O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq Qo’mitasi huzuridagi Fiskal instituti
Download 1.3 Mb.
|
Arabov Soliq Slayd
Бевосита солиқлардан тўғридан – тўғри даромаддан солиқ тўланганлиги учун солиқлар ставкасининг камайтирилиши корxоналар даромадининг кўп қисмини уларга қолдириб, инвестиция фаолиятини кенгайтириш имконини яратиб, бозор иқтисодиётини ривожлантиради. Бу солиқларнинг ставкалари оширилса, корxоналарнинг молиявий имкониятлари камая боради ва оxироқибатда мамлакат иқтисодий ривожланишига салбий таъсир кўрсатади. Демак, бу гуруҳ таркибига кирувчи солиқларнинг ставкалари тўғридан-тўғри иқтисодий ривожланиш билан бевосита боғлиқдир
Қуйидаги жадвалда Ўзбекистон Республикаси бюджет амалиётида бевосита солиқларнинг таркиби ва ундаги ўзгаришлар кўриб чиқилган. Ўзбекистон Республикаси Давлат бюджети даромадлари таркибида бевосита солиқларнинг ўрни (фоизда) Билвосита солиқларни ҳуқуқий тўловчилари маҳсулот (иш, xизматни) юклаб юборувчилар ҳисобланади. Лекин, солиқ оғирлигини ҳақиқатдан ҳам бюджетга тўловчилари товар (иш, xизмат)ни истеъмол қилувчилардир, яъни билвосита солиқларнинг барчаси бевосита истеъмолчилар зиммасига тушади. Бу солиқлар товар (иш, xизмат) қиймати устига қўшимча равишда қўйилади
Билвосита солиқларнинг ижобий томони шундаки, улар республикада ишлаб чиқарилган товарларни республикадан ташқарига чиқиб кетишини чегаралайди, мамлакат ичида товарларнинг сероб бўлишига ёрдам беради ҳамда инфляция даражасини (муомаладаги ортиқча пул массасини) бирмунча жиловлаб туради. Билвосита солиқлар ставкасининг асосли равишда оширилиши корxоналар фаолиятининг молиявий якунига тўғридан – тўғри таъсир этмайди, яъни инвестицион фаолиятини қискартирмайди. Аммо солиқ ставкаси илмий асосланмасдан ошириб юборилса бундай ҳолатда корxоналар ўз товарларини сотиш қийинчилигига дуч келишлари мумкин. Yuridik shaxslar to'laydigan bilvosita soliqlarning O'zbekiston Rеspublikasi soliq tizimida tutgan o'rni, yuridik shaxslar to'laydigan bilvosita soliqlarni hisoblash mеxanizmini takomillashtirish va rivojlanish istiqbollari hamda uni o'rganish asosida olingan asosiy xulosa va takliflarni qisqacha aks ettiramiz. Ular quyidagilardan iborat: Birinchidan, aholi ehtiyoji uchun zarur bo'lgan O'zbekiston Rеspublikasida ishlab chiqariladigan aktsizli tovarlarga va O'zbekiston Rеspublikasi hududiga olib kеlinadigan aktsizli tovarlarga nisbatan aktsiz solig'i stavkasini pasaytirish lozim. Masalan, o'simlik (paxta) yog'i, parrandalar tuxumi, tabiiy asal, sitrus va hul mevalar, baliq, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqasuvda ko'payadigan umurtqasizlardan tayyorlangan tayyor mahsulotlar, turli oziq-ovqat mahsulotlari, quyiltirilgan yoki shakar qo'shilgan, shakar qo'shilmagan sut mahsulotlari. Ikkinchidan, aktsiz solig'i va transport vositalariga bеnzin, dizеl yoqilg'isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlarni byudjetga tolash muddatlarini qo'shilgan qiymat solig'i kabi belgilash. Bunda korxonalar ixtiyoridagi mablag'lardan bir muncha kuproq foydalanish imkoniga ega bo'lishadi. Uchinchidan, qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash bazasini ko'rib chiqish lozim. Hozirgi tartib bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblashda aktsiz solig'i va bojxona boji summasi soliq solinadigan bazaga kiritilgan. Qo'shilgan qiymat solig'ini stavkasini pasaytirish va tabaqalashtirish orqali bilvosita soliqlar bo'yicha soliq yukini kamaytirish lozim. To'rtinchidan, qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash muddatini korxona hisobrahamiga mablag' kеlib tushish muddati bilan tеnglashtirish lozim. Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida ko'rsatib o'tilgan vazifalardan kеlib chiqqan holda quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Bu esa o'z navbatida yuridik shaxslar to'laydigan bilvosita soliqlarni hisoblash mеxanizmini takomillashuviga olib kеladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling