O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Download 1.74 Mb.
bet12/109
Sana09.01.2022
Hajmi1.74 Mb.
#258697
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas (1)

Institut – bu jamiyat a’zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi. Institutlar asosini uning tarkibiy qismlari hisoblangan normalar tashkil etadi.
Norma – institutsional muhitda individlarning o`z tanlovini amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash funksiyasiga ega; o`zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi; shaxslar xatti-harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanksiyaga tayanuvchi muntazamlik hamda muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli vaziyatlarda o`zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi. Norma amal qilishi uchun talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat:


  • individlarning guruhlanish belgilari;

  • muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas);

  • maqsad;

  • norma harakatda bo`lgan shart-sharoitlar;

  • sanksiyalar.

Ajratilgan ushbu 5 ta unsur normalarning turli xillarini cheklash imkonini

beradi, ya’ni g`amkorlik strategiyasini, xususan, normaning o`zini (tor ma’noda)

va qoidalarni. Norma xillari quyidagilarga bo`linadi:
Hamkorlik strategiyasi q belgi Q maqsad Q shart-sharoit;

17


Norma q belgi Q muqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit;
Qoida q belgi Qmuqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit Q sanksiya.

Shaharda yoki supermarketda bir-birlarini yo`qotgan odamlarni qidirish hamkorlik strategiyasiga misol bo`ladi. Bunda: individlarning guruhlanish belgisi – bir-birini yo`qotganlik fakti; maqsad - bir-birini topish; shart-sharoit – uchrashish ehtimoli yaqin bo`lgan ko`zga tashlanuvchi narsa yoki buyumning mavjudligi bo`ladi.


Torroq ma’noda norma kelishuv tushunchasiga mos keladi. Chunki kelishuv ko`rsatmasini bajarish o`ta ixtiyoriy xususiyatga ega. Qoidaga o`tishda ko`rsatmalarni bajarishning ixtiyoriy xususiyati yo`qoladi, ya’ni bunda sanksiya ishga tushadi.
Normaning inson xatti-harakatiga ta’siri haqidagi munozara sotsiologiya va iqtisodiy nazariya o`rtasidagi chuqur tarixiy ildizga ega bo`lgan qarama-qarshilik bilan bog`liq. Sotsiologlar normada insonlar xatti-harakatining ularga tashqaridan berilgan va ekzogen xususiyatga ega bo`lgan mutlaq naimjasini ko`radilar. Homo sociologicus xatti-harakati umuman olganda jamiyatning normativ tarkibi bilan aniqlanadi. Normalarning o`zlari esa, sotsiologlarning fikriga ko`ra, jamiyat xususiyatlaridan hosil bo`lgan va uni takror ishlab chiqarish vazifasini ko`zlaydi.
Iqtisodchilar esa klassik siyosiy iqtisod davridan buyon normalarning bunday talqin etilishiga qo`shilmaydilar. Chunki norma tanlash erkinligini istisno etadi. Homo economicus o`z tanlovida, shu jumladan norma tomonidan qo`yiladigan cheklovlardan holi. Iqtisodchilar shaxs tanlovining institutsional cheklovchisi sifatida normalarning mavjud bo`lishini umuman inkor etadi. Yoki normalarga oqilona izoh berishga, aniqrog`i, ularda tashqaridan berilgan xatti-harakat natijasini emas, balki anglab yetilgan tanlov natijasini ko`rishga intiladi.
Umuman olganda, ijtimoiy tanlash nazariyasida normalar: oqilona tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xatti-harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.
Ijtimoiy tanlash nazariyasi (D.Byukenen) birinchi galda siyosiy tanlov natijasini aks ettiruvchi va huquqda qayd etiladigan yuridik normani o`rganadi. Yuridik normalarni izohlash uchun oqilona tanlashning neoklassik modelidan foydalaniladi. Xususan, shu narsa nazarda tutiladiki, Byukenen uchun siyosat - bu huddi insonlar bozorda faqat o`z afzal bilishlariga amal qilgan holda tovarni xarid qilgani kabi, uning asosida ular turli xil muqobil variantlarni, ularni o`z qadr-qimmati bilan qiyoslagan holda, tanlaydigan murakkab institutsional jarayon hisoblanadi. Boshqa so`z bilan aytganda, norma va qoidalar siyosat bozorida shaxslar o`rtasidagi o`zaro hamkorlik natijasida paydo bo`ladi. Bundan normalarni baholashning navbatdagi mezoni – ularning samaradorligi kelib chiqadi. Normalar faqat ular o`ziga xos qadr-qimmatga asoslanganda samarali bo`lib, yakka manfaatlarni o`zaro foydali tarzda amalga oshirishga ko`maklashadi [47].

Ijtimoiy tanlash nazariyasiga xos bo`lgan oqilona tanlov modeli yordamida normalarni talqin qilishdan farqli ravishda, kelishuvlar iqtisodi normalarga amal qilishda (bunda normalar tashqaridan berilgan) ekzogen hisoblanishiga qaramasdan, oqilona xatti-harakatning omilini ko`rishni taklif etadi. Bunday bir qarashda o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan oqilona tanlash natijasi


18


hisoblanmagan normalarni bajarish, oqilona xatti-harakatning shartiga aylanadi. Ammo bozordagi bitimlar ishtirokchilarining oqilonalik talabi ushbu o`ziga xoslikni izohlash imkonini beradi.
Kelishuvlar iqtisodi normani bozorda ishtirokchilar tomonidan istaklar va afzalliklarning o`zaro talqin etilishi uchun zamin sifatida ko`rib chiqishni taklif etadi (2.1-jadval). Shu nuqtai nazardan normaga amal qilish shaxs uchun o`z maqsadlari (signaling) haqidagi xabarlarni kontragentgacha yetkazish usuliga aylanadi. Shaxslar o`z xatti-harakatiga nisbatan bir-birini istisno etuvchi talablarni muvofiqlashtirishga va o`z tomonlarining harakatlariga nisbatan ishonchli fikrlarni bildirishga qodir bo`lmay qoladi. Ko`rib chiqilayotgan yondashuv doirasida kelishuvlar nisbatining quyidagi variantlari tahlil qilinadi.



  1. Download 1.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling