Fridrix fon Xayek.
Xayek nazarida, bitimning barcha ishtirokchilarini teng va to`liq hajmdagi axborot bilan ta’minlovchi mexanizm bo`lib mutlaqo raqobatchi bozorlardagi narxning shakllanishi hisoblanadi. Firma doirasida hech qanaqa raqobatli narx shakllanishi to`g`risida gap bo`lishi mumkin emas, «agent»ning o`z mehnatining yakuniy mahsuli qiymatidan muntazam ravishda bosh tortishi ana shundan dalolat berib turibdi. Chunki faqat ish haqi mehnatning yakuniy mahsuliga teng bo`lgan taqdirdagina mehnat bozorida muvozanatga erishish mumkin va narx to`liq axborotni o`zida mujassamlantiradi.
Demak, tashkilotning o`sishiga qarab aylanadigan axborotning murakkablashuvi va ixtisoslashuvi yuz beradi, lekin ular samaradorlik bo`yicha narx-navo mexanizmi bilan taqqoslanadigan axborot aylanishi tizimining barpo etilishi bilan kuzatilmaydi. Tashkilot ichida qaror qabul qilish jarayoni ularning har birida sifat jihatdan yangi axborot paydo bo`ladigan ko`plab bosqichlarni o`z ichiga oladi. Buning ustiga, ushbu sifat jihatdan yangi axborotga faqat uni olish va unga ishlov berishda bevosita ishtirok etuvchi tashkilot a’zolari ega bo`ladi.
Ajoyib axborotga ega bo`lgan tashkilot ishtirokchilari - «agentlar» uni tarqatishdan va uni buzilmagan tarzda «prinsipal»ga uzatilishidan manfaatdor emaslar. Haqiqatdan ham axborot asimmetriyasi «agentlar»ning opportunistik xatti-harakatlari uchun zamin yaratadi – ularning o`z foydaliligini ko`paytirishga urinishlari, ular tomonidan yollash to`g`risidagi shartnoma tuzilishida qabul qilingan majburiyatlarga qaramasdan, foydalilikning qandaydir qat’iy belgilangan darajasi bilan qondiriladi. «Tabiiy» ko`zda tutilmagan holatlar sodir bo`lgan taqdirda, yollash to`g`risidagi shartnoma yordamida belgilangan mukofot kafolatini olib, «agent»ning o`zi unga «prinsipal» bilan nayrang qilish yordamida faoliyat natijasini o`z foydasiga qayta taqsimlash imkonini beruvchi «sun’iy» kutilmagan holatlarni tashkil etishga urinadi. Sotsializm davrida sodir etilgan «agentlar»ning o`z faoliyati natijalarini o`zlashtirishda ishtirok etishga opportunistik urinishi kabi iqtisodiy jinoyatlarning aksariyatini aynan shu nuqtai nazardan talqin etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |