O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida
Download 57.38 Kb.
|
Atqariw tartibi (1)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Hujjat tashkilot rahbar xodimlari tomonidan yoki amaldagi qonunchilikka yoki boshqa huquqiy hujjatlar (nizom yoki tashkilot ustavi)da belgilangan ularning vakolatlariga muvofiq boshqa mansabdor shaxslar tomonidan imzolanadi. (17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) “Imzo” rekviziti tarkibiga: hujjatni imzolayotgan shaxsning amaldagi lavozimi nomi, uning shaxsiy imzosi va imzosining yoyilmasi (ismi, otasining ismi bosh harflari va familiyasi) kiradi. Hujjatlarni “uning o‘rniga” degan old ko‘makchi, shuningdek lavozimi nomi oldiga qiya chiziq bilan imzolashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ikki mansabdor shaxsning imzolari kollegial organlar hujjatlariga qo‘yiladi. Qarorlar va bayonnomalarni kollegial organning rahbari va kotibi tomonidan imzolash tavsiya etiladi. Kollegial organlarda yakka boshchilik tartibida qabul qilinadigan farmoyishlarda bitta imzo bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq imzolar, agar hujjat mazmuni uchun bir nechta shaxslar (masalan, dalolatnomalar, moliya hujjatlari, bir nechta tashkilotlardan chiquvchi hujjatlar) javobgar bo‘lgan taqdirda qo‘yiladi. Komissiya tomonidan tayyorlangan hujjatlarda uni tayyorlagan shaxslar lavozimi emas, balki komissiya tarkibidagi vazifalari taqsimlanishi ko‘rsatiladi. Masalan: Komissiya raisi imzo V.V.Mahmudov Komissiya a’zolari imzolar A.I.Akimov, R.S.Abdurahmonov Hujjat bir necha mansabdor shaxslar tomonidan imzolanganda ularning imzolari egallab turgan lavozimlariga muvofiq bittasining ostida boshqalari navbat bilan joylashadi. Masalan:
Hujjat lavozimlari teng bir nechta shaxslar tomonidan imzolanganda ularning imzolari bir qatorda joylashadi:
18. Kelishish hujjat loyihasini dastlabki ko‘rib chiqish va baholash usuli hisoblanadi. Kelishish tashkilot ichida ham (turli tarkibiy bo‘linmalar va mansabdor shaxslar bilan) uning tashqarisida ham (hujjat loyihasidagi masalalarga ularning vakolatlariga muvofiq bevosita munosabati bo‘lgan bo‘ysunuvchi va bo‘ysunmaydigan tashkilotlar bilan) amalga oshirilishi mumkin. Hujjat loyihasini ichki kelishuv imzolovchining shaxsiy imzosi va imzolash sanasini o‘z ichiga olgan viza bilan rasmiylashtiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda imzolovchining lavozimi ko‘rsatilishi mumkin. Uning imzolarini (ismi, otasi ismining bosh harflari, familiyasi) kengaytirib yozish shart, masalan: Yuridik bo‘lim boshlig‘i imzo S.K Maxsumov 99.24.01. Hujjat loyihasi bo‘yicha mulohazalar va qo‘shimchalar alohida varaqda bayon qilinadi, bu to‘g‘rida loyihada tegishli belgi qo‘yiladi. Vizalar hujjatlarning tashkilotda qoldirilayotgan nusxalariga, old tomoniga, imzo ostiga qo‘yiladi. Vizalar hujjatlarning tashkilotda qoldirilayotgan nusxalariga, old tomonga, imzo ostiga qo‘yiladi. 19. Tashqi kelishuv kelishish ustxati, kelishuv to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, kelishuv varag‘i yoki kollegial organ majlisida hujjat loyihasi muhokamasining bayonnomasini taqdim etish bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Kelishish ustxati “Kelishilgan” so‘zidan, hujjat kelishib olinadigan shaxs lavozimining nomi (tashkilot nomi bilan birgalikda), shaxsiy imzosi, uning yoyilmasi va sanasidan iborat bo‘ladi. Masalan:
Agar kelishuv kollegial organ yoki xat vositasida amalga oshirilsa, u holda kelishuv ustxati quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi:
Kelishuv ustxatlari “Imzo” rekvizitlaridan pastga yoki kelishuvning alohida varag‘iga joylashtiriladi. Kelishuv varag‘i hujjat mazmuni bir necha tashkilot manfaatlariga daxldor bo‘lgan hollarda tuziladi, bu haqda ustxat o‘rniga belgi qo‘yiladi. 20. Tasdiqlanishi kerak bo‘lgan hujjat imzolangan, tasdiqlangan vaqtdan boshlab yuridik kuchga kiradi. Hujjatlar tashkilot rahbari tomonidan yoki tasdiqlanadigan hujjatlarda bayon etilgan masalalarni hal qilish vakolatiga kiradigan yuqori rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Agar hujjat aniq mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlansa, tasdiqlash ustxati “TASDIQLAYMAN” so‘zidan, hujjatni tasdiqlayotgan shaxs lavozimining nomi, shaxsiy imzosi, imzosining yoyilmasi va sanasidan iborat bo‘ladi. Masalan:
Hujjat yuqori yoki begona tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanganda lavozim nomiga tashkilot nomi qo‘shiladi, masalan:
Agar hujjat qaror, buyruq, bayonnoma bilan tasdiqlanayotgan bo‘lsa, u holda tasdiqlash ustxati “TASDIQLAYMAN” so‘zidan, sanasi va tartib raqami ko‘rsatilgan bosh kelishikdagi hujjat nomidan iborat bo‘ladi. Masalan:
Tasdiqlash ustxati hujjatning yuqori o‘ng burchagida bo‘ladi. 21. Pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning sarflanishi faktlarini qayd qiluvchi mansabdor shaxslarning huquqlarini tasdiqlovchi, shuningdek huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hujjatlarda javobgar shaxsning imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. Muhr bosilganda u hujjatni imzolovchi shaxsning lavozimi nomining bir qismini qoplab turishi kerak. Muhr saqlanadigan joy va uni saqlash uchun javobgar shaxs tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi. 22. Tashkilot faqat tashkilotning o‘zida tayyorlangan hujjatlardan nusxa berishi mumkin (bu qoida arxiv muassasalari va notariatga qo‘llanmaydi). Download 57.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling