Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyat


Download 7.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2024
Hajmi7.1 Kb.
#1820378
Bog'liq
1-KAZUS



1 – KAZUS 
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyat 
boshqarmasi Rassiyalik tadbirkor va Xiva shahar hokimligi oʼrtasida 2018 yil 18 
avgustda oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Unga koʼra, daʼvogar shahar hokimligi 
balansida boʼlgan Xiva shahri, “Muslim” MFY, Nayman koʼchasi, 15-uy manzilda 
joylashgan sobiq “Xiva mexanika korxonasini ishlab chiqarish binosi”ning 3000 
kv.mni tashkil etuvchi bino-inshootlarini “nol balansda” xarid qiymatda javobgarga 
kelgusida 3 000 000 АQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, 300 nafardan kam 
boʼlmagan ish oʼrinlari yaratish va qishloq xoʼjalik mahsulotlarini qayta ishlashni 
tashkil etish uchun sotilgan. Investitsiya kiritish muddati 2019 yil 18 avgustga qadar 
belgilangan. Keyinchalik, 2019 yil 20 sentyabrda qoʼshimcha kelishuv tuzilib
investitsiya majburiyatlarini bajarish muddati 2020 yil 18 avgustga qadar 
uzaytirilgan. Taraflar oʼrtasida tuzilgan shartnomalarga koʼra, investitsiya 
majburiyatining umumiy qiymati 3 000 000 АQSh dollarini tashkil etib, javobgar 
sut va qishloq xoʼjalik mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etishi va kamida 300 
nafar ish oʼrni yaratishi lozim boʼlgan. Javobgar tomonidan investitsiya 
majburiyatlari belgilangan muddatda bajarilmaganligi sababli daʼvogar ikki oy 
kutgan va javobgarga 2020 yil 20 oktabrda shartnomalarni bekor qilish yuzasidan 
taklif xatlarini yuborgan hamda xatlarga shartnomani bekor qilish boʼyicha kelishuv 
bitimi matnini ilova qilgan. Taklif xatlari javobgar tomonidan oqibatsiz qoldirilgan. 
Shuning uchun, daʼvogar iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar 
hamda shahar hokimligi oʼrtasida tuzilgan 2018 yil 18 avgustdagi shartnomani, 2019 
yil 20 sentyabrdagi qoʼshimcha kelishuvlarni tugatishni va shartnomani bir 
tomonlama tartibida bekor qilishni so‘ragan. 
 
Vaziyatga huquqiy baho bering. 

Download 7.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling