7-BOB. TASHKILOTNI AMALIY TAHLIL QILISH NAZARIYALARI
7.1. Transaksiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida tashkiliy tuzilmalarni amaliy tahlil qilish
7.2. Firmaning balansi uning tarkibi to`g`risidagi axborot manbai sifatida
7.3. Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish
Mavjud tashkiliy tuzilmani tahlil qilishga nisbatan institutsional yondashuvning ideal tiplar usulini tatbiq etish eng barqaror unsurlarni ajratishga va tashkilot ichida yuz berayotgan jarayonlarni tushunishga ko`maklashadi. Muayyan tashkilot holatini tekshirish va muayyan amaliy tashkiliy muammolarni hal etish bo`yicha takliflar ishlab chiqishda institutsional yondashuv bilan bir qatorda, transaksiya xarajatlari nazariyasi, kelishuvlar nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini ham bemalol amaliy qo`llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |