O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi huzuridagi fiskal insituti
-§. Hujjat aylanishini tashkil etish tartibi
Download 49.18 Kb.
|
Oraliq Bugalteriya
4-§. Hujjat aylanishini tashkil etish tartibi
51. Korxonaning buxgalteriya hisobida hujjatlarning harakati (ularni tuzish yoki boshqa korxonalardan olish, hisobga qabul qilish, ishlov berish, arxivga topshirish — hujjat aylanishi) grafik bilan tartibga solinadi. 52. Korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar hujjat aylanishi grafigini tuzish bo‘yicha ishni tashkil etadilar. Hujjat aylanishi grafigi korxona rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. (52-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) 53. Grafik korxonada oqilona hujjat aylanishini ta’minlashi zarur, ya’ni har bir boshlang‘ich hujjatning harakati bo‘yicha ijro etuvchilarning maqbul sonini nazarda tutishi, hujjatning bo‘linmada eng kam muddatda bo‘lishini belgilashi lozim. Hujjat aylanishi grafigi korxonada barcha hisob ishining yaxshilanishiga, buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksiyasining kuchayishiga yordam berishi kerak. 54. Hujjat aylanishi grafigi korxonaning har bir bo‘linmasi, shuningdek barcha ijro etuvchilar tomonidan ularning o‘zaro bog‘liqligini va ishlarni bajarish muddatlarini ko‘rsatgan holda hujjatlarni tuzish, tekshirish va ularga ishlov berish bo‘yicha bajariladigan ishlarning sxemasi yoki ro‘yxati ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Mazkur Nizomning 3-sonli ilovasida ishlar ro‘yxati ko‘rinishidagi namunaviy hujjatlar aylanishi grafigi keltirilgan. 55. Korxona xodimlari o‘zlarining faoliyat sohasiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni hujjatlar aylanishi grafigi bo‘yicha tuzadi va taqdim etadi. Buning uchun xar bir ijrochiga grafikdan ko‘chirma beriladi. Ko‘chirmada ijrochining faoliyat sohasiga tegishli hujjatlar, ularni taqdim etish muddatlari va ushbu hujjatlar taqdim etiladigan korxona bo‘linmalari ko‘rsatiladi. 56. Hujjatlar aylanishi grafigiga rioya qilish bo‘yicha javobgarlik, shuningdek hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tuzish, buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish uchun ularni o‘z vaqtida taqdim etish, hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi bo‘yicha javobgarlik ushbu hujjatlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga yuklanadi. 57. Korxona bo‘yicha ijrochilarning hujjat aylanishi grafigiga rioya qilishini nazorat qilish korxona rahbari yoki u tomonidan qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. (57-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) Download 49.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling