O’zbekiston respublikasi byudjet tizimini isloh qilishning dolzarb muammolari


Download 15.2 Kb.
Sana25.03.2023
Hajmi15.2 Kb.
#1294187
Bog'liq
Tezis

O’zbekiston respublikasi byudjet tizimini isloh qilishning dolzarb muammolari.


Hamroyev Jahongir Ashur o’g’li
Primov G’ayratbek Obidjon o’g’li
Gulliyev Akobir Shuxrat o’g’li
Talaba
Jahongirhamroyev56@gmail.com
primovg’ayratbek15@gmail.com
+998933192801
+998919568048
+998903144885

Davlat byudjeti – xalqning mablag’i


Kirish;
Davlat byudjeti uzi nima. U qayerdan yi’giladi. Nima maqsadlar uchun ishlatiladi.Qanday nazoratda bo’ladi. Avvalo shunga o’xshash savollarga javob qidirsak. Byudjet atamasiga tuxtaladigan bo’lsak byudjet qadimgi fransuzcha so’zdan olingan bo’lib ‘’baguatte’’-karmon, sumka degan ma’noni anglatadi. Byudjet bu-davlat va mahalliy o’z o’zini boshqarish vazifalarini va funksiyalarni moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo’ljalangan pul mablag’lari jamg’armalarini to’plash va sarflash shaklidir. O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimini tuzilishi va uni boshqarish asoslari, davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish qabul qilish, ijro etish tartibi va boshqa masalalar o’zbekiston respublikasining ‘’Byudjet tizimini to’g’risida ‘’ qonuni {2000-yil 14- dekabr} bilan tartibga solinadi.Davlat byudjeti asosan davlatni soliqlar bojxona tushumlari yordamida jamlanadigan eng yirik markazlashtirilgan pul jamg’armasidir.Davlat byudjeti davlat tomonidan o’z funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish yo’lida sarflanadi. Ijtimoiy soha iqtisodiy sohalarni boyitib beruvchi va moliyalashtiruvchi jamg’arma desak ham mubolog’a bo’lmaydi.Afsuski har doim ham byudjet o’z manziliga to’g’ri yetib bormayapti. Hozirgi axborotlashtirilgan davrda byudjet tizimida raqamlashtirish eng to’g’ri yo’l hisoblanadi. Qo’shimcha ravshda byudjet tizimi respublikamizda yashirin ravishda amalga oshiriladi bu narsa o’z navbatida odamlar o’rtasida davlatning bajarayotgan siyosatiga shubxani oshiradi mening fikrimcha bunday iqtisodiy jarayonlarda shaffoflikni taminlash axborot kommunikatsiyalari orqali yoritish yaxshi natija beradi.Bunda ortiqcha mablag’lar talon taroj bo’lishi oldi olinadi. Shu orqali ma’daniyat ,mudofaa, ta’lim , tibbiyot , bir so’z bilan ijtimoiy sohalar yanada rivojlanadi.
Download 15.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling