O‟zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati


Download 51.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi51.14 Kb.
#1622780
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
209edb5ebeee41637a80c080ead49523 Afinada demokratiya

Отформатировано: Шрифт: (по
умолчанию) Times New Roman, 14 пт


intilardi. Davlat boshqaruvidagi islohotlar Xalq majlisi faoliyati tiklanishi va nasl - 
nasabidan qat‟i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini 
ko‟zda tutar edi. Solon islohotlaridan keyin Attika aholisi fuqarolar va chet eldan 
keltirilgan qullarga ajratiladigan bo‟ldi.
Afinada demokratiya ravnaqi 
Erkak jinsiga mansub barcha fuqaro demokratiya rolar 20 yoshdan boshlab xalq 
majlisida ishtirok etardilar. Xalq majlisining katta qismi badavlat bo‟lmagan 
hunarmandlar, savdogarlar, yollanib ishlovchilar, dehqonlardan iborat bo‟lgan. Xalq 
majlisida omma uchun foydali qarorlar qabul qilingan.
Navbatdagi majlis bo‟ladigan kun oldindan e‟lon qilinardi. Majlis ertalab barvaqt 
tayinlanar, negaki mehnatkash odamlar kunduz kuni majlisga kela olishmasdi. Qorinni 
to‟yg‟azishga yegulik ishlab topish kerak
Afinada mansabdor shaxslar Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylanib, 
majlisga hisobot berishgan. Mabodo mansabdor shaxs o‟z majburiyatlari ijrosini 
uddalay olmasa, Xalq majlisi bu odamni muddatidan oldin lavozimidan bo‟shatgan.
Xalq sudi ham Afinada muhim davlat organi bo‟lgan. 30 yoshga to‟lgan fuqarolar uning 
faoliyatida ishtirok etar edilar. Sudda ayblanuvchi shaxs o‟zinio‟zi himoya qila bilishi 


yoki chiroyli so‟zlay oladigan va qonunlarni biladigan odamni yollashi kerak 
bo‟lgan. Miloddan avvalgi 443 - 429 - yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga 
saylangan Perikl hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlatga aylandi va 
mamlakatda demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham «Perikl asri» deb 
atalgan. Ajoyib yunon yozuvchilari, olimlari va rassomlari Periklning do‟stlari 
bo‟lishgan. Perikl tarixchi Gerodot, haykaltarosh Fidiy bilan do‟st tutingan edi. Perikl 
katta obro‟ va nufuzga ega bo‟lgan. U umuman xalqni o‟ziga kerakli qaror qabul 
qilishga majbur qilmagan, balki ishontirish kuchiga tayanib ish yuritgan. Perikl o‟zining 
siyosiy muxoliflari va uning xatti - harakatlarini tanqid qilgan kishilarni ta‟qib etmagan.
Perikl Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to‟lashni joriy qildi. Perikl hukmronligi 
davrida Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi. Perikl Akropolda qurilgan 
mashhur inshoot Parfenoniloha Afina ibodatxonasining tashabbuskori bo‟lgan.
Mil. avv. 5 - asrining ikkinchi yarmida Sparta Afinaning asosiy raqibiga aylandi. 
Shaharni xavf - xatardan asrash uchun Perikl Afinadan to Pirey dengiz bandargohigacha 
mudofaa devorlari qurish to‟g‟risida buyruq berdi.

Download 51.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling