86
tarkibiy bo'linmalariga kirishi;
davlat fuqarolik xizmatchilarining O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti,
Vazirlar Mahkamasi, Prezident Administratsiyasining tegishli tarkibiy
bo’linmalaridan ruxsatnoma olmay turib, xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga
chiqishi (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-2142-son qaroridagi ro’yxatda
lavozimi keltirilgan mansabdor shaxslar);
xorijiy mamlakatlarda xizmat safaridan qaytgandan so’ng
xarajatlarga oid
deklaratsiyani taqdim etmaslik, yoki bila turib yolg‘on, noto‘g‘ri
ma’lumotlardan iborat deklaratsiyani taqdim etish mumkin emas.
Siyosiy faoliyat sohasida qo’llaniladigan taqiq:
siyosiy partiyaga a’zo
bo‘lish,
o’z vakolatlari va lavozim mavqeidan
muayyan siyosiy partiyani
qo’llab-quvvatlashda foydalanish, shuningdek, rahbarning qo’l ostida xizmat
qiladigan xodimlarni muayyan siyosiy partiyalarga a’zo bo’lishga, o’z
vakolatlari va lavozim mavqeidan muayyan siyosiy partiyani qo’llab-
quvvatlashda
foydalanishga majburlashi, siyosiy faoliyatda faol qatnashishga
undashi taqiqlanadi.
3. Korrupsiyaning turli ko’rinishlariga oid tushunchalarga ta’riflar ishlab
chiqildi:
Favoritizm (xayrixohlik) - mansabdor shaxs tomonidan fuqarolarga,
ularning
qarindosh, tanish, do’st ekanligi yoki ijtimoiy, diniy, siyosiy
qarashlaridan kelib chiqib noqonuniy imtiyozlar berish, xizmatlar ko’rsatish.
Favoritizmning bir ko’rinishi nepotizm deb ataladi.
Nepotizm –
qarindoshlik, oilaviy munosabatlardan kelib chiqib
qarindoshlik aloqasida bo’lgan shaxslarga noqonuniy imtiyoz, afzalliklar berish,
masalan, ishga qabul, lavozimini oshirishda qonuniy shartlarni chetlab o’tib,
qarindoshlik munosabatidagi shaxslarni ishga qabul qilish,
lavozim darajasini
oshirish kabilar bunga misol bo’ladi.
Xuddi
shu
imtiyozlar,
afzalliklar
do’stlarga,
hamkasblarga,tanishlarga nisbatan qo’llanilsa, u
kronizm deb ataladi.
Mahalliychilik – muayyan shaxslarni ularning nasl-nasabi, ajdodlari
87
egallab kelgan lavozimlariga qarab hokimiyat lavozimiga tayinlash tartibi
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: