O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Amazon YEC2, Windows Azure, Google Cloud Storage, Parallels Cloud Server


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Amazon YEC2, Windows Azure, Google Cloud Storage, Parallels Cloud Server 
kabilarni bu turdagi infratuzilma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin


343 
2. Platforma sifatidagi xizmat (Platform as a Service – PaaS)
foydalanuvchiga ilovalarni xizmatlar to‘plami sifatida (yaratilgan yoki sotib 
olingan) taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish bulutli modelidir. Xususan, bu platforma 
xizmatlar sifatida oraliq dasturiy ta’minot, xabarlar almashish, integratsiya, 
axborotlar saqlash, aloqa va shu kabi boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, 
xizmat sifatida ish joyi (Workplace as a Service – WaaS), ma’lumotlar (Data as a 
Service – DaaS), xavfsizlik (Security as a Service – SaaS) kabilar taqdim etilishi 
mumkin.
Afzalliklari. Yangi versiyalarini foydalanuvchiga sezilarsiz va osonlik bilan 
yetkazish. Odatda bu foydalanuvchining bulutda dasturiy ta’minot o‘zgarganligini 
katta uzgarishlarsiz his etishi yoki ideal ma’noda mutlaq his etmasligini bildiradi.
Kamchiliklari. Avvalgi xizmat modelida bo‘lgani kabi, markazlashtirish ishonchli 
xavfsizlik choralarini talab etadi. IBM Smart Cloud Application Services, 
Amazon Web Services, Windows Azure, Boomi, Cast Iron, Google App Engine 
kabilarni bu turdagi platforma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin.
3. Dasturlar sifatidagi xizmat (Software as a Service – SaaS) kerakli 
dasturlar yetkazib berish qandaydir xizmat sifatida tushuniladi, ya’ni, 
provayderning ilovalari bulutda ishga tushiriladi va foydalanuvchining talablariga 
ko‘ra xizmat kursatish sifati ta’minlanadi. Iste’molchi bulutning bazaviy 
infratuzilmasi, 
shu 
jumladan 
tarmoq, 
serverlar, 
operatsion 
tizimlarni 
boshqarmaydi. Oxirgi foydalanuvchiga faqat kirish parametrlari (login, parol va 
shu kabilar) xavfsizligi va provayderning ilovalarni xavfsiz sozlash bo‘yicha 
ko‘rsatmalarini bajarish mas’uliyati yuklanadi, xolos. Ilovalar xizmati xam 
Internetda ko‘p ishlaydigan foydalanuvchilar uchun juda yaxshi tanish. Bu turdagi 
ilovalarning eng keng tarqalgan namunasi - GMail, Mail.ru, Yahoo Mail pochta 
xizmatlaridan iborat. Umuman olganda, minglab SaaS ilovalari mavjud va Web 
2.0 texnologiyasi tufayli ularning soni kun sayin ortib bormoqda.
Afzalliklari. Apparat-dasturiy ta’minoti va mehnat resurslariga sarflanadigan 
sarmoyalarni qisqarishi, sarmoyalarni yo‘qotish riskining kamayishi, tizimning 
sezilarsiz-oson ko’rinishda yangilanishi.


344 
Kamchiliklari. Avvalgi ikki modelda bo‘lgani kabi, markazlashtirish ishonchli 
xavfsizlik choralarini talab etadi.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling