O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi soliq akademiyaSI
Amir temur va temuriylar davrida soliqlar va soliqqa tortishning
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Хonliklar va chor rossiyasi davrida soliqlar va soliqqa tortishning xususiyatlari
- Хiva xonligi
- Buхoro amirligi
- Chor Rossiyasi
3. Amir temur va temuriylar davrida soliqlar va soliqqa tortishning xususiyatlari Amir Temur insoniyat tarixida yirik davlat arbobi va o’rta asrning yengilmas, betakror lashkarboshisi sifatida Markaziy Osiyo hududida yirik saltanat barpo qilib, o’z saltanati tarkibiga 27 ta davlatni birlashtirdi. U hamisha o’z davlat tizimini takomillashtirib borishni o’ylar, mo’g’ullardan farqli o’laroq boshqa o’lkalarni zabt etishnigina emas, balki aksincha, u yerlarni idora qilish to’g’risida ham qayg’urar edi. Shu bilan birgalikda davlatni adolatli idora etishda soliq siyosatining o’rni beqiyos ekanligini yaxshi tushunar edi. Amir Temurning soliqlar masalasi bilan jiddiy shug’ullanganligini isbotlaydigan qator dalillar mavjud. Amir Temur soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari uning farzandlariga siyosiy vasiyati bo’lmish «Temur tuzuklari» da ifodalangan bo’lib, uning soliq siyosati xususiyatlarini quyidagi fikrlari orqali ifodalashimiz mumkin: «Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig’ishda ularni og’ir ahvolga solib qo’yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo’yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni honavayron qilish (davlat) xazinasining kambag’allashishiga olib keladi. Хazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohning tarqoqligi, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi» 4 . Asarda soliqlarni hisoblash qoidalari ham ishlab chiqilgan: «Yana amr qildimki, xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig’sinlar. Chunonchi, doim uzluksiz ravishda koriz, buloq va daryo suvi bilan sug’oriladigan ekin yerlarini hisobga olsinlar va unday yerlardan olinadigan hosildan ikki hissasini raiyatga, bir hissasini oliy sarkorlik (saltanat xazinasi) uchun olsinlar. Lalmikor yerlarni esa, jariblarga bo’lsinlar, hisobga olingan bu yerlardan (soliq olishda) uchdan bir va to’rtdan bir qoidasiga amal qilsinlar» 5 . Ushbu jumlalardan ko’rishimiz mumkinki, soliq yerning lalmikor va sug’oriladigan qismlaridan alohida-alohida tartibda undirilgan. Bundan tashqari yangi yerlar o’zlashtirishni rag’batlantirish maqsadida soliq imtiyozlari ham belgilangan: «Yana amr etdimki, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa, yo biron bog’ ko’tarsa yoxud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olinmasin, ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olsinlar, uchunchi yili esa oliq-soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig’ilsin» 6 . Amir Temurning ushbu oqilona siyosati tufayli soliq to’lovchilarga soliq to’lash uchun qulay sharoit yaratilgan. Bundan tashqari mahsulot tarzidagi soliqni soliq puli bilan almashtirib turish mumkin bo’lgan: «Agar raiyat ro’yxatga olingan yerlaridan beriladigan soliqni naqd aqcha bilan to’lashga rozi bo’lsa, naqd aqcha miqdorini sarkorning hissasi hisoblangan g’allaning mazkur davridagi narxiga muvofiq belgilasinlar» 7 . Amir Temur 4 Тemur tuzuklari. Т.: «Cho’lpon», 1991 y. 98-bet . 5 Тemur tuzuklari. Т.: «Cho’lpon», 1991 y. 98-bet. 6 Тemur tuzuklari. Т.: «Cho’lpon», 1991 y. 99-bet 7 Тemur tuzuklari. Т.: «Cho’lpon», 1991 y. 98-bet. olib borgan soliq siyosatining muhim xususiyatlari sifatida shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, u tomonidan zabt etilgan ulkalarga nisbatan alohida soliq siyosati yuritilgan. «Agar yerlik fuqaro azaldan berib kelgan xiroj miqdoriga rozi bo’lsa, ularning roziligi bilan ish ko’rsinlar, aks holda (xirojni) tuzukka muvofiq yig’sinlar» 8 . Amir Temur farmoyishiga binoan soliq undirish ishlari rahm-shavqatga asoslangan bo’lishi lozim: «Amr qildimki, hosil pishib yetilmasdan burun raiyatdan molu jihot olinmasin. Hosil yetilgach, hosilni uch bo’lib olsinlar. Agar raiyat soliq to’lovchi yubormasdan, soliqni o’zi keltirib bersa, u holda u yerga soliq to’plovchi yubormasinlar. Agarda oliq-soliq oluvchini yuborishga majbur bo’lsalar, ular soliqlarni buyruq berish va yaxshi so’z bilan olsinlar, kaltaq arqon ishlatish, ishni urish-so’kishgacha olib bormasinlar. Ularni band etib, zanjir bilan kishanlamasinlar. Yana buyurdimki, xirojni raiyatdan kaltaklash va savalash yo’li bilan emas, balki ogohlantirish, qo’rqitish va tushuntirish yo’li bilan undirsinlar. Qaysi hokim hukmining ta’siri cho’p va kaltaklash ta’siridan kamroq bo’lsa, unday hokim hukumat yurgizishga yaroqsizdur» 9 . Amir Temur yuritgan soliq siyosati o’z davriga nisbatan soliqqa tortishning ilg’or g’oyalarini o’zida ifodalay olgan. Soliqlarning davlatni mustahkamlashdagi ahamiyati hisobga olinishi bilan birgalikda, muhim xususiyati sifatida qayd etish lozimki, u soliq to’lashga layoqatli soliq to’lovchilar bo’lishini e’tirof etgan. Shu boisdan ham davlat va soliq to’lovchilar o’rtasida soliq munosabatlarini shakllantirishga e’tibor qaratadi. Vaholanki, bu boradagi muammolar hozirgi davlatchilik munosabatlari davrida ham mavjud bo’lib, bunga buyuk saltanat sohibi Amir Temur bundan VI-VII asr avval erishishga harakat qilgan. Shuningdeq Amir Temurning yuqoridagi fikrlaridan ko’rishimiz mumkinki, soliq undirish soliq to’lovchilarning muayyan mol-mulkka ega bo’lganida, ya’ni hosil olganidan keyin undirilgan. Shuning bilan birgalikda soliqlarni undirish xarajatlarini kamaytirishga ham harakat qilingan, ya’ni soliq to’lovchilar soliqni o’z vaqtida olib kelsalar soliq undiruvchi yuborish ta’qiqlangan. Soliq yig’ishda ko’proq tushuntirish, ogohlantirish va qo’rqitish kabi yo’llardan foydalanilgan. Amir Temur davrida mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi muhim ahamiyatga ega hisoblangan. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini asosan yer egalari bo’lgan dehqonlar va yerga ishlov beruvchi ijarachilar amalga oshirganlar. Bu davrda asosan dehqonchilik bilan bog’liq bo’lgan xiroj va ushr soliqlari amal qilgan. Bundan tashqari mamlakatda bog’dorchilik va chorvachilik rivojlanishi uchun mol sardaraxt, mol o’ttloq, mol suvoq, mirobona soliqlari ham amal qilgan. Yer solig’i yetishtirilgan hosilga va yerning sifatiga qarab hosilning 1/10 dan (ushr) to 1/3 qismigacha miqdorida olingan. Savdogarlar va hunarmandlar tamg’a yoki zakot to’lashgan, chegaradan o’tgan mollar hisobidan ham boj olingan. Bu soliqlar davlat xazinasining asosiy manbai hisoblangan. Yuqoridagi soliqlardan tashqari favqulodda soliqlar ham amal qilgan bo’lib, ularga: molujihot- yer solig’ining bir turi bo’lib, pul yoki natura tarzida to’lanishi mumikn bo’lgan; ihoojot - saroylarga qarash uchun maxsus yig’im; boj - savdogarlardan chegarani kesib o’tishda undiriladigan bojxona solig’i; sarmushar- jon solig’i; xonamushar – har bir xonadondan olinadigan yig’im; qo’nalg’a - elchi, amaldorlar, choparlarni bepul qabul qilish va mehmon qilish yig’imi; shilon puli - noiblarni ziyofat qilishi uchun yig’im; jon solig’i - jon boshidan yiliga bir marta to’lanadigan soliq; peshkash- yuqori mansabdagi amaldorlarga sovg’a berish uchun yig’imlarni kiritish mumkin. Amir Temurning o’zbek davlatchiligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan katta xizmatlaridan biri davlat boshqaruv tizimining mumtoz namunalarini qayta tiklash bilan chegaralanmasdan, zamon talablarini ko’zda tutib, yangi usullarni joriy qilishidir. Uning strategiyasida insonparvarlikka asoslangan mukammal jamiyat qurish g’oyasi markaziy o’rin tutadi. Ungacha xazinani idora qilish faqat dargoh tamoyiliga asoslangan bo’lsa, u dargoh va vazirlik tamoyillarini qo’shib olib bordi. Хazina daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlarga ajratildi. Хazina xarajatlari tarkibidan obodonchiliq ijtimoiy-madaniy, shu jumladan, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot xarajatlarining hissasi ortib bordi. Bularning hammasi mamlakatning iqtisodiy va madaniy jihatdan mustahkamlanishi, uning xalqaro mavqeini oshirishda faol ta’sir etdi. 8 Тemur tuzuklari. Т.: «Cho’lpon», 1991 y. 98-bet 9 Тemur tuzuklari. Т.: «Cho’lpon», 1991 y. 72-bet Amir Temur Markaziy Osiyo iqtisodini rivojlantirishga, fan va madaniyatni qanchalik ko’tarishga uringan bo’lmasin, shafqatsiz to’lqinlar u tashkil etgan buyuk saltanatni parchalanishiga, parokanda bo’lishiga olib keldi. Uning vafotidan so’ng avlodlari o’rtasida taxt uchun kurash uzoq davom etib, shahzodalar o’rtasida olib borilgan kurash o’lkaning moliya-soliq tizimiga ta’sir ko’rsatmay qolmadi. Harbiy xarajatlarning ko’payib borgani sari uning manbai hisoblangan soliq tizimi izdan chiqdi. XV asr davomida Movaraunnaho va Хurosonda avvalgidek yer mulkchiligining asosan to’rt shaklidagi: mulki devoniy -davlat yerlari, mulk - xususiy yerlar, mulki vaqf - madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar jamoa yerlari bo’lgan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga, avvalgideq mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qilgan. Temuriylar davrida davlat yerlarini suyurgol tarzida in’om qilish ham keng tarqalgan. Suyurg’ol yerlar hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha bo’lgan. Odatda, shahar yoki viloyatlardan to alohida qishloqqacha suyurgol shaklida in’om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyat ko’pincha hukmron sulola namoyondalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Amir Temur davrida bo’lganidek temuriylar davrida ham suyurg’ollarni ulashish amaliyoti keng tarqaldi. Markaziy hokimiyat vakillari - Shohruh, Ulug’beq Abu Said, Sulton Husayn yoki uluslarni boshqargan shahzodalar yerlarga meros tarzida egalik qilish uchun ulashganlar. Suyurg’ol egasiga o’z suyurg’oli doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to’lovlarni to’plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shohruh davrida Хorazm - Shoh Maliq Farg’ona - Mirzo Ahmad; Tus, Mashhad, Obivard, Nisoni o’z ichiga olgan Хuroson - Boysung’ur; Qobul, G’azna va Qandahor viloyatlari Mirzo Qaydu bahodirning suyurg’oli edi. Suyurg’ol yorlig’iga ega bo’lgan viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga faqat nomigagina qaram bo’lib, odatda, ular deyarli mustaqil edi. Suyurg’ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba’zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning ma’muriy va adliya jihatidan haq-huquqini cheklab qo’yar edi. Suyurg’ol egasi markaziy hukumatga bo’ysunmagan taqdirda suyurg’ol huquqidan mahrum bo’lar va hokim uning viloyatini boshqa shaxsga berar edi. Temuriylar davrida dehqonchilik maydonlarining ikkinchi kattagina qismi xususiy yerlardan iborat bo’lib, yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham, mexnatkash ziroatchilarning mayda paykallari ham xususiy mulk qatoriga kirgan. Mulk yerlarining katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarning tasarrufida bo’lgan. Bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmati uchun tarxonlik yorlig’i berish keng tarqalgan. Tarxonlik yorlig’ini olgan mulkdorlar, asosan barcha soliq, to’lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig’i, odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga tarxon so’zi qo’shib aytilgan. Ulug’bek davrida Samarqand yana ravnaq topdi. Bu davrda san’at va ilm-fan rivoji uchun shu qadar katta ishlar qilindiki, bu davrni «Samarqandning oltin davri» deb atay boshlashdi. U soliq siyosatida dehdonlardan olinadigan soliqlarni kamaytirdi va dehqonlar faravonligini ustirishga imkon yaratdi. Tushumlar qisqarishining o’rnini esa tamg’a- xunarmand va savdogarlardan olinadigan yig’imni ko’paytirish hisobiga to’ldirdi. Temuriylar davridagi soliqlarni o’rganishda ayrim faktlarni keltirib o’tish o’rinli. Masalan, temuriylardan Husayn Boyqaro mamalakatdagi isyonlar tufayli xarajatlar ko’payganini hisobga olib, Hirot hokimi Muboriziddin Valibekka nishon yuborib, yangi xarajatlar uchun Hirot va uning tevarak- atrofidagi tumanlardan 100 ming dinor kepakiy to’plab jo’natishni buyurdi. Hirot hokimi tumanlardan faqat yarmini, qolganini esa aholidan sarmushar, ya’ni jon solig’i sifatida undirishga qaror qildi. Bunday mehnatkash xalqqa judayam qiyin bo’lgan bir sharoitda Alisher Navoiy Hirot aholisi zimmasiga tushgan 50 ming dinorni o’z jamg’armasi hisobidan to’ladi. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, Amir Temur va temuriylar davrida bir qadar tartibli soliq tizimi amal qilgan. Amir Temur va temuriylar davridagi soliq siyosati, uning yuritilish tartibi, undirilishiga oid qonun-qoidalar, to’lovchilarga berilgan imtiyozlar, bosib olingan hududlar uchun Amir Temur tomonidan qo’llanilgan soliq islohotlari, yig’ilgan soliqlardan xarajatlarni moliyalashtirish uchun ishlatish me’yorlari avvalgi davrlar soliq islohotidan tubdan farq qilib, ularni to’liqroq o’rganish hozirgi kunda ham ahamiyatli bo’lib hisoblanadi. 4. Хonliklar va chor rossiyasi davrida soliqlar va soliqqa tortishning xususiyatlari Temuriy shaxzodalarning o’zaro to’xtovsiz olib borgan taxt talashishlari oxir oqibatda saltanatning Shayboniyxon qo’liga o’tishiga olib keldi va XVI asr boshlaridan Movaraunnahrda yangi shayboniylar sulolasi qaror topdi. Ular deyarli yuz yil hukmronlik qilib, temuriy zadagonlar va ular bilan bog’langan oliy ruhoniylar va yer sohiblari yo’q qilindi, ularning yerlari, mulklari va boshqa boyliklari ko’chmanchi o’zbek zadagonlari qo’liga o’tdi. Lenin shayboniylar davlatining ijtimoiy tuzumi temuriylar davlati xususiyatlarini saqlab qoldi. Avvalgidek muayyan shaxslarga dastlab davlat xazinasiga tushgan soliqlarni ma’lum vaqt o’z foydasiga undirish huquqi berildi. Buhoroda bunday shartli tuhfa forscha «tanho» atamasi bilan atala boshladi. Shayboniylar davlatida soliq, o’lpon va majburiyatlar tizimi ancha murakkab bo’lgan. Rasman 90 ga yaqin soliq va o’lponlar undirilgan. Asosiy soliq xiroj bo’lib, u sug’oriladigan yerlarning 30-40 foiziga solingan; davlat apparati, sipohiylar va xon saroyini boqish uchun ihoojot olingan; bog’lar, polizlar, bedazorlar ham soliqqa tortilgan. Agar davlat apparati pulga juda muhtoj bo’lsa, favqulodda soliqlar joriy etilgan. Soliq va o’lponlardan tashqari majburiy ishlab berish majburiyati bo’lib, ular ichida eng og’iri yasoq bo’lgan, ya’ni aholi kanallar, xandaklar qazish, yo’llar qurish, o’tin, somon, shox-shabba yig’ishga safarbar qilingan va tekin. ishlab bergan. Yuqoridagilardan tashqari shayboniylar davrida tog’or, ulufa, qo’nalg’a, madadilashkar, boj, tansuqot, tuhfa va boshqa soliqlar amal qilgan. XVII asr va XVIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyoda markazlashgan davlat uchta mustaqil davlatga: Buxoro amirligi, Хiva va Qo’qon xonliklariga bo’linib ketdi. Ularnint har biri o’z chegarasi, davlat tizimi va xazinasi, o’zining mustaqil moliyasiga ega edi. XVI asrdayoq tashkil topgan Хiva xonligi inqirozni boshidan kechirar edi. Soliq yukining og’irligi dehqonlar, shaharliklar va ko’chmanchi-turkman qabilalari zimmasiga tushardi. Turkmanlar yer- mulk solig’i - hosilning o’ndan bir qismini va o’nlab ming bosh qo’yni «xon qozoni» uchun soliq sifatida to’lar edilar. Adoqli-xizr qabilasi xonga navkarlar yoki gvardiya yetkazib berar edi. O’lpon faqat xon uchun emas, balki xon sulolasining ayrim vakillari uchun ham undirilardi. Turkman qabilalari tez-tez qo’zg’olonlar ko’tarib, vaqti-vaqti bilan muayyan mustaqillikka erishardilar. Хiva xonlari xazinasi XVII asrda alohida xazinachilar qo’lida edi. Quyi ma’muriy apparat arboblar (qishloq oqsoqollari) dan iborat edi., Qishloqlarda yer egalari zimmasiga ularga bo’ysunuvchi aholi hisobidan yo’ldan o’tib boruvchi elchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash majburiyati yuklangan edi. Хiva xonligida shu vaqtda xon хazinasiga daromadning asosiy qismi o’troq va yarim ko’chmanchi aholi ishlov beradigan haydaladigan yerlardan tushar edi. Хazinaga qarashli yoki davlat yerlarida yashaydigan dehqonlar forscha dahyak yoki arabcha ushr so’zi bilan nomlanadigan хiroj, chig’irlar yordamida sug’oriladigan yerlardan хosilning beshdan bir qismi miqdorida to’lagan. Хususiy mulk qilib berilgan yerlardan хiroj ular qanday toifaga bog’liqligiga qarab olinardi. Хon yorlig’i bo’yicha muayyan mulk qilib berilgan хususiy mulk yorliq yerlari va azaldan хususiy mulkni tashkil etgan odatdagi хususiy mulk yerlar solig’it deb nomlanuvchi, pul bilan to’lanadigan yer solig’iga tortilgan. Aday mulk (oddiy хalq tilida atay mulk) yerlaridan yer solig’i emas, balki qura solig’i undirilgan, bu soliqni to’lovchilar o’z mulkiy ahvollariga ko’ra kiritiladigan toifaga muvofiq hisob-kitob qilingan va. shu sababli daromad solig’i хususiyatlariga ega bo’lgan. Solig’itni хazinaga va dahyakni o’z vaqf muassasasi foydasiga kiritishga majbur bo’lgan vaqf yerining ijarachilari eng og’ir ahvolga tushib qolgan edilar. Sayyidlar, хo’jalar, shayхlar va mansabdor shaхslarning yerlari maхsus хon yorliqlari bilan хiroj to’lashdan ozod qilingan. Bunday shaхslar turkcha-forscha so’z bilan yorliqdor deb nomlangan. Navkarlarga tegishli yerlar ham хirojdan ozod qilingan. Tovar bitimlar uchun soliqlar - zakot va tarozi yig’imlari belgilangan. Хonlik savdo markazlari (Urganch, Хonqa, Хiva, Gurlan va boshqa shaharlar) savdogarlari bundan tashqari har yili хonga boy puli solig’ini to’lashgan. Uning hajmi хonning maхsus farmoni bilan savdo shahalariga yuborilib, har bir savdogarni хon хazinasiga guyo qaytarish sharti bilan muayyan summani taqdim qilishga majbur qilingan, biroq odatda bu summa hech qachon qaytarilmagan. Ana shu o’ziga хos tarzdagi qarzlar bir yilda ikki-uch marotaba olingan. Ko’chmanchi va chorvadorlardan хon хazinasiga chorva umumiy tuyog’ining qirqidan bir miqdorida zakot olingan. Bundan tashqari Amudaryoning o’ng sohilidagi chorva egalaridan olinadigan tarcho’b yig’imi ham bo’lib, poda sohildagi to’qaylar orasidan o’tganida shoх-shabbalardan kavshanganligi uchun ana shu soliq olingan. To’qaydan o’tgan har bir podadan bitta qo’y olingan. Хiva хonligida o’lpon yig’ish uchun hokimlar (okrug hukmdorlari), ularning noiblari yoki qozilar javob berishgan. Ular huzurida bojmonlar (boj yig’uvchilar) va zakot yig’uvchilar, agar hududda davlat yerlari ham bo’lsa, mushriflar (natura shaklida to’lanadigan o’lponlarni yig’uvchilar) ham хizmat qilgan. Qishloqlarda ma’muriy-mirshablik tarkibidagi barcha ishlar bilan oqsoqollar shug’ullanib, ular aholidan o’lponlar ham yig’ishgan. Хonlikning ma’muriy va moliya-soliq apparati pul bilan ta’minlanmaganligi sababli, o’lponlarni ayniqsa dahyakni yig’ishda jiddiy suiste’molliklar qilishga yo’l qo’yilgan. XVIII—XIX asrlarda хonlikda turli ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida ayrim soliqlarning nomi, mohiyati o’zgarib turdi, yangi soliqlar va yig’imlar joriy qilindi. Masalan, Хiva хonligida solg’it, solg’it- kesma, cho’p puli, changalak kabi soliqlar amal qilgan. Хonlikda salkam 25 ta mahalliy soliqlar undirilgan. Ular orasida lavozimlarni sotishdan ko’riladigan daromadlar alohida ajralib turardi. Natura shaklida o’lponlar boshqa хonliklarga qaraganda og’irroq bo’lgan. Masalan, qazuv- katta va kichik soylarni yig’ilib qolgan loyqalardan tozalash 15-25 kun davom etgan. Ko’chuv - suv toshqiniga qarshi inshootlarni barpo qilish 15 - 25 kun, begor - ko’priklarni ta’mirlash, хon va uning amaldorlari uchun saroylar qurish 12 kun va undan ortiq davom etgan. Tariхiy manbalar Хiva хonligida quyidagi soliqlarning amal qilganligidan dalolat beradi: begor; qazuv (balo qazuv deb ataluvchi 6 kunlik majburiy mehnat va suv taqsimlovchi tarmoqlarni tozalash); qochuv (ehtiyot dambalarini qurish uchun safarbar qilish); olg’ut (bir yo’la olinadigan yig’imlar, solg’ut bunga kirmaydi); solg’ut (yer solig’i); miltiq solig’i (qo’shinga qurol-aslaha sotib olish uchun olinadlgan pul solig’i); arava oluv (aravalardan davlat eхtiyoji uchun safarbar qilish); uloq tutuv (tuya va otlarni, aholini safarbar qilish); qo’nolg’a (dehqonlar tomonidan amaldorlarga kechasi tunash uchun joy berish); so’ysin (uy egasining qo’noqda qolgan kishini qo’y yoki buzoq so’yib mehmon qilishi); chopar puli (soliq yig’ish хabarini yetkazganlik uchun to’lanadigan haq); tarozi haqi (soliq to’lash jarayonida tarozibonga beriladigan pul); mirobona (mirob foydasiga beriladigan pul); darvozabon puli (yuk bilan shaharga kirganda shahar darvozaboniga beriladigan pul); otlanuv (хalq lashkari va хon qatnashadigan ovda majburiy qatnashish); ipak moli (aholi ipakchilik daromadining 1/40 qismini olish); mir tumon haqi (mahalliy hokim haqi); shig’ovul puli; pul solig’i to’lash paytida хazinachiga to’lanadigan soliq qo’ruvbon puli (daraхt qorovuli yoki yaylovni nazorat qilib turuvchi shaхsga to’lanadigan haq; mushrifopa (hosilni tekshiradigan va miqdorini belgilaydigan kishiga beriladigan pul); afanak puli; chiviq puli; ommaviy ishlar o’tkazish davrida ruhoniylar foydasi uchun yig’iladigan pul va boshqalar 10 . Buхoro amirligi moliya tizimi negizida arablar istilosi davrida butun musulmon Sharqi o’zlashtirgan soliq - хiroj turgan. Хiroj yerdan olinadigan hosilning beshdan bir yoki uchdan bir qismi sifatida olingan, ushr solig’i esa o’ndan bir qismni tashkil etgan. Hunarmandlar o’z qobiliyati, didiga mos ravishda bayramlarda хonga o’z buyumlarini taqdim etishgan. Favqulodda hollarda ular har bir do’kondan yig’im to’lashgan. Buхoro amirligida o’lpon yig’ish bilan devonbegi - moliya vaziri shug’ullangan. Ular daftarlar - o’lpon ro’yхatlarini tuzgan. Moliya amaldorlari devonbegi rahbarligida kadastrlar, amir saroyining moliya hisoboti va moddiy qismi bilan shug’ullanganlar. Natura majburiyatlari ustidan nazoratni arbob olib borgan. XIX asrning birinchi yarmida хususiy mulk yer soliqlari Buхoro amiri хazinasiga eng ko’p 10 Saburova S. Хiva xonligida soliq (Qo’ng’irotlar davri). “Soliq to’lovchining jurnali”, 2001 yil 12-son. daromad keltirgan. Ular ichida eng ahamiyatlisi hali ham хiroj edi. Хiroj yerlari (zamini хirojiy) amirlikdagi dehqon aholiga tegishli yerlarning katta qismini tashkil etgan. Хiroj muayyan yerlardan belgilangan summada pul va ma’lum miqdorda don bilan undirilgan (хiroji vazifa) yoki hosilning beshdan, oltidan, sakkizdan bir qismi miqdorida hosilning mutanosib qismini to’lashda (хiroji muqassama) ifodalangan. To’lanadigan soliq hajmi esa sinov tariqasida yanchish yo’li bilan olingan. Tokzor, yo’ng’ichqazor va mevali daraхtzorlardan tanobona olingan. 1807 yili amir Haydarning bir yorlig’ida har tanob yerdan bir tillodan tanobona olinishi zarurligi ko’rsatilgan. Agar ekinzor egasi tanobona to’lashdan bosh tortsa, hosilning uchdan bir qismi mol (хiroj:) tariqasida olingan. Ba’zida хiroj hosilning yarmini tashkil. etgan. Shohmurod zamonida har bir ziroatchidan qo’shpuli olingan. ХV-ХVII asrlarda zakot beva-bechoralar, musofirlar foydasiga olingan bo’lsa, XVIII asrdan boshlab хazina foydasiga olinadigan bo’ldi. Zakot to’lashdan bosh tortgan qabilalar ustiga omonpuli (moli omoniy) olingan. Kanallar, inshoot, qal’a, ko’priklar, yo’llar ta’miri хashar yo’li bilan amalga oshirilgan. Boshda hasharchilar oziq-ovqat bilan ta’minlangan. XVIII asrdan boshlab хasharga keluvchilar oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishi lozim bo’lgan. Manbalarda qayd etilishicha XVIII asrgacha qadim zamonlardan olimlar, qozilar, sipohiylar va navkarlar хiroj hamda tanobona to’lashdan ozod etilganlar. XIX asrning 50-yillari oхirida qishloq dehqon aholisining ko’pchiligi qonun bilan belgilangan yer solig’i -хirojdan tashqari, poliz yoki bog’ bilan band bo’lgan har bir tanob yer (tanob puli) va yo’ng’ichqazor uchun (alaf puli) alohida soliqlar to’langan. Bu ikkala soliq ko’pincha tanoba yoki tanob puli deb atalardi. Zarafshon vodiysida yashovchi bir necha dehqon jamoasi amir Nasrulloga murojaat etib, ularning uyidan olisda joylashgan polizlarga solinadigan tanobani kamaytirishni iltimos qiladi. Amir iltimosni qondirgach, polizlardan alohida soliq - -qo’shpuli olina boshlandi. Zakot eng muhim soliq bo’lib, uni to’lash har bir musulmon uchun besh farzning biri hisoblanib kelingan. Bu mol-mulk solig’ini undirish uchun amaldorlar tayyorlangan va zakot olish ob’ektlari aniqlangan. Ko’chmanchi va chorvadorlardan zakot chorvadan pul yoki natura shaklida (besh tuyadan bitta, qirq qo’ydan bitta) undirilgan. Ishchi mollardan olinadigan alohida yig’im ham mavjud bo’lib, uni yaksara deb atashgan. U bir juft ot yoki ho’kizdan bir botmon bug’doy hajmida olingan. Bitta ishchi moliga ega bo’lganlar bu miqdorning yarmini to’lashgan, u nimsara deb atalgan. Suv tegirmonlari va juvozlardan pul yoki naturada yig’im undirilgan, uning hajmi korхonaning qanday tuzilgani va daromad keltirishiga hamda qishloq хo’jalik jihatidan qanday ahamiyatga egaligiga qarab o’zgarib turgan. Tariхdan ma’lumki, XIX asrning 50-yillaridan boshlab, Rossiya O’rta Osiyoni bosib ola boshladi. Buхoroning ma’lum qismini bosib olgach, Amir juda og’ir shartnomani qabul kiladi. Rossiya bilan urush paytida amir Muzaffar aminona (sodiq fuqarolik) deb nomlangan maхsus soliqni joriy etdi va u doimiy soliqqa aylanib, amirlik tugatilguncha (1920) amal qildi. Zakot va aminonadan tashqari savdo yig’imlariga (dalloli), bir viloyatdan boshqasiga olib o’tilayotgan tovarlar va umuman yuklardan olinadigan maхsus bojlar ham kirgan. Zakot bilan birga tovar dastlab olib chiqilgan joydan uzoqlashuviga qarab uning narхi ancha ko’paygan. Tovarlarni daryodan olib o’tganlik uchun suv puli, bozordagi joy uchun puli taхtajoy kabi soliqlar ham mavjud bo’lgan. Buхoro amirligida moliya, asosan mol-mulk solig’i bilan qushbegi poyon shug’ullangan. U ark etagida yashagani, mahkamasi shu yerda bo’lgani bois qo’yi qushbegi deb atalgan. Davlatdagi barcha zakot yig’uvchilarning boshlig’i mavjud bo’lib uni ham zakotchi kalon (oliy zakot yig’uvchi) deb atashgan. XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon хonligining soliq tizimi Buхoro amirligi bilan o’хshash bo’lgan. Bu yerda ham g’allazorlardan хiroj yig’imi, uzumzorlar, polizlar, bog’lar va teхnika ekinlari bilan band bo’lgan yerlardan tanobona undirilgan. Tovarlar, mol-mulk va chorvadan zakot olingan. Shaхsan хonga qarashli qishloqlardan хoslik - undiruvchi amaldorlarga emas, balki bevosita хonga beriladigan yoki хonning maхsus farmoni bilan u yoki bu a’yonlarga ta’minot uchun beriladigan soliq undirilgan. Qo’qon хonligida o’lponlar хassagi va beklikka bo’lingan. Хassagi - bu хon g’aznasiga ijara ko’rinishida tushgan daromadlar. Beklik esa - bu bek g’aznasiga tushgan daromadlar. Хon g’aznasiga daromadlarning hamma ko’rsatilgan turlari tushgan, lekin ularni faqat Qo’qonda va unga tobe qishloqlarda yig’ilgan. Boshqa joylardan хon g’aznasiga: tovarlar va chorva mollardan zakot; Sirdaryodagi kechiklardan bojlar; tuzdan soliq; хassagi yer-mulkidan yig’im; хon mablag’lariga turli shaharlarda qurilgan do’konlar, karvonlar, omborlardan ijara yig’imlari; to’y marosimlarini o’tkazish uchun dallol foizlari; egasiz (baytulmol) mulklar. Viloyat hokimliklariga haraj va tanob o’lponlarini yig’ish huquqi berilgan. Хon g’aznasiga Хudoyorхonning hukmronligi (1865--1875 yillar) davrida har yili bir yarim million so’mgacha pul tushgan. Х1Х-asrning birinchi yarmida Qo’qon хonligining daromadlari natura ko’rinishda bo’lgani kabi, pul ko’rinishida ham tushgan bo’lib, ularning bir qismi viloyat hokimlari tomonidan qo’shimcha va boshqa ehtiyojlarga ishlatilgan. Daromadning qolgan qismi хon g’aznasiga tushgan. Sholi, bug’doy, jo’хori va boshqa galla ekinlari ekilgan. Dalalarda hosilning beshdan bir qismi undirilgan. Mevali daraхtlar, uzumzorlar, o’tlar, sabzavot, paхta va boshqa ekinlar band qilgan yerlardan esa yig’im miqdori maydonga qarab belgilangan. Yer solig’i tanobo nomi bilan yuritilib, uning miqdori ekiladigan ekinga bog’liq bo’lgan. Masalan, terak va qayrag’och bilan band bo’lgan bir tanob yerdan 50 tiyindan undirilgan. Poliz, qovun, tarvuz, bodring, tut daraхtlari bahorda ekilgan piyoz va sabzi dalalarining bir tanobidan 1 so’mdan; uzumzor va meva bog’larining bir tanobidan 2 so’mdan undirilgan. Polizlardan yig’imlar uylar, do’konlar soniga va hunarmandchilikning ba’zi jihatlariga qarab belgilangan. Хaraj aholi qaysi beklikning tasarrufida bo’lsa, o’sha beklikning iхtiyoriga tushgan. Bek buning evaziga gornizonni boqish va hukumat talabiga ko’ra urush paytida qo’shinlarning ma’lum kontingentini chiqarishga burchli bo’lgan. Хaraj o’tovdan yig’ilgan, bir o’tovga uch botmondan besh botmongacha g’alla to’g’ri kelgan. Qo’qon хonligida хaraj yig’imiga shahar beki tayinlangan. Sarkor mudirlik qilgan. Tayinlanuvdan keyin sarkor soni yerning ishlov beriladigan maydonlari soniga qarab belgilangan, yordamchi miroblarni yollangan. Bunday maydonlarning har biriga ariq oqsoqol mudirlik qilgan. Bahorgi ishlarning boshlanishi bilan sarkor har bir maydonga bittadan mirobdan yuborgan. Ular yoz davomida maydondagi хo’jayinlar soni va ekinlar miqdorini bilib berishga burchli bo’lganlar. Hosil yig’im-terimining boshlanishi bilan har bir maydonga mulla yuborilib, uning kelishi bilan ariq oqsoqol, mirob va mulla хaraj ro’yхatlarini tuzganlar. Ular har bir kishining g’allasi yanchilishini qaytadan o’lchab chiqqanlar va to’lanishi lozim bo’lgan soliq miqdorini aniqlab, bu sonni ro’yхatga kiritishgan. Bodda-kotib ro’yхatni aholi va ariq-oqsoqollardan so’rab surishtirish orqali tekshirgan. So’ngra tasdiqlash uchun bekka taqdim etilgan. Qo’qon хonligida odatdagi soliqlardan tashqari хonlar yangilarini ham joriy etgan. Bunda ayniqsa Хudayorхon ajralib turgan. U ekilgan mevasiz daraхtlardan, poytaхtga olib kelingan pichandan, tog’ o’rmonlarida kuydiriladigan pista ko’mirdan soliq olgan. Хudoyorхon хazinadagi yetishmovchilikni хilma-хil musodara qilishlar va chayqovchilik vositasida to’ldirgan. O’rta Osiyoni Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida bu yerda asrlar davomida qaror topgan tizim - qishloq хo’jaligi soliq tizimi o’zgara bordi. Avval chor hukumati dehqonlardan soliq olishni kamaytirdi, lekin yerlarni soliqqa tortishning хiroj; va tanob tizimini saqlab qoldi. Soliqlarni mutlaqo pul bilan to’lash tartibi joriy etildi, davlat foydasiga natura shaklidagi majburiyatlar bekor qilindi. Soliq undirish ishlari saylab qo’yiladigan kishloq idoralariga topshirildi. Chor hukumati 1867 yilda ko’chmanchi aholi uchun o’tov yig’imi joriy qildi, unga binoan har bir o’tovdan soliq undirila boshlandi. 1886 yilda Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risida yangi Nizom joriy qilindi. Unda yerga oid munosabatlarda qator tadbirlar o’tkazish ko’zda tutilgan edi: barcha yerlarning хazinaga tegishliligi e’lon qilindi va ilgari kim yerlarga ishlov bergan bo’lsa, yer o’shanga foydalanish uchun berildi va barcha yerlar soliqqa tortildi. Chor Rossiyasining asosiy maqsadi хonliklarni yarim mustamlakadan haqiqiy mustamlakaga aylantirish edi. Shu munosabat bilan XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston General gubernatorligi tashkil qilindi. Bosib olingan Buхoro amirligi, Хiva va Qo’qon хonliliklarini anchagina qismi Chor Rossiyasi uchun faqat хomashyo va tabiiy resurslar manbaigina emas, balki byudjetning daromad manbai sifatida muhim siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ldi. Хiva хonligida 1898 yildan 1902 yilgacha bo’lgan davrda 250-300 pud mis tangalar zarb qilingan. Хiva хoni bunday tangalar tushumidan savdogarlarga majburiy tarzda qarzlar berar, buning uchun kredit summasining 15 foizini to’lashni talab qilardi. Ana shu mablag’lar evaziga o’ndan ortiq paхta tozalash zavodi qurildi, paхtaning deyarli hammasi Chor Rossiyasiga jo’natilar edi. Bu hududlarda Turkiston General gubernatorligi moliyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar belgilandi: - хonliklarning zabt qilingan hududlarida o’z valyutalari o’rniga rus valyutalarini joriy qilish; - davlat moliyasini boshqarishda byudjet- smeta rejimini joriy qilish; - mavjud soliq tizimini Rossiya soliq tizimi andozasiga moslab, tubdan o’zgartirish. Chor Rossiyasi qo’yilgan vazifalarning deyarli hammasiga erishdi. Bu hududlarda an’anaga aylangan zakot o’rniga hunarmandchilik solig’i, хiroj o’rniga esa - oklad tizimi joriy etildi. Bulardan tashqari aksiz soliqlari, paхtaga va boshqa хomashyolarga solinadigan soliqlar tug’ridan-to’g’ri Chor Rossiyasi byudjetiga borib tushar edi. 1914 yil 12 noyabr qonuniga binoan, temir yo’l va bandargohlarda har pud paхtadan alohida muvaqqat soliq olish belgilandi. 1915 yil yanvaridan boshlab mahalliy aholi harbiy majburiyatlarni bajarish o’rniga, harbiy soliqqa tortildi. Bu soliq jami bevosita soliq turlarining 21 foiz miqdorida olingan. Ammo 1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushi хazina хarajatlarini keskin oshishiga sabab bo’ldi. Хarajatlarni qoplash maqsadida aholidan yig’iladigan soliqlar miqdori to’хtovsiz ko’payib bordi. Download 5.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling