O'zbekiston respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to'G'risidagi qonun xususiyatlari o`zbekiston mustaqilligi haqida gap borganda 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»
Download 17.42 Kb.
|
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGI ASOSLARI TO\'G\'RISIDAGI QONUN XUSUSIYATLARI
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGI ASOSLARI TO'G'RISIDAGI QONUN XUSUSIYATLARI O`zbekiston mustaqilligi haqida gap borganda 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning o`rni va ahamiyatiga alohida to`xtalish lozim. «Mustaqillik Dsklaratsiyasi»da o`zbek xalqining asrlar davomida qo`lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an'analari hisobga olinishi uqtirildi. Deklaratsiyada O`zbekistonning suveren va mustaqilligi haqida shunday me'yorlar belgilangan: Birinchidan, O`zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o`z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir. Ikkinchidan, O`zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi dahlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo`yilmay turib, o`zgartirilishi mumkin emas. Uchinchidan, O`zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo`linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir. To`rtinchidan, SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O`zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq, O`zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O`zbekiston SSR hududida kuchga ega bo`ladi. Beshinchidan, O`zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O`zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. Oltinchidan, O`zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi. Yettinchidan, O`zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o`zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi. Sakkizinchidan, O`zbekiston SSR o`zining taraqqiyot yo`lini, o`z nomini belgalaydi va davlat belgilarini (gerbi, bayrog`i, madhiyasini) o`zi ta'sis etadi. To`qqizinchidan, Qoraqalpog`iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta'min etadi. O`zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog`iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi O`ninchidan, O`zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O`zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan qonunlarni ishlab chiqadi, O`zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi. O`n birinchidan, O`zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O`zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi. O`n ikkinchidan, ushbu Deklaratsiya O`zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir1. O`zbek xalqining asrlar davomidagi orzusi – o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga erishish 1991 yil 31 avgustda ushaldi. Shu kuni O`zbekiston Respublikasining mustaqilligi e'lon qilindi. 1991 yil 31 avgust kuni qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Bayonot O`zbekiston hukumatining siyosiy yo`lini to`la qonunlashtirib berdi. Bu tarixiy hujjatda kuyidagi xulosalar ilgari surilgan edi: «-O`tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o`zgarishlarni e'tiborga olib, -xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqiga asoslanib, -O`zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun ma'suliyatni anglab, -shaxs huquq va erkinliklarining, mustaqil davlatlar o`rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to`g`risidagi qat'iy sadoqatni bayon etib, -millati, diniy e'tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qatiy nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining` munosib hayot kechirishini, sha'ni va qadr-qimmatini ta'minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib, -Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat mustaqilligi va ozod suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi. O`zbekiston Respublikasining, o`z tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga, hududi bo`linmas va daxlsizdir. O`zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga hududiy da'volari bo`lmay, u o`z hududi va tabiiy boyliklariga nisbatan oliy huquqqa egadir». O`zbekiston parlamentining bu bayonoti o`zining qonun kuchi bilangina emas, siyosiy mantig`i, ma'naviy qudrati, xalqaro huquq normalariga mos kelishi va eng muhimi millat taqdirini hal etadigan tarixiy qadriyat ekanligi bilan alohida ajralib turadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yilning 31 avgustida «O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`g`risidagi qonun» qabul qilish ushbu qonun doirasida O`zbekiston SSRni bundan keyin O`zbekiston Respublikasi deb atash, 1 sentabrni Mustaqillik kuni deb e'lon qilish, O`zbekiston Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish, shuningdek ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni respublikaning davlat mustaqilligi e'lon qilingan hujjatini tan olishga da'vat etish to`g`risida qaror qabul qildi. Bu bevosita O`zbekiston mustaqilligining dastlabki huquqiy poydevori edi. Ayni shu maqsadlarni ko`zlab, respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o`z ishini boshladi.
O`zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etganligi alohida ta'kidlash lozim. Unda «O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida» Konstitutsiyaviy qonun hamda «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi qonun kun tartibiga qo`yilib, qizg`in muhokama qilindi. Oliy Kengash deputatlari O`zbekiston Respublikasining “Davlat Mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi qonunni moddama-modda muhokama qilib, qabul qildilar. So`ngra Respublika Davlat mustaqilligi to`g`risidagi Bayonot qabul qilinib, O`zbekiston SSRning nomi O`zbekiston Respublikasi deb o`zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1 sentabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e'lon qilindi. O`zbekiston Respublikasining mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o`zbek xalqining asriy orzusi ro`yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo`ldi. «O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida»gi qonun g`oyat katta ahamiyatta ega bo`lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to`xtash lozim. Mazkur qonun asosida O`zbekistonning huquqiy holati tubdan o`zgardi. O`z mohiyatiga ko`ra ushbu hujjat respublika uchun vaqtincha Konstitutsiya rolini ham o`ynaydigan bo`ldi. O`n yetti moddadan iborat bu qonun suveren O`zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab beradi. Unda: - O`zbekiston Respublikasi o`z tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb e'lon qilindi. - O`zbekiston Respublikasining xalqi davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi - O`zbekiston Respublikasi to`la davlat hokimiyatiga egaligi, o`zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash huquqi ko`rsatildi - O`zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida qurilganligi - O`zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab berildi - O`zbekistonning tashqi siyosiy aloqalardagi mustaqilligi belgilandi - O`zbekiston Respublikasi hududida Inson huquqlari umum jahon Deklaratsiyasiga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etilishi, fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat'i nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi va qonunlari himoyasida bo`lishlari qonunlashtirildi. - davlat ramzi bo`lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili haqida normalar belgilandi. - Qoraqalpog`iston O`zbekiston tarkibida ekanligi e'tirof etiladi. Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasining O`zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli tartibda chiqib ketishi mumkinligi ham e'tirof etildi. Bunday Qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo`lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma'naviy-ahloqiy munosabatlar natijasi sifatida juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham, ushbu Qonunga O`zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentabr qarori bilan Konstitutsiyaviy qonun maqomi berildi. O`zbekiston Konstitutsiyasi uning xalqi erishgan huquq va erkinliklarini, davlat hokimiyatini tashkil etishdagi o`z xohish istaklarini qonuniy tartibda rasmiylashtirib, mustahkamladi. "O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida"gi konstitutsiyaviy qonun e'lon qilingan kundan boshlab to yangi Konstitutsiya qabul qilingunga qadar 15 oy vaqt o`tdi, ana shu davr ichida davlat boshqaruvini qayta tashkil etishda g`oyat katta amaliy ishlar tajribasi to`plandi. Unda yashovchi xalqlarning yangicha yashashga va o`z davlat tuzumini barpo qilishga bo`lgan intilishlari va ularning huquq va erkinliklarini rivojlantirishning eng muhim kafolati ekanligi unda mustahkamlab qo`yildi. Shu davr mobaynida demokratik ijtimoiy va davlat tuzumining asoslari, oliy va mahalliy davlat hokimiyati va idora organlarining tizimi tarkib topdi, umuminsoniy demokratiya prinsiplari o`rnatildi. O`zbekiston Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari maromiga yetkazildi. Bu prinsiplar xalq ommasining ham mamlakat ichida, ham butun jahonda mustaqillik uchun olib borgan kurashlari natijasini o`zida mujassamlashtirdi. Shu tariqa, mustaqil O`zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi hamda faoliyati prinsiplarini va boshqa ijtimoiy munosabatlarni belgilab beradigan Konstitutsiya qabul qilish zaruriyati paydo bo`ldi. A Download 17.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling