O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- USD,EUR , RUB va YAN
- Bitflip
- OKCoin , Blockchain.info va Bloomberg
- Binance
Bitflip (BitFlip) deb nomlanadi va unda bitkoinlarni webmaniga sotib olish
mumkin. Quyida ushbu birjada qanday qilib ishlash amaliyoti tavsif etiladi. 310 Bitflip birjasida registratsiya qilinish uchun uchta maydonni to’ldirish kerak bo’ladi: foydalanuvchi nomi, elektron pochtasi va paroli. Shundan so’ng “Registratsiya” tugmachasi bosiladi. Shundan so’nggina o’z akkauntingizga kirasiz. Quyidagi tasvirda o’sha maydonlar aks ettirilgan: Bitflipda hisob raqamini to’ldirish uchun asosiy sahifaning o’ng yuqori burchagidagi “Moi koshelki” deb nomlangan tugmachani turtish kerak. Shundan so’ng ekranda bir qancha hamyonlardan iborat sahifa ochiladi. Bulardan to’rttasi USD,EUR, RUB va YAN valyuta hamyonlari bo’lib, 15 tasi esa kriptovalyutalar hamyonlaridir (BTC (bitkoin), THB, LTC (laytkoin), ETH (efirium), XRP (ripple), DASH (dash), DOGE, BCH (bitcash), FLIP, R, RMC, BTG, XRB (reybloks), TRX (tron), FOOD). Bitflip birjasida webmaniga, dollarga, evroga va rublga kriptovalyuta sotib olish mumkin. Binance birjasi ham zamonaviy kriptovalyuta savdo maydoni hisoblanadi va u orqali foydalanuvchilar qulay va havfsiz ravishda raqamli valyutalar sotib olishlari va ularni boshqalariga almashtirishlari mumkin. Shanxayda joylashgan bu birja 2017 yilda ishga tushgan bo’lib, juda ko’p miqdordagi mijozlarga ega va ancha ommabop hisoblanadi. Savdo hajmi bo’yicha bu birja top 14 ta birjalardan biri hisoblanadi. Uning yana bir asosiy faoliyat doiralaridan biri blokcheyn aktivlaridir. Birjani ilgari OKCoin, Blockchain.info va Bloomberg kompaniyalarida yuqori 311 mansablarda ishlagan inson Chjao boshqaradi. Hozirgi kunda Binance birjasi savdo oboroti bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinni egallaydi (sutkasiga 0,6 milliard dollar). Birjada akkaunt hosil qilish uchun saytga kirish va registratsiya formasini ochib, unga emailni, parolni va kaptchani (tasvirli simvollarni) ikki bosqichda kiritish kerak bo’ladi. Ko’rsatilgan pochta qutisini tasdiqlash uchun unga yuborilgan xatdagi ilovaga o’tiladi. Shu xarakatlardan so’ng, akkaunt hosil bo’ladi va shundan keyin avtorizatsiyaga o’tish mumkin bo’ladi. Verifikatsiya qilish jarayoni uch qadamdan iborat bo’ladi. Birinchi qadamda emailni tasdiqlashdan o’tasiz va endi tizimdan kuniga 2 bitkoindan ortig’ini chiqara olmaysiz. Ikkinchi qadamda “shaxsni tekshirishni tugallash”bo’limini turtish kerak bo’ladi. Buning uchun esa telefon raqamini tasdiqlash lozim bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun bir qancha xujjatlar talab qilinadi. Agarda bu qadamni tugallasangiz, endi tizimdan kuniga 100 tagacha bitkoin chiqara olasiz. Agarda uchinchi qadamni ham amalga oshirish kerak bo’lib qolsa, u xolda texnik yordam hizmatiga murojaat qilish kerak bo’ladi. Binance da fiat vositalar bilan hisob raqamini to’ldirish ko’zda tutilmagan. Hisobni to’ldirish uchun eng oldin Bitkoin yoki Efir sotib olish lozim. Shundan so’ng sotib olingan kriptovalyutangizni Binancedagi hisob raqamiga kiritasiz. Hisob raqamini to’ldirish uchun kursorni “aktiv”ga keltirib, so’ngra “Balans” tugmachasi bosiladi. Shundan so’ng siz ishlay olish mumkin bo’lgan valyutalarni ko’rasiz va “Depozit” tugmachasini turtib, kerakli vositani kiritishingiz mumkin. Xozirgi kunga 44 valyuta bilan ishlay olish mumkin. Savdoni amalga oshirish uchun “Savdo markazi” ga o’tiladi va undagi savdo juftlari tanlanganida grafik va order savatchasi paydo bo’ladi. Agarda bu yerdan kerakli juftlikni topa olmasangiz, u xolda More tugmachasini bosib, ruyhatdan keraklisini tanlab olasiz. Hozirgi kunda orderlarning ikki variant -Limit va Market dan foydalanish mumkin. Agarda birinchi variantni tanlasangiz, boshlang’ich narxni va kriptovalyutalar sonini aniqlab, sotuv yoki xarid tugmachasini bosasiz. Birja komissiyasi savdo hajmining 0,1% ni tashkil qiladi. HitBTC birjasi olti million dollar boshlang’ich kapital bilan 2013 yilda Estoniya dasturchilari tomonidan tashkil etilgan bo’lib, u yangi ish boshlaganlar 312 uchun ham, malakali treyderlar uchun ham juda qulay. Unda 330 ta valyuta juftliklari bilan savdo qilish mumkin va hozirgi kunda uning savdo oboroti salkam 500 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Birjada akkaunt ochish uchun foydalanuvchi o’z elektron pochtasini ko’rsatib, minimum olti simvoldan iborat bo’lgan parol o’ylab topishi kerak bo’ladi. Bu ma’lumotlarni kiritganingizdan so’ng, pochtangizga akkaunt aktivatsiya qilingani haqidagi ma’lumot keladi. Akkauntni verifikatsiya qilish uchun quyidagi ma’lumotlarni kiritish kerak bo’ladi: Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling