O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi


Download 5.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/37
Sana15.11.2023
Hajmi5.19 Kb.
#1774770
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)

4-modda. O’zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-aprelda qabul 
qilingan O’RQ-474-sonli “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi Qonuniga 
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 


107 
quyidagi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilsin: 
1) 4-modda. “Jamoatchilik nazoratining obyekti” qatoriga quyidagi 
obyekt oltinchi xatboshi sifatida kiritilsin: 
Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat binosidan tashqari 
joylarda odob-axloq qoidalariga, qonunchilikda o’rnatilgan korrupsiyaga qarshi 
taqiq va cheklovlarga qay darajada rioya qilinayotganligi nazorat obyekti 
hisoblanadi. 
5-modda. O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul 
qilingan O’RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi 
Qonuniga 
(Qonunchilik 
ma’lumotlari 
milliy 
bazasi, 
21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son) quyidagi o’zgartirish 
va qo’shimchalar kiritilsin: 
1) 
3-modda 
“Asosiy 
tushunchalar” 
quyidagi 
korrupsiyaning 
ko’rinishlariga oid yuridik terminlar va ularning ta’riflari bilan to’ldirilsin: 
Favoritizm (xayrixohlik) - mansabdor shaxs tomonidan fuqarolarga
ularning qarindosh, tanish, do’st ekanligi yoki ijtimoiy, diniy, siyosiy 
qarashlaridan kelib chiqib noqonuniy imtiyozlar berish, xizmatlar ko’rsatish.
Nepotizm – favoritizmning bir ko’rinishi bo’lib, qarindoshlik, oilaviy 
munosabatlardan kelib chiqib qarindoshlik aloqasida bo’lgan shaxslarga 
noqonuniy imtiyoz, afzalliklar berish, masalan, ishga qabul, lavozimini 
oshirishda qonuniy shartlarni chetlab o’tib, qarindoshlik munosabatidagi 
shaxslarni ishga qabul qilish, lavozim darajasini oshirish kabilar bunga misol 
bo’ladi. Xuddi shu imtiyozlar, afzalliklar do’stlarga, hamkasblarga,tanishlarga 
nisbatan qo’llanilsa, u kronizm deb ataladi. 
Mahalliychilik – muayyan shaxslarni ularning nasl-nasabi, ajdodlari 
egallab kelgan lavozimlariga qarab hokimiyat lavozimiga tayinlash tartibi 
tushuniladi.
Urug’-aymoqchilik – davlat hokimiyat organlari tizimini shakllantirish 
asosi, masalan, muayyan vazirlik tizimida rahbardan tortib davlat 
xizmatchisigacha qarindoshlik, urug’-aymoqchilik munosabatida bo’lishi bunga 


108 
misol bo’ladi. 
Patronaj (homiylik) – hukumatga kadrlarni ishga qabul qilishda, lavozim 
darajasini oshirishda, mehnat shartnomasini tuzishda foydalaniladigan homiylik. 
2) 26-modda ikkinchi qismiga quyidagi qoidalarni kiritish tavsiya etiladi: 
Davlat organi xodimi rahbar tomonidan kadrlarni ishga qabul qilish 
jarayonida qarindosh-urug’chilik (nepotizm), tanish-bilishchilik (kronizm), 
mahalliychilik, homiylik qilish (patronaj) kabi holatlarga yo’l qo’yganligi, o’z 
xizmat faoliyati davomida favoritizm, guruhbozlik, urug’-aymoqchilik kabi 
salbiy omillarni oldini olmaganligi va ularga yo’l qo’yib berganligi haqida 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi lozim. 

Download 5.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling