O‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi akademiyasi


Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi


Download 5.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana15.11.2023
Hajmi5.19 Kb.
#1774770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
26- DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARIGA NISBATAN O’RNATILGAN KORRUPSIYAGA QARSHI CHEKLOV VA TAQIQLAR (Komiljonova D)

Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi shundan iboratki, mazkur tadqiqot 
ishida korrupsiyaning oldini olishda davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan 
o’rnatiladigan taqiq va cheklovlar, ularning ahamiyati darajasini tavsiflaydigan, 
kelgusida taqiq va cheklovlarning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish 
istiqbollarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etadigan, davlat fuqarolik 
xizmatchilari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladigan xalqaro 
standartlardagi qoidalar va xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasiga asoslangan 
dastlabki tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, ilgari ham davlat fuqarolik 
xizmatida manfaatlar to’qnashuvini, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan 
tadqiqotlar amalga oshirilgan, biroq ularning o’rganiladigan obyekt chegarasi 
kengroq bo’lganligi bois davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatiladigan 
taqiq va cheklovlar obyekt ko’lamining kichikroq qismini tashkil etgan, xolos. 
Biroq mazkur tadqiqot obyekti aynan taqiq va cheklovlarning o’ziga, tashkiliy-
huquqiy mexanizmlariga, javobgarlik masalalariga bag’ishlangani bois ularga 
chuqur yondashilgan holda tadqiqot ishi amalga oshirilgan.
Tadqiqot ishida davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatiladigan 
taqiq va cheklovlarga oid korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro 
standartlarda aks etgan normalar hamda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari 
qiyosiy-huquqiy tahlil qilinadi. Shu bilan bir qatorda, O’zbekiston 
Respublikasida davlat fuqarolik xizmatchilariga nisbatan o’rnatiladigan taqiq va 
cheklovlarning yangi turlari, tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish 
istiqbollari, taqiq va cheklovlarga amal qilinishini monitoring qilish, nazorat 
o‘rnatish hamda javobgarlik masalalari o‘rganiladi. Chunki, amaldagi 


11 
qonunchilikda taqiq va cheklovlarning turli tarmoq hujjatlarida ko’rsatilgani, 
aksari davlat tashkilotlarida ularga amal qilinishi yuzasidan monitoring 
o’rnatilmaganligi, taqiq va cheklovlarga rioya qilinmagan taqdirda javobgarlik 
o’rnatadigan huquqiy mexanizmning mavjud emasligi sabab qonunlar ijrosi 
ta’minlanmayapti.

Download 5.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling