O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi


III. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga oid taklif va


Download 5.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/37
Sana15.11.2023
Hajmi5.19 Kb.
#1774770
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)

III. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga oid taklif va 
tavsiyalar: 
1. “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonun loyihasi 13-moddasiga 
quyidagi korrupsiyaga qarshi taqiq va cheklovlarni ham kiritish tavsiya etiladi: 
davlat fuqarolik xizmatchilarining bir vaqtda ikki yoki undan ortiq 
lavozimda (qo’shlavozimlilik) ishlashini, 
davlat tashkilotiga bo‘ysunuvchi yoki 
bir-birining nazoratidagi tashkilotda
o’rindoshlik asosida ishlashini taqiqlash; 
davlat fuqarolik xizmatchisining O’zbekiston Respublikasi hududida 
faoliyat yurituvchi xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv 
organlariga, vasiylik organlariga yoki kuzatuv kengashlariga va ularning 
tarkibiy bo'linmalariga kirishini taqiqlash
fuqarolarga xizmat ko’rsatish jarayonida o’zaro shaxsiy manfaatdorlikda 
bo’lgan shaxslarga, qarindosh-urug’larga, tanish-bilishlariga oid ishni hal 
qilishda manfaatlar to’qnashuvi yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin bo’lgan 
holatlarda, o’zini o’zi rad etmay ishni davom ettirishga haqli emas, agarda bu 
holat ishni xolis, adolatli va qonuniylik asosida ko’rib chiqishga va hal etishga 
to’sqinlik qiladigan bo’lsa. 


89 
2. “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonun loyihasiga 12
1
-modda 
(Sobiq davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari) kiritish va uni quyidagi 
qoidalar bilan to’ldirish tavsiya etiladi:
Sobiq davlat fuqarolik xizmatchilari xizmatdan bo’shatilgandan so’ng ikki 
yil ichida tijorat va notijorat tashkilotlaridagi, davlat organi va tashkilotlaridagi 
mehnat faoliyati haqida, agar mazkur tashkilotlar davlat fuqarolik xizmatchisi 
oldin faoliyat yuritgan davlat organi yoki tashkilotining nazorati ostida yoki 
bevosita bo’ysunuvida bo’lgan bo’lsa, mehnat shartnomasi tuzilgan kundan 
boshlab 10 kun muddat ichida oxirgi ish joyidagi rahbarni xabardor qilishi 
lozim. Ushbu majburiyat yuklatiladigan davlat fuqarolik xizmatchilari lavozimi 
ro’yxatini Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tasdiqlash lozim. 
3. “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonunning “Davlat fuqarolik 
xizmatchilarini ishonchni yo’qotganligi sababli xizmatdan bo’shatish chorasini” 
qo’llashning aniq mexanizmini yaratish, tegishli moddaga (xususan, “Davlat 
fuqarolik xizmatchisini ishonchni yo’qotganligi sababli xizmatdan bo’shatish” 
degan 64
1
-moddani kiritish) qanday holatlarda davlat xizmatchilariga nisbatan 
ishonchni yo’qotganligi sababli xizmatdan bo’shatish kabi intizomiy jazo 
chorasi qo’llanilishi mumkinligini qat’iy belgilash lozim. (batafsil 2-ilovada) 
4. “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi qonun loyihasi 63-moddasiga 
davlat xizmatchilariga nisbatan qo’llaniladigan intizomiy jazo choralariga davlat 
mukofotlari va rag’batlantiruvchi pul mukofotlari, imtiyozlar, afzalliklarni 
muayyan muddat davomida berishdan mahrum qilish jazosini kiritish lozim. 
Shuningdek,“Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi kodeksga 49
5
-modda “Rahbar 
tomonidan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga nisbatan qo’llanilishi 
mumkin bo’lmagan rag’batlantiruvchi choralarni qo’llash, imtiyoz va afzalliklar 
taqdim etish” moddasini kiritish lozim. (batafsil 1-ilovada) 
5. “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi kodeksga 193
4
-193
5
-moddalarni 
kiritish va ularni quyidagi normalar bilan to’ldirish tavsiya etiladi.  

Download 5.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling