O‘zbekiston respublikasi buxoro viloyati buxoro tumani mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi


Download 209.5 Kb.
bet1/5
Sana09.04.2023
Hajmi209.5 Kb.
#1346392
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Обращение Кенжаев дилшод




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXORO VILOYaTI BUXORO TUMANI MAHALLABAY IShLASh VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISh MARKAZI

Buxoro tumani Do‘stlik MFY Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 54-uy, tel:.(65)-54-25-846



2022 yil “01” aprel №06/03-PM Buxoro tumani
Istiqbol MFYda yashovchi
fuqaro D.K.Kenjaevga
Sizning 2022 yil 5 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga ishonch telefoni orqali 186824/22-sonli qilgan murojaatingiz tuman hokimligining tegishli mutaxassislari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi
Murojaatda chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida imtiyozli kredit naqd shaklida ajratishda amaliy yordam berish so‘ralgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-sonli qaroriga asosan ”Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida imtiyozli kredit ajratish belgilangan.
Imtiyozli kredit olish uchun oilakredit.uz elektron manziliga onlayn tarzda ariza orqali murojaat qilishingiz, ariza tegishliligi bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va natijasi elektron tarzda ma’lum qilinishini bildiramiz.
Ushbu javob xatidan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi organga murojaat qilishingiz mumkin.


Ilova: (1 nusxa.)





Buxoro tumani Maxallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshlig‘i:


S.Samadov





Download 209.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling