O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi


Download 5.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/37
Sana15.11.2023
Hajmi5.19 Kb.
#1774770
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)

Xulosa 
“Davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatilgan korrupsiyaga 
qarshi cheklov va taqiqlar: qiyosiy-huquqiy tahlil” mavzusida o’tkazilgan 
tadqiqot natijasida quyidagi nazariy va amaliy xulosalar ishlab chiqildi: 
I.Ilmiy-nazariy xulosalar: 
1. Davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatilgan “Korrupsiyaga 
qarshi taqiq” va “Korrupsiyaga qarshi cheklov” tushunchalariga quyidagi 
ta’riflar berildi:
“Korrupsiyaga qarshi taqiq” – bu davlat tomonidan maxsus normativ-
huquqiy yoki ichki lokal hujjatlar asosida belgilangan, lavozim vazifalari va 
xususiyatlaridan kelib chiqib muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishni 
keskin taqiqlaydigan, agarda unga oid qoidalar buzilsa, yuridik javobgarlik 
keltirib chiqaradigan davlatning umummajburiy ko’rsatmasi; 
“Korrupsiyaga qarshi cheklov” – bu davlat xizmatchilari uchun davlat 
tomonidan maxsus normativ-huquqiy yoki ichki lokal hujjatlar asosida 
belgilangan, faqatgina muayyan tartib va mezonlar asosida vakolatlardan 
foydalanishning huquqiy chegarasini belgilovchi mexanizmdir”. Cheklovlar – 
davlat xizmatiga kirish jarayonida, davlat xizmatini o’tash hamda davlat 
xizmatidan bo’shatilganidan so’ng ham ma’lum muddat davomida 
qo’llaniladigan qoidalar hisoblanadi. 
Ushbu ta’riflar “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonun 
loyihasining 4-modda “Asosiy tushunchalar” qismiga kiritilishi tavsiya etiladi. 
2. Davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatilgan “Korrupsiyaga 
qarshi taqiq va cheklovlar” tizimini quyidagi mezonlarga asoslanib, tasniflash 
tavsiya etiladi: 
Iqtisodiy faoliyat sohasida qo’llaniladigan hamda tadbirkorlik 
faoliyati bilan bog’liq taqiq va cheklovlar: 
shaxsan yoki ishonchli vakillar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanish; 
haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish, pedagogik, ilmiy va 


84 
ijodiy faoliyat bundan mustasno; 
tijorat tashkiloti boshqaruvi organi a’zosi bo‘lish, davlat ulushi bo‘lgan 
tashkilotlar bundan mustasno; 
tijorat tashkilotlarining ta’sischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) bo‘lish, 
aksiyadorlik jamiyatlarining ommaviy muomalada bo‘lgan 10 foizigacha 
aksiyalariga egalik qilish holatlari bundan mustasno; 
davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zi xizmat qiladigan yoki ularning 
mustaqilligini buzilishiga olib keladigan aloqalar va manfaatlarga ega bo‘lgan 
davlat organi yoki tashkilotning nazorati ostidagi tashkilotlarda ulushlar, paylar 
va aksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki vakillar orqali sotib olish
o‘zi faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotining mulkini sotish va sotib 
olishda, ijaraga berish va ijaraga olishda ishtirok etishi yoxud ushbu savdolarda 
yaqin qarindoshlarining ishtirok etishi, elektron auksion orqali sotish hollari 
bundan mustasno; 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan ro’yxatda 
nazarda tutilgan lavozimni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati mansabdor 
shaxsi, 
uning xotini (eri) va voyaga yetmagan bolalari tomonidan O’zbekiston 
hududidan tashqarida joylashgan xorijiy banklarda hisob raqamlari (depozitlari) 
ochish, naqd pul va qimmatbaho narsalarni saqlash, chet el moliyaviy 
mablag’lariga egalik qilish va (yoki) ulardan foydalanish. 

Download 5.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling