O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi


Download 5.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/37
Sana15.11.2023
Hajmi5.19 Kb.
#1774770
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)

8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga 
kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev


110 
“Davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan
o’rnatilgan korrupsiyaga qarshi cheklov va taqiqlar: 
qiyosiy-huquqiy tahlil”
mavzusidagi
dissertatsiyaga 2-ilova 
LOYIHA 
TAKLIFLAR 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI 
TO’G’RISIDA”GI QONUNI LOYIHASIGA 
QL-362/20-2 
1) 12-modda. “Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari” qismiga 
quyidagilarni ham kiritish tavsiya qilinadi: 
davlat fuqarolik xizmatchilari belgilangan taqiq va cheklovlarga amal 
qilishi, faoliyati davomida manfaatlar to’qnashuvi bilan bog’liq holatga duch 
kelganda bu haqida o’z vaqtida rahbarni xabardor qilishi hamda rahbarning 
manfaatlar to’qnashuvini bartaraf etishga qaratilgan topshiriqlarini bajarishi; 
davlat fuqarolik xizmatchilari boshqa bir davlat xizmatchisi faoliyati 
davomida odob-axloq qoidalariga, o’rnatilgan taqiq va cheklov qoidalariga rioya 
qilmayotganligi, korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etgani, manfaatlar 
to’qnashuvi bilan bog’liq holat yuzaga kelishiga yo’l qo’yganidan xabardor 
bo’lsa, bu haqida rahbarga xabar berishi; 
davlat fuqarolik xizmatchisining qimmatli qog'ozlarga, bank omonat 
jamg’armalariga ega bo'lishi manfaatlar to'qnashuviga olib kelgan yoki olib 
kelishi mumkin bo'lgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi o'z qimmatli 
qog'ozlarini fuqarolik qonunchiligiga muvofiq ishonchli boshqaruvchiga 
topshirishi;
davlat fuqarolik xizmatchisi xizmatdan bo’shatilganidan so’ng ikki yil 
muddat ichida tijorat va notijorat tashkilotlari, davlat organlari va tashkilotlarida 
ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma 
tuzilganligi haqida o’n kun muddat ichida oxirgi ish joyidagi rahbarga 


111 
xabarnoma yuborishi lozim. 
2) 13-modda. “Davlat fuqarolik xizmatini o’tash bilan bog’liq cheklovlar” 
tizimiga quyidagi qo’shimcha normalar va o’zgartirishlarni kiritish tavsiya 
etiladi: 
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas: 
jismoniy va yuridik shaxslarning mablag’lari hisobidan xizmat safarlariga 
chiqish; 
bir vaqtda bir necha lavozimda faoliyat yuritishga (qo’shlavozimlilik) 
hamda o’rindoshlik asosida mehnat foliyatini amalga oshirishga; 
davlat fuqarolik xizmatchisining O’zbekiston Respublikasi hududida 
faoliyat yurituvchi xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv 
organlariga, vasiylik organlariga yoki kuzatuv kengashlariga va ularning 
tarkibiy bo'linmalariga kirishi, agar qonunda nazarda tutilmagan bo’lsa; 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan ro’yxatda 
nazarda tutilgan lavozimni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati mansabdor 
shaxsi, 
uning xotini (eri) va voyaga yetmagan bolalari tomonidan O’zbekiston 
hududidan tashqarida joylashgan xorijiy banklarda hisob raqamlari (depozitlari) 
ochish, naqd pul va qimmatbaho narsalarni saqlash, chet el moliyaviy 
mablag’lariga egalik qilish va (yoki) ulardan foydalanishga; 
fuqarolarga xizmat ko’rsatish jarayonida o’zaro shaxsiy manfaatdorlikda 
bo’lgan shaxslarga, qarindosh-urug’larga, tanish-bilishlariga oid ishni hal 
qilishda manfaatlar to’qnashuvi yuzaga kelgan, ishni xolis, adolatli va 
qonuniylik asosida ko’rib chiqishga va hal etishga to’sqinlik qiladigan bo’lsa, 
o’zini o’zi rad etmay ishni davom ettirishga haqli emas.
3) 13-moddaning o’n ikkinchi xatboshisini quyidagi tahrirda talqin etilishi 
tavsiya etiladi: 
davlat fuqarolik xizmatchilari xizmatni o’tash davrida siyosiy partiyalarga 
a’zo bo’lgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi maqomidagi faoliyatini 
to’xtatib turishi lozim. 
4) 15-modda “Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari” 


112 
to’rtinchi xatboshisiga quyidagi jumlalarni qo’shish lozim: 
Davlat fuqarolik xizmatchisi o‘z vazifalarini bajarishga kirishishidan 
avval davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, ularga nisbatan 

Download 5.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling