holda, ular orasidagi chegarani, farqni, shakllarini 
aniqlashtirib olish zarur. Shu bilan birga, ilmiy adabiyotlarda “korrupsiyaga 
qarshi kurashish” va “korrupsiyaning oldini olish” tushunchalari o’rtasidagi 
farqlar ko’rsatib o’tilishi lozim. Ko’pchilikka hali “manfaatlar to’qnashuvi” 
tushunchasi yangilik bo’lgani bois, korrupsiya va manfaatlar to’qnashuvi aslida 
bir tushuncha deb o’ylashadi, ilmiy yuridik adabiyotlarga bu ikki tushuncha 
o’rtasidagi farqlar haqida ilmiy asoslangan, amaliy misollar asosida 
tushuntirishlar berib o’tish lozim, qo’shimcha tariqasida amaliyotda korrupsiya 
va manfaatlar to’qnashuvi holatlari orasida eng ko’p uchraydigan vaziyatlar 
ro’yxatini keltirib o’tish o’quvchida ikki tushuncha orasidagi chegarani, farqni 


77 
to’liq anglab olishiga ko’maklashadi. 
Yuridik adabiyotlarda “mansabdor shaxs”, “xalqaro mansabdor shaxs” 
tushunchalariga ilmiy-nazariy ta’riflar berib o’tish va ularning “davlat 
xizmatchilari”dan farqlarini aniq sanab o’tish maqsadga muvofiq. Bundan 
tashqari, “sovg’a” va “pora” tushunchalarini anglashda chalkashlik holatlari 
yuzaga kelmoqda, huquqni qo’llash amaliyotida ham ko’p hollarda holatni 
noto’g’ri kvalifikatsiya qilishga sabab bo’lmoqda, fikrimcha, ushbu ikki 
tushuncha o’rtasidagi chegarani, asosiy farqlarni ilmiy adabiyotlarda amaliy 
misollar yordamida sharhlab o’tish lozim.
Tashkiliy-huquqiy yo’nalishlarda ham bir qancha islohotlar amalga 
oshirildi, xususan, har bir tashkilot, idora doirasida Odob-axloq kodekslariga 
rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradigan, davlat xizmatchilari 
tomonidan odob-axloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan 
qoidalar buzilgan taqdirda tegishli intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini 
ko’radigan Odob-axloq komissiyalari, maxsus bo’linmalar tashkil etildi. Davlat 
boshqaruvi organlari va tashkilotlarida kadrlar boshqaruvi hamda inson 
resurslarini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish 
uchun mas'ul bo‘lgan organ - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (DXRA) tashkil etildi. Biroq tashkiliy 
masalalarda muammolar yo’q emas. Jumladan, davlat tashkilotlarida davlat 
xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga, manfaatlar to’qnashuvini 
oldini olishga qaratilgan qoidalarga rioya qilmagan taqdirda ularga nisbatan 
qo’llanilgan intizomiy javobgarlikka tortish holatlari statistikasini amalga 
oshiradigan maxsus bo’lim mavjud emas, statistik ma’lumotlarning mavjud 
emasligi korrupsiya qarshi normativ hujjatlarning qanchalik samarali 
ishlayotganini tahlil qilish imkonini bermaydi. Intizomiy javobgarlikka tortilgan 
davlat xizmatchilarining statistikasini amalga oshirish ular tomonidan ko’proq 
qaysi taqiq va cheklovlarga oid qoidalar buzilishini aniqlashga, natijada unga 
qarshi yangi bir mexanizm ishlab chiqishga yordam beradi. Odob-axloq 
qoidalari buzilgan taqdirda Odob-axloq komissiyalari, maxsus bo’limlar bu 


78 
holat yuzasidan tekshiruvlarni amalga oshiradi, biroq davlat xizmatchilarining 
intizomiy javobgarligi masalasini hal qilishda rahbarning to’g’ridan-to’g’ri 
aralashuvi, ta’sirining mavjudligi ba’zi xizmatchilarga noqonuniy intizomiy 
chora qo’llashga yoki qoidani buzgan davlat xizmatchisiga nisbatan asossiz 
intizomiy chora qo’llamaslik kabi holatlarni yuzaga keltirmoqda. Shu bois, 
davlat xizmatchisiga intizomiy chora qo’llash masalasi hal qilinayotganda 
rahbarning aralashuvini cheklash, bu masalani Komissiya ixtiyoriga topshirish 
lozim. Davlat xizmatchisi Odob-axloq komissiyasining qaroridan norozi 
bo’lganda, ushbu qaror ustidan tegishli organga shikoyat qilish tartibi, 
muddatlari qonun hujjatlarida ko’rsatib o’tilishi lozim. Bundan tashqari, davlat 
xizmatchilari tomonidan “Davlat fuqarolik xizmatlari to’g’risida”gi qonunga, 
korrupsiyaga qarshi taqiq va cheklovlarga, manfaatlar to’qnashuvi va korrupsiya 
holatlariga qarshi qaratilgan qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan prokuror 
nazorati o’rnatish amaliyotini yo’lga qo’yish lozim. Davlat xizmatchilariga 
nisbatan o’rnatilgan taqiq va cheklovlar turli qonun hujjatlarida, Vazirlar 
Mahkamasi qarorlarida, Prezident farmonlarida, “Davlat fuqarolik xizmatlari 
to’g’risida”gi qonun loyihasida (13-modda), Davlat xizmatchilari Odob-axloq 
kodeksi loyihasida belgilangan bo’lib, ko’p hollarda ijro etilmay qolmoqda, 
sababi ular ustidan nazorat qilishning samarali mexanizmi mavjud emas. Shu 
bois, prokuratura organlari faoliyati yo’nalishiga yangi yo’nalish sifatida 
“Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosi ustidan 
prokuror nazorati”ni kiritish kerak. O’zbek huquqshunos olimi Madaliyevning 
fikricha, prokuror nazoratining asosiy funksiyasi – 
O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonun hujjatlari talablari buzilganlik faktlarini aniqlash; 
huquqbuzarliklarni sodir etgan aybdorlarni aniqlash, ularni jazolash; 
huquqbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish chora-tadbirlarini ko’rishdan 
iborat.
140
RF da 2007-yilda Bosh prokuratura tarkibida 
korrupsiyaga qarshi qonun 
140
Коллектив авторов. Прокурорский надзор//Учебник. – Т.: ТГЮУ, 2019. – С. 60; Мадалиев О.М. Прокурорский 
надзор. Учебное пособие для высших образовательных учреждений (Общая часть) Т. «ИлмЗиё» 2012. – С.39; 


79 
hujjatlarining bajarilishini nazorat qilish bo’limi tashkil etilgan. Ushbu tajribani 
RF ning “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonun 67-moddasida 
ko’rishimiz mumkin, unga ko’ra ushbu qonun hamda davlat fuqarolik 
xizmatchilarining taqiq va cheklovlarga rioya qilishi ustidan Bosh prokuror 
hamda unga bo’ysunuvchi prokurorlar muntazam nazoratni amalga oshiradilar. 
Tekshiruv natijalariga ko’ra tegishli tashkilot rahbarlariga taqdimnomalar 
kiritiladi. 
RF da 2007-yilda Bosh prokuratura tarkibida 
korrupsiyaga qarshi 
qonun hujjatlarining bajarilishini nazorat qilish bo’limi tashkil etilgan bo’lib, 
aynan korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari, davlat fuqarolik xizmati 
to’g’risidagi qonun ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish bilan birga 
korrupsiyaga oid jinoyatlar tergovi ustidan ham nazoratni amalga oshiradi. 
Xuddi shundek, O’zbekiston Respublikasida Bosh prokurorning 2021-yil
12-iyulda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish 
boshqarmasi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 246-sonli buyrug’i 
asosida boshqarma tashkil etildi, uning asosiy vazifasi korrupsiyaviy jinoyatlar 
bo’yicha tergovga qadar tekshiruv, tergov o’tkazilishi ustidan nazoratni amalga 
oshirishdan iborat.
141
Yaqin orada “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi 
qonun qabul qilinar ekan, mazkur boshqarmaga ushbu qonun ijrosi, shuningdek, 
davlat xizmatchilarining o’zlariga yuklatilgan taqiq va cheklovlarga rioya 
qilinishi ustidan nazorat qilish funksiyasini yuklatish lozim deb o’ylayman. 
Norman Abjorensen fikricha, 
xorijiy huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili shuni 
ko’rsatadiki, korrupsiyaga qarshi samarali kurashishda huquqni muhofaza qilish 
organlarining o’rni va ishtiroki muhim ahamiyatga ega.
142
Normativ-huquqiy yo’nalishda ham ko’plab islohotlar amalga oshirildi, 
xususan, yaqinda qabul qilinishi kutilayotgan “Davlat fuqarolik xizmati 
to’g’risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamalaridan o’tdi, “Davlat 
141
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021-yil 12-iyulda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi 
Bosh Prokuraturasining Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish 
boshqarmasi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 246-sonli buyrug’i 
142
Abjorensen N. Combating Corruption Implications of the G20 Action Plan for the Asia-Pacific Region. 2014, 
Konrad-Adenauer-Stiftung, Japan. – P. 9 


80 
xizmatchilari Odob-axloq kodeksi” loyihasi ishlab chiqildi, ayni vaqtda 
“Manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida”gi hamda “Davlat xizmatchilari mol-
mulkini deklaratsiya qilish to’g’risidagi” qonun loyihalarini ishlab chiqish 
kutilmoqda. Biroq davlat xizmatlari sohasida hali ham huquqiy bo’shliqlar 
mavjud. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyul kuni 
qabul qilingan PF-6257-sonli farmonida 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat 
xizmatchilariga respublika hududidan tashqarida hisobraqamlar ochish va egalik 
qilish, naqd pul mablag‘larini saqlash, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka ega 
bo‘lish (xorijda ishlayotgan davlat xizmatchilari va davlat xizmatiga kirishdan 
oldin olingan mol-mulk bundan mustasno) taqiqlanishi aytilgan edi. Biroq bu 
bo’yicha maxsus qonun ishlab chiqilgani yo’q, ushbu taqiq ustidan nazorat 
o’tkazish tartiblari, qonunni ijro etish bilan bog’liq mexanizmlar, javobgarlik 
masalalari haligacha ochiq qolmoqda. Tavsiya qilgan bo’lardikki, “Davlat 
xizmatchilariga respublika hududidan tashqarida hisobraqamlar ochish va egalik 
qilish, naqd pul mablag‘larini saqlash, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka ega 
bo‘lishni taqiqlash to’g’risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish hamda ushbu 
taqiqqa rioya qilinishi ustidan nazoratni bevosita prokuratura organlariga 
topshirish lozim. Ismoilov.B.I ta’kidlaganlaridek, xorijiy mamlakatlar 
qonunchilik amaliyotida Korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bevosita 
shug’ullanuvchi organlar tuzilmasida korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha 
maxsus bo’linmalar mavjud bo’lib, ularning maqomi huquqiy jihatdan tartibga 
solingan.
143
Bizda esa haligacha “Korrupsiya qarshi kurashish agentligi 
to’g’risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgani yo’q, “Prokuratura to’g’risida”gi 
qonunda korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratini 
o’rnatish bo’yicha maxsus qoidalar mustahkamlangani yo’q. Shundan kelib 
chiqib, “Prokuratura to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar 
kiritish, jumladan, “korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan qonun hujjatlari 
ijrosi ustidan prokuror nazorati” yo’nalishini joriy etish hamda shu yo’nalish 
143
Исмаилов Б.И., Исмоилов Б.И. Современные стратегии антикоррупционных реформ // Учебное 
пособие. -Т.: Академия Генеральной прокуратуры Республики Узбекистан, ЦПКЮ, 2019. – C.110 


81 
doirasida barcha davlat xizmatchilariga nisbatan o’rnatilgan taqiq va 
cheklovlarga rioya qilinishi ustidan prokuratura organlari tomonidan nazorat 
tekshiruvlari o’tkazilishi amaliyotini tatbiq etish lozim. Chunki amaliyotda 
Odob-axloq komissiyasi yoki maxsus bo’linmalar xulosasi asosida rahbar 
buyrug’i bilan davlat xizmatchisiga noqonuniy intizomiy javobgarlikka tortish 
holatlari 
yoki 
aksincha 
xodimni 
odob-axloq 
qoidalarini, 
manfaatlar 
to’qnashuviga oid normalarni buzganligiga qaramay intizomiy javobgarlikka 
tortmaslik holatlari yuzaga kelmoqda, yoki bo’lmasa, taqiq va cheklovlarni 
buzganiga qaramay rahbarlar javobgarlikka tortilmay qolmoqda. Bunga 
sabablardan biri – nazorat qiluvchi subyektlarning tashkilot ichki tuzilmasida 
joylashganligi va uning ustidan nazoratning o’rnatilmaganligidir. Bu borada 
huquqshunos olim S.Xazanov shunday degan edi: davlat xizmatchilari 
iyerarxiyasida davlat xizmatchisining mavqei qanchalik yuqori bo’lsa, (masalan, 
rahbar lavozimni egallasa) o’rnatilgan taqiq va cheklov shuncha kam samara 
beradi, chunki uning belgilangan taqiq va cheklovlarga rioya qilgan holda 
faoliyat yuritishini tekshirish va nazorat qilish ularga bo’ysunadigan ichki 
tuzilmalarga yuklatilgan bo’ladi.
144
To’g’ri, davlat xizmatchilari tomonidan 
rahbar buyrug’i va Odob-axloq komissiyalari xulosalari yuzasidan tegishli 
organlarga, jumladan, prokuratura organlariga shikoyatlar berilishi mumkin. 
Biroq prokuratura faqat rahbar va Odob-axloq komissiyalari, maxsus 
bo’linmalarning xatti-harakatlari, chiqargan qarorlarining qonuniyligiga e’tibor 
qaratgan holda tekshiruv o’tkazib, davlat xizmatchilarining taqiq va 
cheklovlarga amalga qilinishi tekshirilmay qolmoqda. Shu o’rinda aytish joizki, 
amaliyotda taqiq va cheklovlarni buzib, intizomiy javobgarlikka tortilgan 
shaxslarga rag’batlantiruvchi to’lovlar, mukofotlar, lavozim va ish haqini 
oshirish, imtiyoz va afzalliklar berish kuzatilmoqda, bu holat davlat 
mablag’larini talon-toroj qilishga qulay imkoniyat yaratib beradi. Shularni 
hisobga olgan holda prokuratura organlari davlat xizmatchilari tomonidan taqiq 
144
Хазанов С.Д. Антикоррупционные запреты и ограничения в системе публичной службы как 
инструмент антикоррупционной политики: поиск оптимальной модели правового регулирования. 


82 
va cheklovlarga rioya qilinishi, Odob-axloq komissiyalari, maxsus bo’linmalar 
qarorlari yuzasidan muntazam nazoratni amalga oshirishi lozim. Nazorat 
tarkibiga xodimning noqonuniy intizomiy jazoga tortilgan-tortilmaganligi, 
intizomiy jazoga tortilgan shaxslarga noqonuniy mukofot pullari va boshqa 
rag’batlantiruvchi normalar qo’llanilmasligini tekshirish ham kiradi. 
B.Ismoilovning fikricha, korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari ustidan 
nazorat 
samaradorligini oshirish maqsadida prokuratura organlari tegishli vakolatli 
bo‘linmasining tashkiliy-huquqiy maqomiga va maxsus vakolatlariga oid 
qoidalarni ishlab chiqish dolzarbdir.
Shu boisdan, 
korrupsiyaga qarshi kurashish 
sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini tashkil 
etish va faoliyatiga oid qoidalarni konkretlashtirish lozim.
145
Xulosa qiladigan bo’lsak, so’nggi yillarda davlat xizmatlari sohasida 
Prezident farmonlari asosida ko’plab islohotlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan 
bo’lsa-da, amaliyotda haligacha ularning normativ-huquqiy asoslari va tashkiliy-
huquqiy mexanizmlari yaratilgani yo’q. Natijada, davlat fuqarolik xizmatchilari 
faoliyatiga oid qonun hujjatlari faqat qog’ozda qolib, ijro etilmay kelmoqda. 
Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini aniqlab beradigan 
“Davlat fuqarolik xizmatlari to’g’risida”gi qonun hali rasman kuchga kirgani 
yo’q, shu bilan birga, barcha davlat xizmatchilari uchun umumiy bo’lgan 
“Davlat xizmatchilari Odob-axloq kodeksi” loyihasi ham haligacha rasman 
qonun darajasida qabul qilingani yo’q. Tashkiliy-huquqiy masalalarda taqiq va 
cheklovlar ustidan nazorat qilish va javobgarlikka tortish mexanizmida 
bo’shliqlar mavjud, mansabdor shaxslar aynan shu bo’shliqdan foydalangan 
holda davlat budjeti mablag’larini talon-toroj qilishmoqda. Ushbu bo’shliqlarni 
to’ldirishda xorij tajribasidan foydalanish, xalqaro standart qoidalarini, xalqaro 
tashkilotlar tavsiyalarini milliy qonunchilikka kiritish maqsadga muvofiq. 
145
Исмаилов Б.И. Халқаро жиноятчиликка қарши курашнинг халқаро-ҳуқуқий жиҳатлари Ўқув 
қўлланмаси. - Тошкент: ЮМОМ. 2015. – С. 96. 


83 

Download 5.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling