O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi Huzuridagi Fiskal Instituti
Download 165.5 Kb.
|
Ermurodov I
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq to’lovi
Aksiz solig’i = (OxS):100
Bu yerda: O – sotilgan tovarlarning aksiz va Qo’shilgan qiymat Soliqlarisiz kelishilgan (erkin) narxlar bo’yicha hisoblangan qiymati (hajmi ); S – aksiz solig’ining stavkasi, foiz hisobida. Hisob-kitobni taqdim etish tartibi. Aksiz solig’ining hisob-kitobi Soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat Soliq xizmati organlariga tag’dim etiladi. Aksiz solig’i byudjetga quyidagi muddatlarda to’lanadi: joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi un kunligi uchun; joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi un kunligi uchun; kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun. 4. Kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq to’lovi Mamlakat iqtisodiyotining rivojida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari salmog’i kun sayin ortib bormoqda. Masalan, ularning YaIM-dagi ulushi 2009 yilda 49%ni, 2010 yilda 52% ni tashkil qilgan, 2011 yilda 54 % ga yetkazish ko’zda tutilgan. Bu esa iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan birga aholi o’rtasida ishsizlik muammosining bartaraf etilishida ham muhim omil bo’ladi. Shu bois, yurtimizda mazhur sohani yanada rivojlantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini ko’paytirib, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti va hukumati bu sohaga alohida e’tibor berib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-3620-sonli Farmoniga asosan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab, kichik biznes subyektlari uchun yagona Soliq to’lovi joriy etildi. Ushbu farmon kichik biznes subyektlarini iqtisodiy rag’batlantirishni samarali tashkil etish orqali ularni yanada rivojlantirish va ularning Iqtisodiyotdagi ulushini oshirish maqsadida qabul qilindi. Ilgori to’lanib kelingan quyidagi majburiy to’lovlar urniga Ushbu yagona Soliq qabul kilindi: - yagona Soliq; - byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi; - Respublika yo’l jamg’armasi; - maktab ta’limini rivojlantirish jamg’armasiga majburiy ajratmalar. Yagona Soliq to’lovi faqat kichik biznes subyektlari – mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbik etiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi PF-3305-sonli farmoniga ko’ra kichik biznes subyektlari tarkibiga 2004 yil 1 yanvardan boshlab, quyidagi lar kiritilgan: 1) yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi lar; 2) xodimlarining urtacha yillik soni: - ishlab chiqarish tarmoklarida 20 kishidan; - xizmat ko’rsatish soxasida 10 kishidan; - ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish soxasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalarda; 3) quyidagi tarmoklarning urtacha yillik xodimlari soni: - yengil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik yogochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati 100 kishidan; - mashinasozlik metallurgiya yokilgi-energetika va Kime sanoati, Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish soxalari 50 kishidan; - Fan, ilmiy, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish soxasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan soxalar 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar. Download 165.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling