592
“shaffof” shifrlash dasturlari - o’z komp’yuteringizdagi ma’lumotlarni
shifrlab qo’yishning bir necha xil usullari mavjud bo’lib, ularning ichidan
foydalanuvchi uchun bilinmaydigan “shaffof” shifrlash dasturlaridan
foydalanish tavsiya etiladi. Bunday programmalar komp’uterning mantiqiy
disklarini shifrlash uchun ishlatiladi.
RSA (Random Signature Algoritm) - asimmetrik shifrlash algoritmi.
DSA algoritmi - (Digital Signature Algorithm) - 1981 yilda yaratigan
bo’lib, elektron raqamli imzo uchun AQSH standarti (
Digital Signature
Standart – DSS) sifatida ishlatiladi.
ГОСТЗ 34.11-94 - Rossiyada qo’llaniladigan standart xesh-kattalikni
aniqlash standarti
(yoki xesh-funktsiya) bo’lib, u 32 bayt kattalikda
hisoblanadi.
MDx (Message Digest) – chet mamlakatlarda eng ko’p tarqalgan
xeshlashtirish algoritmlari oilasi. Masalan, MD5 Microsoft Windows ning
oxirgi versiyalarida foydalanuvchi parolini 16 baytli songa aylantirish uchun
foydalaniladi.
SHA-1 (Secure Hash Algorithm) – kirish ma’lumotlarini 20 baytli xesh-
miqdorga aylantirishning hisoblash algoritmi. Bu algoritm ham jahon
miqyosida keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha ma’lumotlarni himoyalashning
tarmoq protokollarida ishlatiladi
PKI - Public Key Infrastructure - ochiq kalitlarning infratuzilmasi
Sertifikatsiya markazi, registratsiya markazi va tarmoq ma’lumotnomasi -
ochiq kalitlar infratuzilmasi tarkibiga kiradidigan tashkiliy tizimlar
Do'stlaringiz bilan baham: